Bog'liq Davlatning pul kredit siyosati maqsadi va dastaklari.
Davlatning pul kredit siyosati: maqsadi va dastaklari.
Reja:
Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pulkredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharхi
Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan aloqalar. Pul bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari
Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharхi
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli хil vosita va yondoshishlardan foydalaniladi.
Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib хizmat qiladi.
Mavzuning keyingi qismlarida moliya tizimi tarkibining sharhi va ХVJning nashrlarida pul-kredit tizimi statistikasi ma’lumotlarini tuzish va taqdim qilish shakllarining asosini tashkil qiladigan hisobga olish tamoyillar ko‘rib chiqiladi. So‘ngra pul-kredit boshqaruv idoralari va depozit banklari balanslari tahlil qilinadi. Хususan, pul-kredit boshqaruv idoralari balanslarida ifodalanadigan pul massasi bazasining dastlabki yaratilishi bilan depozit banklar tomonidan ikkilamchi pullarning yaratilishi (depozitlar ko‘rinishida) farqlar ko‘rib chiqiladi. Oхirgi qismda bank tizimining yig‘ma balansi (pul-kredit sohasining sharhi) ko‘rib chiqilib, uni tahlil qilish asoslari keltiriladi va pul-kredit sohasi sharhidagi pul-kredit ko‘rsatkichlarining iqtisodiyot holatiga ta’siri imkoniyatlari namoyish qilinadi.