Bog'liq Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o
Milliy kapital eksportini rag’batlantirish Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning chet elga chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar eksport-investitsion faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari bo’lib imtiyozli moliyalashtirish; foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash tizimi; potensial zararlarni sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. Oxirgi shakl raqobat erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro kelishuvlar ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng axborot doirasini taqdim etadi.
Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart bajarilgan bo’lishi kerak:
Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni ularning texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali bo’lishi kerak.
Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul qiluvchi mamlakat mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan mehnat sig’imli bo’lishi kerak.
Xalqaro korporatsiyalar xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga – ishlab chiqarish, bandlik va h.k. zarar yetkazmasligi kerak.
Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot vazirligi kapital chiqib ketishini to’xtatish uchun ichki kapital qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar sharti deb aytdi va 100 mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy kompaniyalar ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni ta’minlashi kerak.
Sarmoyador-mamlakatlar hukumatlari xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantirib, o’z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Masalan, YEIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi (European Community Investment Partners Program) amalga oshiriladi. 90-yillarda uning asosida YEIga a’zomamlakatlar kompaniyalarini ularning O’rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlaridagi faoliyatida qo’llab-quvvatlash amalga oshirildi. YEIga a’zomamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi mamlakatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar faoliyatida va uzoq muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko’magida foydalandilar. Dastur qabul qiluvchi mamlakatlarda YEI a’zomamlakatlari kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar, qabul qiluvchi mamlakatda qo’shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini oldindan o’rganishga, personal o’qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar kiradi.
AQShda amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish bo’yicha davlat korporatsiyasi – OPIK moliyalashtiradi. U amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug’urtalaydi va ularning samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko’rsatadi. Lotin Amerikasi va Karib basseyni mamlakatlari iqtisodiy o’sishini ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi. OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi: