Davlatning moliya bozorini tartibga solishdagi roli Reja: Kirish I. Bob. Moliya bozorining nazariy asoslari


Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari



Download 0,58 Mb.
bet4/7
Sana14.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#671979
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlatning moliya bozorini tartibga solishdagi o’rni

1.3. Moliya bozori tahlilining tashkiliy xususiyatlari

Investitsion jarayonning asosiy masalalaridan biri – bu qimmatli qogʻozlar tahlili (security analysis) hisoblanib, oʻz ichiga qimmatli qogʻozlarning alohida turlarini (yoki guruhlarini) va ularning bozor-larini oʻrganadi. Bunday tahlilning investitsion jarayondagi asosiy maqsadlaridan biri – bu vaqtning tanlab olingan joriy momentida notoʻgʻri baholangan qimmatli qogʻozlarni aniqlash.


Xorijiy amaliyotda moliya bozori boʻyicha fundamental (funda-mental analysis) va texnik (technical analysis) tahlil keng qoʻllaniladi. Fundamental tahlil ham, texnik tahlil ham, shuningdek boshqa tahlil usullari ham oʻziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Bunga moliya bozorlarining oʻzaro farqli jihatlari, tartibga solish mexaniz-mlari, ichki va tashqi omillar taʼsiri kabilarni sabab sifatida koʻrsatish mumkin.
Qimmatli qogʻoz tahlilida uni real (fundamental usulga asos-langan) yoki bozor (texnik usulga asoslangan) bahosi hamda uning real va bozor daromadliligi koʻrsatkichlari baholanadi, chunki ular fond bozori qatnashchilarini koʻproq qiziqtiradi. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, na texnik va na fundamental, na aralash usul ushbu koʻrsat-kichlarning obyektiv bahosini bera olmasligini tushunish qiyin emas.
Chunki qimmatli qogʻozning oʻz bazisiga ekvivalentliligi darajasi har ikkala usulda har doim aytilgan mezonlar talabiga mos toʻliq namoyon boʻlavermaydi, demak, ularning yordamida hisoblangan koʻrsatkichlar bahosi obyektiv boʻlmaydi. Ushbu qonuniyatni koʻrish uchun quyidagi nazariy fikr-mulohazalarni keltirish mumkin.
Maʼlumki, aksiyaning real bahosi fundamental usul yordamida emitentning moliyaviy hisobotlari koʻrsatkichlari asosida hisoblanib, aksiyani joriy ichki (balans) bahosini ifodalaydi. Lekin aksiyaning bozordagi talab va taklif (bozor konyunkturasi) asosida shakllanuvchi bozor narxi aksiyaning real bahosidan qandaydir mavhumligi bilan
farq qilishi mumkin, chunki bozor narxi koʻpincha koʻzga tashlan-maydigan spekulyativ bozorda vujudga keluvchi sirli tendensiyalarni ham oʻz ichiga oladi.
Bunday tendensiyalar odatda spekulyativ bozorning oldindan har doim ham toʻliq idrok qilib boʻlmaydigan jarayonlarni risklar va turli omillar (jumladan spekulyativ savdo qatnashchilarining subyektiv tarzda xohish va imkoniyatlarining ehtimoliy oʻzgarishi, yaʼni refleksivlik nazariyasiga asosan) taʼsiri ostida kechishi evaziga hosil boʻladi. Demak, aksiyaning oʻz bazisiga ekvivalentlilik darajasi asosida obyektiv bahosini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bularning barchasi va boshqa vaqtinchalik idrok qilinishi murakkab boʻlgan omil va jarayonlar tahlil amaliyotining mavjud usullari uzluksiz takomillashuv jarayonida yoki ularning asosida yangilari paydo boʻlib kelmoqda. Bu jarayonning obyektiv mahsuli sifatida qimmatli qogʻozlarni sekyurimetrik tahlili usulini alohida koʻrish maqsadga muvofiq, chunki u yuqorida keltirilgan baʼzi holatlarni bartaraf qilishning ozmi koʻpmi imkonini berishi mumkin.
Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga asoslaniladi:
- tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli qogʻozlarni bozor narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz aksini topadi;
- fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror boʻlishi mumkin;
- qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish dinamikasini prognoz qilish mumkin.
Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi – fond bozoridagi narxlar darajasini prognoz qilish; qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish vaqtining optimal momentini topish; fundamental tahlil natijalarining toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish.
Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida bir-birlarining u yoki bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan tashqari ular boshqa tahlil nazariyalari unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan, masalan, “effektiv bozor” modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga qaramasdan har ikkala usul ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh mavqega ega boʻlib kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo boʻlishi evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini, Naytning aniq boʻlmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini, Markovichning (keyinchalik Sharp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek, Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv nazariyasini, Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning nazariyalarini, va h.k. nazariyalarni keltirish mumkin.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish