Davlatning iqtisodiy roli


Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  maqsadi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana10.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#170285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
9AV2OaMLDcVBJAV y JMtp86Qac3ft83

Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  maqsadi 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  barqarorlikni  ta'minlash,  mavjud  tuzumni  mamlakat 

ichida  va  xalqaro  maydonda  mustahkamlash  va  uni  o‘zgarib  turuvchi 

sharoitga moslashtirish hisoblanadi.  

Bu  asosiy  maqsaddan  bir  qator  aniq  maqsadlar  kelib  chiqadi.  Ular  jumlasiga 

iqtisodiy  siklni  barqarorlashtirish;  milliy  xo‘jaliklarning  tarmoq  va  mintaqaviy 

tuzilishini  takomillashtirish,  atrof-muhit  holatini  yaxshilash  kabilarni  kiritish 

mumkin.  Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  maqsadi  uning 

vazifalarida  aniq  namoyon  bo‘ladi.  Bozor  xo‘jaligi  sharoitida  davlatning  iqtisodiy 

vazifalari  asosan  bozor  tizimining  amal  qilishini  engillashtirish  va  himoya  qilish 

maqsadiga ega bo‘ladi. Bu sohadagi davlatning  iqtisodiy  vazifalaridan quyidagi 

ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:  

1)  bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos 

va ijtimoiy muhitni ta'minlash; 

2)  raqobatni himoya qilish.  

Davlatning  boshqa  vazifalari  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  umumiy 

tamoyillaridan  kelib  chiqadi.  Bu  erda  davlatning  uchta  vazifasi  alohida 

ahamiyatga ega:  

1)  daromad va boylikni qayta taqsimlash;  

2)  resurslarni qayta taqsimlash; 

3)  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya'ni  iqtisodiy  tebranishlar  vujudga 

keltiradigan inflyasiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy 

o‘sishni rag‘batlantirish. 

Davlat  bozor  iqtisodiyotining  samarali  amal  qilishining  shart-sharoiti 

hisoblangan  huquqiy  asosni  ta'minlash  vazifalarini  o‘z  zimmasiga  oladi.  Bozor 

iqtisodiyoti  uchun  zarur  bo‘lgan  huquqiy  asosni  ta'minlash  quyidagi  tadbirlarning 

amalga  oshirilishini  taqozo  qiladi:  xususiy  korxonalarning  huquqiy  mavqeini 

mustahkamlash;  xususiy  mulkchilik  huquqini  ta'minlash  va  shartnomalarga  amal 

qilishni  kafolatlash;  korxonalar,  resurslarni  etkazib  beruvchilar  va  iste'molchilar 

o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  qonuniy  bitimlarni  ishlab  chiqish  va 

boshqalar.  O‘zbekiston  Respublikasining  «Korxonalar  to‘g‘risida»,  «Tadbirkorlik 

faoliyati  to‘g‘risida»  va  «Aksionerlik  jamiyatlari  to‘g‘risida»gi  qonunlari  hamda 



 

489 


ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni 

ta'minlashga qaratilgan.  

Davlat  tomonidan  ijtimoiy  muhitni  ta'minlash  o‘z  ichiga  ichki  tartibni 

saqlash,  mahsulot  sifati  va  og‘irligini  o‘lchash  standartlarini  belgilash,  tovar  va 

xizmatlar  ayirboshlashni  engillashtirish  uchun  milliy  pul  tizimini  muomalaga 

kiritish kabilarni oladi.  

Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib xizmat 

qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste'molchilarning ehtiyojlariga ishlab 

chiqaruvchi  va  resurs  etkazib  beruvchilarni  bo‘ysundiradi.  Raqobat  sharoitida 

ko‘plab  xaridorlar  tomonidan  bildirilgan  talab  va  sotuvchilarning  taklifi  bozor 

narxlarini  belgilaydi.  Bu  shuni  bildiradiki,  ishlab  chiqaruvchilar  va  resurs  etkazib 

beruvchilar  iste'molchilarning  faqat  bozor  orqali  hisobga  olinadigan  xohishlariga 

moslashishi  mumkin.  Bozor  tizimining  irodasiga  bo‘ysunuvchi,  raqobatlashuvchi 

ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o‘z mavqelarining mustahkamlashini kutadi, 

kim  bozor  qonunlarini  buzsa,  zarar  ko‘radi  va  oxir  oqibatda  sinadi.  Raqobat 

sharoitida xaridor – bu xo‘jayin, bozor ularning  gumashtasi, korxona  esa ularning 

xizmatkori hisoblanadi.  

Iqtisodiyotda 

sotuvchilar 

o‘rtasidagi  raqobat  o‘rnini  monopoliyalar 

egallaganda,  ularning  bozorga  ta'sir  ko‘rsatish  yoki  undagi  narxlarni  o‘z 

manfaatlarini  ko‘zlab  o‘zgartirish  imkoniyati  paydo  bo‘ladi.  Monopoliyalar 

o‘zlarining  takliflari  umumiy  hajmini  tartibga  solish  layoqatidan  foydalanib, 

mahsulot hajmini sun'iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu 

orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.  

Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda 

nazorat  o‘rnatiladi.  Birinchi  usulda,  texnologiya  va  iqtisodiy  sharoitlar  raqobatli 

bozor  mavjud  bo‘lish  imkoniyatini  yo‘qqa  chiqaradigan  tabiiy  monopoliyalar  deb 

nomladigan  tarmoqlarda  davlat  narxlarini  tartibga  soladi  va  ko‘rsatiladigan 

xizmatlarga  standartlarni  o‘rnatadi.  Transport,  aloqa,  elektr  energiyasi  ishlab 

chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma'lum darajada shunday 

tartibga  solinadi.  Ikkinchi  usulda,  samarali  ishlab  chiqarish  juda  ko‘pchilik 

bozorlarda  raqobat  rivojining  juda  yuqori  darajasida  ta'minlanishi  sababli  davlat 

raqobatini  kuchaytirish  va  himoya  qilish  maqsadida  monopoliyalarga  qarshi 

qonunlar qabul qiladi. 

Respublikamizda  ham  monopol  faoliyatni  cheklash,  tovarlar  bozorida 

raqobatni  rivojlantirish,  iste'molchilar  va  tadbirkorlar  manfaatini  himoya  qilishga 

qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan. 

Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda 

mulkka  egaligini  hisobga  olib,  ularning  yuqori  daromad  olishini  ta'minlaydi.  SHu 

bilan  birga  jamiyatning  moddiy  vositalarga  ega  bo‘lmagan,  bilim  va  malaka 

darajasi  past,  layoqati  ham  yuqori  bo‘lmagan  a'zolari,  qariyalar,  nogironlar, 

ishsizlar  yolg‘iz  va  qaramog‘ida  bolalari  bo‘lgan  ayollar  juda  kam  daromad  oladi 

yoki  bozor  tizimi  doirasida  ishsizlar  kabi  umuman  daromadga  ega  bo‘lmaydi. 

Qisqasi,  bozor  tizimi  pul  daromadlarini  va  milliy  mahsulotni  jamiyat  a'zolari 

o‘rtasida  taqsimlashda  birmuncha  tengsizliklarni  keltirib  chiqaradi.  SHu  sababli 



 

490 


davlat o‘z zimmasiga daromadlar  tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu 

vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi.  

Birinchidan,  transfert  to‘lovlari  muhtojlarni,  nogironlarni  va  birovning 

qaramog‘ida  bo‘lganlarni  nafaqalar  bilan,  ishsizlarni  ishsizlik  nafaqalari  bilan 

ta'minlaydi.  Ijtimoiy  ta'minot  dasturlari  orqali  pensionerlar  va  qariyalarga 

moliyaviy  yordam  ko‘rsatiladi.  Bu  barcha  dasturlar  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

jamiyatning kam daromad  olgan  yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a'zolari 

hisobiga qayta taqsimlaydi.  

Ikkinchidan,  davlat  bozorni  tartibga  solish  yo‘li  bilan,  ya'ni  talab  va  taklif 

ta'sirida  o‘rnatiladigan  narxlarni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  ham  daromadlarning 

taqsimlanishiga  ta'sir  ko‘rsatadi.  Me'yordagi  oziq-ovqat  tovarlariga  o‘rnatiladigan 

imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik 

davlatning,  aholining  ma'lum  qatlami  daromadlarini  oshirishga  qaratilgan 

tadbirlarining yana bir misolidir.  

Davlat  jamiyat  a'zolari  o‘rtasida  daromadlarni  qayta  taqsimlashda  soliq 

imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.  

Bozor  mexanizmining  resurslarni  qayta  taqsimlashdagi  layoqatsizligi  ikki 

holatda ko‘rinadi, ya'ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma'lum tovarlar va xizmatlarning 

kam miqdorini  ishlab chiqaradi; 2)  ishlab chiqarishi  o‘zini  oqlagan ayrim tovarlar 

va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.  

Resurslarning  qayta  taqsimlanishi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  yoki  iste'mol 

qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya'ni bevosita xaridor yoki 

sotuvchi  hisoblanmaganlar  tomonga  «siljigan»  chog‘da  vujudga  keladi.  Bu 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish