dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va
vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin.
O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi
dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli
inflyasiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi.
Maqsadli dasturlarning ob'ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy
tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Masalan, mamlakatimizda 2006-2008 yillarda mahalliy xomashyo negizida
tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chikarishni
mahalliylashtirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi
iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta'minlash, uning tashqi omillarga
bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali
texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xomashyo va ishlab
chiqarish
resurslaridan
keng
foydalanish,
shuning
asosida
zamonaviy
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan
tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi ish joylarini yaratishdan iborat.
Belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish
dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2004 yilda
201 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 135 ta korxona ishtirok etgan bo‘lsa,
2008 yilga kelib loyihalar soni 310 taga, ularda ishtirok etgan korxonalar soni esa
166 taga etgan. Ishlab chiqarish hajmi 2006-2008 yillar mobaynida avtomobillar
bilan hisoblanganda 1,9 marta, avtomobillarsiz 3,5 marta o‘sgan
1
.
«Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida
qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 ta ob'ekt,
jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engil
va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo
va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob'ekt ishga
tushirildi»
2
.
1
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги маълумотлари.
2
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 20-б.
496
Ta'lim tizimidagi islohotlar O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi
hisoblanadi. «Ta'lim uchun xarajatlar, – degan edi Prezidentimiz I.Karimov, –
davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining qariyb yarmini tashkil etadi. Biroq
men ularni xarajat emas, kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb
hisoblayman, Chunki ta'lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini
belgilab beradigan muhim omildir»
1
. SHunga ko‘ra, O‘zbekistonda qabul qilingan
Kadrlar tayyorlash va Maktab ta'limi rivojlantirish umummilliy dasturlari muhim
o‘rin tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga joriy etishda davlat byudjetidan
qo‘shimcha sarf-xarajatlar 1997-2001 yillar oralig‘idagi o‘tish davrida 65 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. Ta'lim sohasiga sarflanayotgan xarajatlar bo‘yicha O‘zbekiston
dunyoda o‘z o‘rniga ega. Xususan, Jahon bankining ma'lumotiga ko‘ra, yalpi ichki
mahsulotdan ta'lim sohasiga xarajatlar Rossiyada 3,4 foiz, AQSH, Fransiya va
Buyuk Britaniyada 5,3 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda 1998 yilda ta'lim
sohasiga yo‘naltirilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 7,6 foizini, 1999 yilda
8,1, 2000 yilda esa 10,3 foizini tashkil etdi. Agar 2003 yilda jami byudjet
xarajatlarining 26,2 foizi ta'lim sohasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2004 yilda bu
ko‘rsatkich 27 foizga etdi.
Mamlakat byudjetining 8-12 foizi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishga ajratilishi dunyodagi hech bir mamlakat tajribasida ko‘rilmagan. YAlpi
ichki mahsulotining ta'lim sohasiga sarflanadigan ulushi 10 foizdan 12 foizgacha
ko‘tarildi. Boshqacha aytganda, Milliy dasturda ko‘zda tutilgan maqsad va
vazifalarni ro‘yobga chiqarish ishlariga 1998 yilning o‘zida byudjetdan 103,1 mlrd.
so‘m sarflangan bo‘lsa, 1999 yilda 143 mlrd. so‘m ajratilgan. Bu mablag‘ning 30,5
mlrd. so‘mi akademik va kasb-hunar kollejlarini barpo etishga sarflandi. 1997-
2005 yillar davrida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun
ta'lim sohasiga 2 trln. 200 mlrd. so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. 2004-2009
yillarda kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan mablag‘ 1 trln. 200 mlrd. qilib
belgilangan. O‘tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan
o‘quv yurtlarini barpo etish uchun 5 mlrd. doll.dan ortiq byudjet va byudjetdan
tashqari mablag‘lar yo‘naltirildi.
O‘tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta'limi rivojlantirish
umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-texnik va o‘quv
bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi
standartlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etildi;
- 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq
umumta'lim maktabi yangitdan bunyod etildi, rekonstruksiya qilindi va zamonaviy
o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlandi;
- keyingi 10 yil davomida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim tizimida 100
dan ziyod yo‘nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb bo‘yicha professional
ta'lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega bo‘lgan bir million nafardan
ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.
1
Каримов И.А. Асарлар.Т.13, 437-б.
497
O‘zbekistonda 2008 yil «YOshlar yili» deb nomlandi va unga oid maxsus
davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz o‘z ma'ruzasida «YOshlar yili»
dasturining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uni shakllantirishda e'tibor
qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mazkur dastur
haqida gapirganda, yoshlar siyosati masalalarini tahlil etayotganda, biz yosh
oilalarning ehtiyoj va talablariga alohida e'tibor qaratishimiz kerakligi ta'kidlandi.
Avvalambor, yosh oilalarga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni
yaratib berish, ro‘zg‘orni butlash uchun mablag‘ va kreditlar bilan ta'minlash,
ma'naviy etuk, jismonan sog‘lom bolalarni tarbiyalab voyaga etkazish yo‘lida zarur
imkoniyatlarni tug‘dirib berishimiz kerakligi, bu masalalarning barchasi dasturda
o‘z ifodasini topishi lozimligi uqtirildi
1
.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga
bevosita ta'sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish
tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini
kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi
savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb
qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb
qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy
vositalaridir.
SHunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab
chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda
milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |