Davlatning iqtisodiy roli



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana10.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#170285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
9AV2OaMLDcVBJAV y JMtp86Qac3ft83

qo‘shimcha  samara  deb  ataladi,  Chunki  u  bozor  qatnashchisi  hisoblanmaganlar 

hissasiga  to‘g‘ri  keluvchi  foyda  yoki  zararni  ifodalaydi.  Bunga  atrof-muhitning 

ifloslanishini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Kimyo  korxonasi  o‘zining  sanoat 

chiqindilarini  ko‘l  yoki  daryoga  oqizsa,  bu  ushbu  suv  havzasida  cho‘miluvchilar, 

baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltiradi.  

Ishlab  chiqaruvchi  esa  atrof-muhitni  muhofazalovchi  inshoot  va  qurilmalar 

o‘rnatmaslik  hisobiga  o‘z  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ancha  past  darajasini 

ta'minlaydi. Resurslarning nomutanosib taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan 

bunday  holatlarni  tartibga  solish  uchun  davlat  qonunchilik  tadbirlarini  qo‘llaydi 

yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi.  

Masalan,  atrof-muhit  va  suv  havzalarining  ifloslanishini  taqiqlovchi  yoki 

cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqindilarini ishlab 

chiqarish  jarayonida  ifloslangan  suvni  tozalovchi  qurilmalar  sotib  olish  va 

o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.  

SHuningdek,  davlat  maxsus  soliqlarni  kiritish  orqali  atrof-muhitning 

ifloslanishidan boshqalarga kelishi  mumkin bo‘lgan zararni korxonalarning  o‘ziga 

yuklashga harakat qiladi.  

Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib 

chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.  

Birinchidan,  iste'molchilarning  muayyan  tovar  va  xizmatlarni  xarid  qilish 

qobiliyatini  oshirish  yo‘li  bilan  ularning  talabi  kengaytiriladi.  Masalan, 

respublikamizda  bozor  munosabatlariga  o‘tishning  dastlabki  davrida  oziq-ovqat 




 

491 


mahsulotlariga  talon  tizimi  joriy  etilishi  past  daromadli  oilalarning  oziq-ovqat 

mahsulotlariga  bo‘lgan  talabini  oshirdi  va  shu  orqali  resurslarning  nomutanosib 

taqsimlanishini bartaraf qildi.  

Ikkinchidan,  davlat  taklifni 

oshirish  maqsadida  ishlab  chiqarishni 

subsidiyalashi  mumkin.  Subsidiyalar  ishlab  chiqaruvchilarning  zararlarini 

qisqartiradi  va  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda  resurslarning  etishmasligi 

muammosini bartaraf qiladi.  

Uchinchidan,  davlat  ayrim  tovarlar  va  ijtimoiy  ne'matlarning  ishlab 

chiqaruvchisi  sifatida  chiqadi.  Bunday  tarmoqlar  davlat  mulkiga  asoslanadi  va 

davlat  tomonidan  bevosita  boshqariladi  yoki  ularni  moliyalashtirishni  davlat  o‘z 

zimmasiga  oladi.  Fan,  ta'lim,  sog‘liqni  saqlash,  milliy  mudofaa,  favqulodda  ro‘y 

beradigan  tabiiy  hodisalarga  qarshi  kurash,  ichki  tartibni  saqlash  shular 

jumlasidandir.  

Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo‘llanilishdan 

bo‘shatadi  hamda  ularni  ijtimoiy  ne'mat  va  xizmatlar  ishlab  chiqarishga 

yo‘naltirishi  mumkin.  SHunday  qilib,  davlat  mamlakat  milliy  mahsuloti  tarkibida 

muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi. 

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya'ni  iqtisodiyotning  barcha  sohalarini 

resurslar  bilan  ta'minlash,  to‘la  bandlik  va  narxlarning  barqaror  darajasiga 

erishishda  yordam  berish  hamda  iqtisodiy  o‘sishni  rag‘batlantirish  davlatning  eng 

muhim  vazifasi hisoblanadi.  

Iqtisodiyotda  to‘la  bandlikni  ta'minlash  uchun  umumiy  sarflar,  ya'ni  xususiy 

va davlat sarflarining hajmi etarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne'matlar 

va  xizmatlarga  o‘z  sarflarini  ko‘paytiradi,  boshqa  tomondan  xususiy  sektor 

sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.  

Agar  jami  sarflar  to‘la  bandlik  sharoitida  taklif  hajmidan  oshib  ketsa,  bu 

narxlar  darajasining  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Jami  sarflarning  mazkur  ortiqcha 

darajasi  inflyasion  xususiyat  kasb  etadi.  Bunday  holda  davlat  soliqlarni  oshirish 

orqali  xususiy  sektor  sarflarini  qisqartirish  va  shu  yo‘l  bilan  ortiqcha  sarflarni 

tugatishga  harakat  qiladi.  Iqtisodiyotda  ishsizlik  mavjud  bo‘lganda  davlat 

sarflarining  ko‘payishi  jami  sarflar,  ishlab  chiqarish  hajmi  va  bandlilikning 

o‘sishiga  olib  keladi.  O‘z  navbatida,  soliqlarning  qisqarishi  yoki  transfert 

to‘lovlarining  ko‘payishi  daromadlarni  ko‘paytiradi.  Bu  daromadlar  shaxsiy 

sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.  

Davlat  o‘z  ishlab  chiqarishini  moliyalashtirishdan  tashqari  ijtimoiy  sug‘urta 

va  ijtimoiy  ta'minotning  bir  qator  dasturlarini  amalga  oshiradi,  iqtisodiyotning 

xususiy  va  kooperativ  sektorida  daromadlarni  qayta  taqsimlaydi.  Davlat  tartibga 

soluvchi  xususiyatga  ega  bo‘lgan  bir  qator  vaziyatlarni  ham  amalga  oshiradi. 

Bularga  atrof-muhitni  himoya  qilish,  aholi  sog‘lig‘ini  saqlash,  bo‘sh  ishchi 

o‘rinlariga  ega  bo‘lishning  teng  sharoitini  ta'minlash  va  ma'lum  sohalarda  narx 

belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish