«Elektron kutubxona» AKAT - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-381-son qarorini hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2006 yil 3 iyuldagi 200-son buyrug‘ini amalga oshirish hamda avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimini tashkil etish maqsadida, «UNICON.UZ» DUK tomonidan avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimi (AKAT) ishlab chiqildi. Tizimda: komplektlash, tizimlashtirish, kataloglashtirish, kitobxonlar qidiruvi, kitob berilishi va ma’muriy boshqaruv hamda avtomatlashtirilgan ish joylari: «Katalog», «Kitob berilishi», «Kitobxon»lar yaratilgan.
Dunyoda ham hujjat aylanuv tizimi uzluksiz rivojlanib bormoqda: Docs Fusion, Docs Open, CyberDocs, Documentum, LanDocs, Microsoft SharePoint Portal Server Optima, Workflow, "BOSS-Referent", "Delo", "Evfrat", "Optima", DocFlow (NCI Project), NauDoc (Deter Technologies), Documentum 5.0 (Documentum), Lotus Domino.doc, Globus Professional, Livelink ECM, Naumen DMS, PayDox va h.k.[20, 21].
Adabiyotlar tahlilidan 2012 yil holatiga ko‘ra, davlat organlarining idoralar ichida qog‘ozsiz hujjat aylanishiga oid ulushining o‘rtacha ko‘rsatkichi 60 % ni hamda idoralararo qog‘ozsiz hujjat aylanishining ulushi 41 % tashkil qilgan. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini o‘zaro ishlashini ta’minlash bo‘yicha xorij mamlakatlari tajribasi asosida mamlakatimiz elektron xujjat aylanish tizimini yaratish maqsadga muvofiq.
Mukammal elektron hujjat aylanishi tizimlari rivojlanishini hozirgi bosqichida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bu tizimlarni boshqa tizimlar bilan o‘zaro ishlashi va integratsiyasini tashkil etish bilan bog‘liq masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Jahon amaliyotida murakkab boshqaruvli katta masshtabdagi ob’ektlarda odatda hujjat aylanishi ishining quyidagi sxemasidan foydalaniladi: o‘zaro aloqaga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida yagona axborot maydoni yaratiladi va axborotni taqdim etish hamda ma’lumotlar almashinuvini yagona standartlari, shuningdek ma’lumotlar tuzilmasi uchun standartlar qabul qilinadi. YAgona axborot maydoni doirasida turli axborot tizimlarining integratsiyasi asosiy standart sifatida UDDI (Ubiversal Destription, Discovery and Integration) registridan foydalanib, ularni veb-servis ko‘rinishida amalga oshirish vositasida yuz beradi. Bu standart axborotni izlash va qayd qilish, turli ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tashkil etish imkonini beradi.
Foydalanuvchi interfeyslari ishining funksional xususiyatlarini tavsiflash maqsadida, shuningdek ayrim axborot tizimlari servislaridan foydalanishni tashkil etish uchun WSDL (WebSerices Description Language) va SOAP (Simple Object Access Protocol) protokollaridan foydalaniladi. Foydalanuvchiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar va elektron hujjatlarni strukturasiga standart sifatida foydalanilayotgan platformaning universalligi va mustaqilligi tufayli axborotga oid o‘zaro hamkorligini yaratish uchun keng qo‘llaniladigan XML standarti namoyon bo‘ladi.
Evropa ittifoqi mamlakatlarida murakkab boshqaruvli katta masshtabdagi ob’ektlar ishlashi uchun fuqarolar va xususiy kompaniyalarga Internet tarmog‘i orqali barcha hokimiyat organlariga kirish imkonini beradigan Davlat xizmatlari shlyuzi (Government Gateway) tashkil etilgan. Idoralarning har biri o‘zining xususiy mustaqil kompyuter tizimini yaratishi va undan foydalanishi hamda o‘zining biznes jarayonlarini berishi mumkin, biroq o‘zaro aloqaning yagona muhiti darajasida umumiy formatdan foydalaniladi. YAgona axborot muhiti sifatida oldindan mavjud bo‘lgan kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanilgan, barcha axborot esa XML standartida taqdim etiladi. Davlat xizmatlari shlyuzining vazifasi axborotni oxirgi tizim uchun tushunarli bo‘lgan elektron ma’lumotlar formatiga o‘zgartirishdan iborat.
Evropa ittifoqi tomonidan elektron hujjat aylanishining avtomatlashtirilgan tizimlariga qo‘yiladigan Evropa na’munaviy talablari ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo‘lib, ular nafaqat elektron hujjatlarni boshqarishga (Menegment of Elrctronic Record) qo‘yiladigan na’munaviy talablarni (Model Regurements) tavsiflaydi, balki turli sohalarda axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llanishini va ularning integratsiyasini ta’minlovchi nofunksional talablarni ham tavsiflaydi.
Turli ko‘rinishdagi va masshtabdagi axborotni foydalanuvchiga taqdim etish va ma’lumotlar almashinuvi standartlarini qo‘llash bilan birga Evropada davlat tizimi organlarida foydalaniladigan axborot tizimi uchun dasturiy ta’minot uchun yagona standartlarni qabul qilish jarayoni yuz bermoqda. Xususan, Germaniya qonun hujjatlarida davlat organlarida foydalaniladigan bu sohadagi axborot tizimlarini sotib olishga bir qator cheklashlar nazarda tutilgan, masalan, ularning hammasi ma’lum bir standartlarga muvofiq kelishi kerak: SAGA (tizimlarning AT–infrastrukturasi), V- model (rejalashtirish tizimining).
Rossiya Federatsiyasida 2009 yilning 22 sentyabrida «Idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimi to‘g‘risida nizom» tasdiqlandi va ushbu nizomga muvofiq idoralararo elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari bo‘lib, davlat hokimiyatining federal organlari, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Ma’muriyati va Rossiya Federatsiyasini Hukumat Apparati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |