Davlatiy moliya


Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi



Download 133,71 Kb.
bet17/17
Sana25.09.2021
Hajmi133,71 Kb.
#185269
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Davlatiy moliya

Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi. Eng soddagrafik ko‘rinishi – bu risklarni x va u o‘qlari bo‘ylab joylashtirish orqali tuzilgan shakli hisoblanadi. Ularni o‘zaro bog‘liqligini xaritada biror belgi (X) yoki miqdoriy ko‘rsatkich bilan qayd qilinadi (4- rasm).


Risk turi

Etkazib berish bo‘g‘inida uzilish

Mijozlar xohish o‘zgarishi

Xom ashyo narxi oshishi >25%

Ish to‘xtab qolishi > 1 hafta

Iqtisodiyotni pasayishi

Raqobatchilar ko‘payishi

Kapital bahosi oshishi > 5%

Emissiya tartibi og‘irlashishi

Valyuta kursi tebranishi

Etkazib berish

bo‘g‘inida uzilish









X

X

X

X










Mijozlar xohish

o‘zgarishi















X

X




X

X

Xom ashyo narxi

oshishi >25%



X










X










X

Ish to‘xtab qolishi > 1

hafta


X










X













Iqtisodiyotni

pasayishi



X

X

X

X




X

X




X

Raqobatchilar

ko‘payishi



X

X







X










X

Kapital bahosi

oshishi > 5%















X










X

Emissiya tartibi

og‘irlashishi






X










X










Valyuta kursi

tebranishi






X

X




X

X

X






  1. rasm. Risk o‘zaro bog‘liqlik xaritasiga namuna.



Risklar ustuvorligini belgilash. Risk ustuvorligi – bu risk darajalarini oldindan aniqlab qo‘yilgan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymatiga nisbatan taqqoslagan holda riskni boshqarish ustuvorliklarini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Bunda risk nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta’sir yoki ijobiy imkoniyat yaratishi sifatida ko‘riladi, balki shuningdek sub’ektiv mezon sifatida, ya’ni salomatlikka, hafvsizlikka yoki firma reputatsiyasiga ham salbiy ham ijobiy ta’sir ko‘rsatish, riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligi sifatida ham qaraladi.

Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda risklar deylik ta’sir kuchini ehtimollikka ko‘paytmasi yoki ta’sir kuchini moyillikka ko‘paytmasi mezoni bo‘yicha tartiblanadi. Ikkinchi bosqichda tartiblangan risk ta’sir kuchi, sodir bo‘lish tezligi yoki joriy va kelgusi risk darajalari orasidagi farqi kabi qo‘shimcha sifatiy omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqib qayta tartiblash amalga oshiriladi.



Ierarxiya. Risklarni birlashtirishning eng sodda yo‘li ularni ierarxiyasini tuzish hisoblanadi. Bunda risklar tashkiliy tuzulma, risk turi, geografik yoki strategik ob’ekt bo‘yicha ierarxiyasi tuziladi (5.4-rasm).

Risk xaritasi. Odatda xarita ikki o‘lchamli ko‘rinishda bo‘lib, risk ta’sir ko‘rsatish kuchi va uning ehtimolligi yoki ta’sir kuchi va moyilligi nuqtai nazaridan tuziladi. Agar to‘laqon qamrab olinsa, uchinchi o‘zgaruvchanni ham, ya’ni riskni sodir bo‘lish tezligi yoki hisoblashlarning noaniqliklarini kiritish mumkin. Ta’sir ko‘rsatish shkalasini imkoniyatlar va risklar uchun xaritasi quyidagi rasm ko‘rinishida bo‘ladi.

Riskka qarshi javob choralar. Riskni baholash natijalari riskka qarshi javob choralarini ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumot sifatida xizmat qiladi. Bunga muvofiq javob choralarining shartlari o‘rganiladi (riskni qabul qilish, kamaytirish, taqsimlash yoki qochish), «xarajat-daromad» tahlili amalga oshiriladi, javob

choralarining strategiyasini shakllantiriladi va riskka qarshi javob choralarining rejasini ishlab chiqiladi.

Umumiy holatda moliyaviy risklarni boshqarishda javob choralari sifatida riskdan qochish va riskni butunligicha qabul qilish (sug‘urtalash va zaxira qilish imkoniyati bilan) yoki risklarni paydo bo‘lish va o‘zgarish jarayonida uni aktiv boshqarishdan birini tanlashdan iborat bo‘ladi.

Riskdan qochish qabul qilib bo‘lmaydigan yuqori darajadagi risklar bilan bog‘liq harakatlarni rad etishni anglatadi. Riskni qabul qilish vujudga kelgan riskni, salbiy oqibatlari o‘nglab bo‘lmaydigan yuqotishlarga olib kelmagunga qadar, faoliyatni amalga oshirishni anglatadi. Riskni boshqarish uning ehtimolliligi va zarar ko‘lamini dastlabki baxolash asosida riskni pasaytirish yoki oshirish bo‘yicha faol harakatni nazarda tutadi.


  1. rasm. Risk va imkoniyatlar namunaviy xaritasi

Bundan tashqari risk vujudga kelishida yuqotishlar darajasini pasaytirish choralari quyidagi asosiy usullarga bo‘linadi:



  • aktıvlarnı bozor qıymatı bo‘yıcha qayta baholash;

  • majburiyatlarni ta’minlash – xususan marja yoki zalog kiritish yo‘li bilan;

  • kutilayotgan va ko‘zda tutilmagan yuqotishlarni qoplash uchun mablag‘larni zaxiralash;

  • limitlashtirish;

  • portfel diversifikatsiyasi;

  • sug‘urtalash;

  • xosilaviy instrumentlar yordamida xedjerlash.

Sanab o‘tilgan usullaridan ba’zilarini quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash. Aktivlarni bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash (marking to market MTM) – bu bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozitsiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash hisoblanadi, masalan har kunlik (birja bitimlari uchun) yoki uzoq muddatli vaqt oralig‘ida (birjadan tashqari instrumentlar uchun). Agar kelishayotgan tomonlarni ikkala tarafi ham simmetrik tarzda foyda va zararni hisobga olishsa, bu bozor qiymati bo‘yicha ikki tomonlama qayta baholash (two-way MTM) hisoblanadi, va agar zararlar bir tomonlama hisobga olinsa, bu usulni bozor qiymati bo‘yicha bir tomonlama qayta baholash (one-way MTM) deb nomlash qabul qilingan [3]. Bu usul riskni joriy holat bo‘yicha bartaraf qilsa-da, istiqbolda risk xavfi mavjud qoladi.

Kafolatlangan garov (marja)ga qo‘yilgan talablar. Fyuchers shartnomalari bilan bitimlarda istiqbolli risk marja (margin) orqali qoplanishi mumkin. Marja – bu tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent majburiyatlarini qisman ta’minlash shakli hisoblanadi.

Birjada yangi pozitsiyani ochilishida bozor qatnashchisi kliring palatasiga defolt holatining ta’minoti sifatida boshlang‘ich marja kiritishi kerak. Hisob palatasi savdo natijalariga ko‘ra ishtirokchilarni kunlik moliyaviy natijalari (daromadi va xarajati)ni aniqlaydi, buni variatsion marja deyiladi. Hisob palatasi salbiy natijaga ega bo‘lgan tomonning mablag‘ini hisob raqamidan olib, ijobiy natijaga ega bo‘lgan tomonning hisob raqamiga o‘tkazadi. Bu jarayonni ba’zan marjani qaytatdan hisoblash(remargining) deb atashadi. Agar zarar ko‘rish natijasida marja miqdori ma’lum chegaraviy darajadan tushadigan bo‘lsa, bozor ishtirokchisi hisob palatasidagi hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘ kiritishi kerak, aks holda uning pozitsiyasi majburiy tarzda yopiladi.



Ikki tomonlama netting. Riskni pasaytirish bo‘yicha amaliy natija beradigan usullardan biri va xalqaro moliyaviy bozorlarida svop bitimlarining standart sharti hisoblangan usul – bu talablarni ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish (netting) usuli hisoblanadi.

Ikki tomonlama netting tuzulgan bitimlar bo‘yicha tomonlarni o‘zaro talab shartlarini ifodalaydi. Netting maqsadi netting kelishuvi qamragan barcha bitimlar bo‘yicha yalpi riskni sof risk miqdorigacha qisqartirishdan iborat.



Limitlash. Moliyaviy risklarga qarshi javob choralarining asosiy usullaridan biri

  • bu limitlash, ya’ni har bir riskli holat yoki unga etaklovchi omillarni aniqlab, ularga cheklovlar tizimini o‘rnatish hisoblanadi.

Limitlar o‘rnatish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • limitlar amal qilishi risk bilan bog‘liq barcha faoliyatga joriy qilinadi;

    • limitlarni hisoblashda barcha ehtimolli yo‘qotishlar jamlanadi;

    • limitlar o‘rnatilgan risk ustuvorliklari bo‘yicha belgilanadi;

    • limitlar stress-test natijasiga ko‘ra belgilanishi kerak.

Riskni baholash va boshqarish jarayoni samarali va barqaror bo‘lishi uchun u sodda, amaliy va tushunishga oson bo‘lishi kerak. Bu borada muvaffaqiyatga erishish qaror qabul qiluvchi boshqaruv va resurslarga bog‘liq. Jarayon malakali mutaxassislar tomonidan tegishli texnologiyalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Korxonalarda moliyaviy risklarni baholash va boshqarishning vazifasi yuqorida keltirib o‘tilgan usul va texnikalardan faoliyat doirasida va riskni tahlil qilishda keng foydalanish hisoblanadi. Jarayon keng doirada riskka qarshi choralarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda uning ustidan nazorat qilish haqidagi qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlardan foydalanadi va natijalarni strategik rejalashtirish jarayoniga taqdim etadi.



Pirovardida ta’kidlash o‘rinliki, riskni baholash va boshqarishning eng mukammal tizimiga ega bo‘lib ham, uning salbiy oqibatlari va ta’sirini butkul bartaraf etish mumkin bo‘lmaydi. Biroq riskni baholash va boshqarishning zamonaviy usul va texnikalardan samarali foydalanish biznesni kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish, o‘z vaqtida va ongli ravishda riskni qabul qilish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. ElmirzaevS. Korporativmoliya. O’quvqo’llanma / O’zROvaO’MTVTMI. –T: “Iqtisod-moliya”, 2015. 272 bet.

  2. Лукасевич И.Я. Финансовый менеджмент: учебник / 2-е изд. – М.: Эксмо, 2010. – 768с.

  3. R. I. Bob Tricker. Corporate Governance: Principles,Policies, and Practices 3rd Edition. Oxford University Press, 2015.

  4. Jonathan Berk, Peter De Marzo. Corporate finance - 3rd ed. p.cm. Includes index. Pearson Education, Inc. 2014.

  5. Брейли Р., Майерс С. Принципы корпоративных финансов / Пер. С англ. Н.Барышниковой. – М.:ЗАО “Олимп-Бизнес”, 2014. – 1008 с.

  6. Гладышева Е.В. Финансовый менеджмент: конспект лекций /ва. – Ростов н /Д: Феникс, 2014.- 158

  7. Brigham E.F., Houston J.F. Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th edition/2015. – 692 p.

  1. Deepika J. "Managing Business Finance". International Research Journal of Management Science & Technology. 2014.

  2. Энциклопедия финансового риск-менеджмента под ред. канд. экон. наук А. А. Лобанова и А. В. Чугунова 4-е издание, исправленное и дополненное. М.: Альпина бизнес букс. 2009

  3. Crouhu M., Galai D., Mark R. Risk management. – N.Y.: McGraw Hill,

2001

  1. Ступаков В.С. Риск-менеджмент: учебное пособие. М.: Финансы и

статистика, 2005. 288с.

  1. Frederic Funston and Stephen Wagner, Surviving and Thriving in Uncertainty (Hoboken, N.J: John Wiley & Sons, Inc., 2010), 69.



Download 133,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish