Mavjud ma’lumot tahlili. Risk sodir bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida ichki va tashqi audit xulosalari, kafolat bo‘yicha da’vo va shikoyatlar, sug‘urta kompaniyalari, sanoat birlashmalari va tadqiqot tashkilotlarining ochiq hisobotlarini keltirish mumkin. Mavjud ma’lumotlarga tayanish ob’ektiv sanalsa-da, ushbu ma’lumotlar bazasini joriy holatga o‘rinliligini baholash muhim hisoblanadi.
Ssenariyaviy tahlil. Risk bo‘yicha bir nechta ssenariyni shartlari bilan ishlab chiqishni talab etadi. Quyidagi jadvalda korxona daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ssenariyaviy tahlili keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |