499
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va
xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi:
uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi
xizmatlarini to’lash;
dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy
xizmatlarni to’lash;
kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari;
passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari;
aloqa xizmatlarini to’lash;
qolgan boshqa xizmatlarni to’lash.
Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari
xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda,
o’sish tendensiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan:
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka
tartibdagi tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan
(undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi
bilan kuzatilmoqda;
ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi
(masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon-
dan, sug’urta bo’yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat
tashkilotlarga ajratmalarni ko’paytiradi;
uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari
byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo’yicha
foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.
Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari amaliyotida
iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida
kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning
rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo’jaliklari byudjetlarida
“pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib
keladi.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar
va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining
soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo’lishiga
qaramasdan, davlat moliyasining taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy
shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni
yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining
500
turli byudjetlari darajalarida daromadlarning etarli tushishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar
daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni shakllantirish
yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini
ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va
uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan,
mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa
majburiy to’lovlar va yig’imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-
lardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir
vaqtning o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va
xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri
(bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar,
qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining
tarkibida bo’lib, ular tovar sotib olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining
darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri
(bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan
soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham
oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali kompen-satsiya
qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining boshqa
moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi jamg’armalarning o’sishi”,
“xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari” va boshqalar)
jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks
ettiradiki, ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi
paragrafida ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: