Davlatiy moliya


-MAVZU: UY XO’JALIKLARI MOLIYASI



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

28-MAVZU: UY XO’JALIKLARI MOLIYASI 

REJA: 

1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi. 

2. Uy  xo’jaliklarida  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari. 

3. Uy xo’jaliklari daromadlari. 

4. Uy xo’jaliklari xarajatlari. 

5. Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish. 

1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi 

Uy-xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi 

hisoblanadi.  Bozor  munosabat-lari  tizimida  uy  xo’jaliklarining  moliyaviy 

ahamiyati 

uning 

iqtisodiy 



jihatdan 

qanday 


maqsadlarni 

bajarishga 

mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan,  uy xo’jaliklari ishlab chiqarish 

omillarining  (mehnat,  yer,  kapital,  tadbirkorlik  qobiliyati  va  boshqalarning)  

xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari 

va  moliyaviy  tushilmalarini  shakllantiradi.  Boshqa  bir  tomondan  esa,  uy 

xo’jaliklari  iqtisodiyotda  tovarlar  va  xizmatlarni  iste’mol  qiluvchilar  sifatida 

maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida,  

uy  xo’jaliklari    jamiyat  yalpi  daromadining  bir  qismini  jamg’aradi,  real  va 

moliyaviy  aktivlarni sotib olish orqali  moliyaviy  rezervlarni  yaratishda  ishtirok 

etadi,  soliq  to’lovlari  orqali  esa  davlatning  markazlashtirilgan  moliyaviy  fond-

larini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 

Odatda,  “uy  xo’jaligi”  atamasidan    milliy  statistikada  aholidan  (kishilar 

to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash uchun foydalaniladi. 

Shuning  uchun  ham  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  tomonidan  tavsiya 

etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) 




478 

uy  xo’jaligini    yagona    yashash  maydonida    birgalikda  yashayotgan,  umumiy 

fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan va 

ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini 

umumiy  tarzda  (birgalikda)  iste’mol  qilayotgan  kishilarning  katta  bo’lmagan 

guruhi, deb ta’riflaydi

104



Ayrim  hollarda  o’zbek  iqtisodiy  adabiyotida  “uy  xo’jaligi”  atamasining 



“xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga 

mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va 

“oila  moliyasi”  iboralari  ham  ekvivalent  yoki  sinonim  iboralar  shaklida 

ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki  “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan 

farq  qilish  lozim.  Eng  avvalo,  “uy  xo’jaligi”  aniqlilik  darajasining  “oila”ga 

nisbatan    kamroq  darajada  cheklangan  xarakterga  ega  ekan-ligini  qayd  etib 

o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) 

yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi 

bo’la  olmaydi.  Xuddi  shuningdek,  bir  xonani  ijaraga  olgan  talaba  uy-joy 

egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi 

va  h.k.  Boshqacha  aytganda,  uy  xo’jaligi  qarindosh  bo’lmaganlarni  ham  o’z 

ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin. 

Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda  ta’kidlash joizki,  uy 

xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la 

olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan 

xususiyatlarga  ega.  Bu  xususiyatlar,  eng  avvalo,  shu  bilan  belgilanadiki, 

birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar  guruhi ham 

va  bir  vaqtning  o’zida,  o’zining  iste’molini  mustaqil  ravishda  ta’min-layotgan 

yagona bir shaxs  ham  uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini 

xo’jalik  yuritishning mustaqil  iqtisodiy  va    moliyaviy  birligi  sifatida  ajratilishi 

quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim: 

  birgalikda (bir joyda) yashash; 

  umumiy byudjetning mavjudligi; 

  iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. 

Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi. 

Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish 

uchun  pul  mablag’lari  fondlarini  shakllantirish,  ularni  taqsimlash  va 

foydalanishga tegishli  bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana 

shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish 

mumkin:  uy  xo’jaliklarida  iste’mol  maqsadlari  va  jamg’arish  uchun  pul 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish