Davlatiy moliya


Boquvchisini  yo’qotganligi  uchun  pensiya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Boquvchisini  yo’qotganligi  uchun  pensiya  vafot  etgan  shaxsning 

qaramog’ida bo’lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga tayinlanadi.  

Vafot  etgan  boquvchining  qaramog’ida  bo’lgan  mehnatga  qobiliyatsiz  oila 

a’zolari  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi  olish  huquqiga  ega  bo’ladi.  Bunda 

farzandlarga va yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki 

er  (xotin)  yoxud  buva,  buvi,  aka-uka  yoki  opa-singil,  agar  u  vafot  etgan 

boquvchining  bolalari,  aka-ukalari,  opa-singillari  yoki  nabiralarini,  ishlovchilarga 

bolaga  qarash  uchun  ish  haqi  saqlanmagan  ta’tilda  bo’lish  huquqini  beradigan 

yoshga  to’lgunga  qadar  boqish  bilan  mashg’ul  bo’lsa  va  ishlamasa  pensiya  ular 

boquvchining  qaramog’ida  turgan-turmaganidan  qat’i  nazar  tayinlanadi. 

Marhumning qaramog’ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun 

kechirish  uchun  zarur  mablag’  manbaidan  mahrum  bo’lib  qolsalar,  pensiya  olish 

huquqiga ega bo’ladilar. 

Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: 

  bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to’lmagan bo’lsa 

yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga to’lmasdan nogiron bo’lib qolgan 

bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli 

ota-onasi bo’lmasa; 




409 

  ota,  ona,  o’gay  ota,  o’gay  ona,  xotin,  er,  basharti,  ular 

umumbelgilangan

 

pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar; 



  yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er 

(xotin)  yoxud  buva,  buvi,  aka-uka  yoki  opa-singil,  agar  u  vafot  etgan 

boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga 

bolaga  qarash  uchun  ish  haqi  saqlanmagan  ta’tilda  bo’lish  huquqini  beradigan 

yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa

  buva  va  buvi  —  agar  qonunga  muvofiq  ularni  boqishi  shart  bo’lgan 

kishilar bo’lmasa. 

O‘quvchilar  18  yoshga  to’lgunga  qadar  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi 

olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega 

bo’lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni 

saqlab qoladilar. O‘gay o’g’il va o’gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan 

bo’lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota va 

o’gay ona, agar vafot etgan o’gay o’g’ilni (qizni) 18 yoshga to’lgunga qadar kamida 

5  yil tarbiyalagan  yoki boqqan bo’lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish 

huquqiga  ega  bo’ladilar.  Bedarak  yo’qolganlarning  oilalariga  ham,  agar 

boquvchining bedarak yo’qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lsa, vafot 

etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari tegishli ravishda  ushbu oilalarga ham 

joriy qilinadi. 

Ko’rsatib o’tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to’liq boquvida bo’lgan 

yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy 

kun kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa, marhumning qaramog’ida 

turgan  deb  hisoblanadilar.  Marhumning  biron  turdagi  pensiya  olayotgan  oila 

a’zolari,  agar  marhumning  yordami  ular  uchun  doimiy  va  asosiy  kun  kechirish 

mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa — boquvchisini yo’qotganlik pensiyasiga 

o’tish huquqiga egadirlar. 

Mehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligiga  chalinganlik  oqibatida  vafot 

etgan  boquvchining  oilasiga,  shuningdek  marhum  pensionerning  oilasiga  pensiya 

boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar 

unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo’lgan bo’lsa, 

umumiy kasallik yoki ish bilan bog’liq bo’lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan 

boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi. 

Boshqa 


mamlakatlardan  ko’chib  kelgan  O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolarining  oilalariga,  basharti,  boquvchi  O‘zbekiston  Respublikasida 

ishlamagan bo’lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi: 

  boshqa  mamlakatlarda  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasini  olgan 

oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; 



410 

  pensiya  olmagan  oilalarga  —  basharti,  boquvchi  ishlash  to’xtatilgan 

kunga  qadar  tegishli  stajga  ega  bo’lgan  bo’lsa,  mehnatda  mayiblanganlik  yoki 

kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining 

ish stajidan qat’i nazar. 

Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash 

uchun  etarlicha  ish  stajiga  ega  bo’lmagan  boquvchisini  yo’qotgan  oila  a’zolariga 

pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi. 

Er  (xotin)ning  vafot  etganligi  sababli  tayinlangan  pensiya  pensioner  yangi 

nikohdan  o’tganida  ham  saqlanib  qoladi.  Oilaning  pensiya  olish  huquqiga  ega 

bo’lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi 

bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to’lanadi. Pensiyadan ulush ajratib 

berish  pensiyani  bo’lish  to’g’risida  ariza  tushgan  oydan  keyingi  oyning  birinchi 

kunidan boshlab amalga oshiriladi. 

Boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi  uchun  oilaning  har  bir  mehnatga 

layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik 

ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 

kam  bo’lmagan  miqdorida,  har  ikkala  ota-onasini  yo’qotgan  bolalarga  (chin 

etimlarga)  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi  uchun  yoki  vafot  etgan  yolg’iz 

onaning  bolalariga  har  bir  bola  uchun  —  pensiyani  hisoblash  uchun  qabul 

qilinadigan  o’rtacha  oylik  ish  haqining  30  foizi,  biroq  yoshga  doir  eng  kam 

pensiyaning  100  foizidan  kam  bo’lmagan  miqdorda  pensiyaning  tayanch  miqdori 

belgilanadi. 

Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni hisoblash tartibi 

bilan bir hil.  

Boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyalari  oilaning  har  bir  mehnatga  layoqatsiz 

a’zosiga — boquvchi o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga oshiriladi.  

Har  ikkala  ota-onasini  yo’qotgan  bolalarga  (chin  etimlarga)  tayinlanadigan 

boquvchisini  yo’qotganlik  bo’yicha  pensiyalarini  oshirish  eng  kam  oylik  ish 

haqining  o’n  baravari  miqdori  doirasida  har  ikkala  ota-onaning  ish  haqi  umumiy 

miqdoridan  amalga  oshiriladi.  Bunda  har  ikkala  ota-onasini  yo’qotgan  bolalarga 

(chin  etimlarga)  tayinlanadigan  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi  miqdori  har 

ikkala  ota-onaning  umumiy  ish  staji  miqdoridan  kelib  chiqqan  holda  aniqlanadi, 

ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har 

ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdori bo’yicha amalga oshiriladi.  

Agar  ota-onadan  birining  ish  staji  va  ish  haqidan  kelib  chiqqan  holda 

hisoblangan  boquvchisini  yo’qotganlik  pensiyasi  miqdori  har  ikkala  ota-onaning 

umumiy  ish  staji  va  ish  haqidan  kelib  chiqqan  holda  hisoblangan  boquvchisini 

yo’qotganlik pensiyasi miqdoridan ko’p bo’lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab 

qolgan holda, murojaat etganning xohishi bo’yicha ota-onadan birining ish staji va 




411 

ish  haqidan  kelib  chiqqan  holda  hisoblangan  pensiyaning  eng  ko’p  miqdori 

tayinlanadi. 

O‘zbekistonda  aholining  ijtimoiy  ta’minotini  yanada  yaxshilash  va 

pensionerlarning  farovonligini  qo’shimcha  mablag’lar  bilan  ta’minlash 

maqsadida 2004-yil 2-dekabr kuni “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya 

ta’minoti  to’g’risida”gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Bu  qonunga  binoan  quyidagilar 

belgilangan: 

  2005-yil  1-yanvardan  boshlab  fuqarolarning  amaldagi  davlat  pensiya 

ta’minoti tizimiga qo’shimcha ravishda jamg’arib boriladigan pensiya tizimi joriy 

etildi; 

  2005-yil  1-yanvardan  boshlab  fuqarolarning  shaxsiy  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  hisob  raqami  fuqarolarning  asosiy  ish  joyidagi  Xalq  banki 

filialida amalga oshiriladi;  

  fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga majburiy har 

oylik  badallar  jismoniy  shaxslarning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  hisoblab 

chiqarilgan  daromad  solig’i  summasidan  tegishli  ravishda  chiqarib  tashlangan 

holda  xodimning  hisoblangan  ish  haqi  (daromad)ning  2018  yilda  ikki  (2019 

yilning 1 yanvaridan boshlab 0,1) foizi miqdorida o’tkaziladi; 

  jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida qatnashadigan 

fuqarolar  tomonidan  shaxsiy  pensiya  hisob  raqamlariga  badallar  miqdori  va 

to’lash muddatlari mustaqil ravishda belgilanishi ham mumkin va boshqalar. 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 

hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar 

jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Ish beruvchilarning, 

shuningdek  mehnat  faoliyatini  mehnat  shartnomasi  asosida  amalga  oshiruvchi 

fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun 

hujjatlarida  boshqacha  qoidalar  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  majburiydir.  Yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar,  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  holdagi  dehqon 

xo’jaliklarining  a’zolari,  shuningdek  boshqa  fuqarolar  jamg’arib  boriladigan 

pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. 

Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  majburiy  tartibda  ishtirok  etuvchi 

fuqarolarni  hisobga  olish  ish  beruvchining  talabnomasiga  muvofiq  mazkur 

fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 

Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi 

fuqarolarni  hisobga  olish  ularning  arizasiga  muvofiq  mazkur  fuqarolarning 

yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimiga 

fuqarolarni hisobga qo’yish, shuningdek shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 



412 

hisobvaraqlarini  ochish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasining  interaktiv  davlat 

xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli. 

Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  hisobga  olish  quyidagilarni  o’z 

ichiga oladi: 

  shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish

  jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini berish. 

Xalq  banki  jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  fuqarolarning  shaxsiy 

hisobini 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi 

tomonidan 

belgilanadigan  tartibda  yuritadi.  Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida 

fuqarolarning  shaxsiy  hisobini  yuritishga  doir  hamda  shaxsiy  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  taalluqli  ma’lumotlar  Xalq  bankining 

yagona ma’lumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi. 

Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga 

Xalq  banki  umrbod  qilib  belgilanadigan, doimiy  shaxsiy  tartib  raqamli  shaxsiy 

jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlari  ochadi.  Shaxsiy  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  tartib  raqami  berish  fuqarolarning 

pasportidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki 

ish  joyi  yoxud  pasportidagi  ma’lumotlar  o’zgargan  taqdirda  shaxsiy  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  hisobvarag’i  tartib  raqami  o’zgarishsiz  qoladi  va  yangi 

shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvarag’i  ochish  talab  etilmaydi. 

Fuqaroning jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqini tasdiqlovchi 

jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamg’arib boriladigan 

pensiya hisobvarag’i ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi. 

Jismoniy  shaxslarning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  hisoblab  chiqarilgan 

daromad  solig’ining  tegishlicha  kamaytirilgan  summasi  hisobiga  jamg’arib 

boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda to’lab boradi. 

Jamg’arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallarining  miqdori 

xodimlarning,  shu  jumladan  ishlayotgan  pensionerlarning  ish  haqi  va  boshqa 

daromadi  summasi  asosida  hisoblab  chiqariladi  hamda  har  yili  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  navbatdagi  yilga  mo’ljallangan 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. 

Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag’lari  Xalq  bankida  shaxsiy 

jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni jamlash yo’li bilan 

shakllantiriladi.  Shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlarida 

mablag’larni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: 

  jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari

  jamg’arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; 

  shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlari  mablag’lariga 

hisoblab chiqarilgan foizlar; 



413 

  qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa mablag’lar. 

Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan 

pensiya  to’lovlari  to’lash  uchun  foydalaniladi.  Jamg’arib  boriladigan  pensiya 

tizimi  mablag’laridan  jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  bilan  bog’liq 

bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki 

jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi. 

Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag’larini  ko’paytirish  hamda 

ularni  pul  qadrsizlanishidan  himoya  etish  maqsadida  bunday  mablag’lardan 

investitsiya  va  kredit  resurslari  sifatida,  shuningdek  moliyaviy  vositalarga 

joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi 

mablag’laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O‘zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  Xalq  banki  tomonidan 

amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini moliyaviy 

vositalarga  joylashtirish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 

Jamg’arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallaridan,  shaxsiy  jamg’arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlaridagi  mablag’larga  hisoblab  chiqarilgan 

foizlardan hamda bunday mablag’lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki 

oladigan  boshqa  daromadlardan,  jamg’arib  boriladigan  pensiya  to’lovlaridan, 

shuningdek  jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag’lari  aylanmasidan 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi. 

Jamg’arib  boriladigan  pensiya  tizimida  ishtirok  etuvchi  fuqarolar  pensiya 

to’lovlari  oluvchi  sifatida  jamg’arib  boriladigan  pensiya  to’lovlarini  qonun 

hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish 

huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 

hisobvarag’ida  jamg’arilgan  mablag’lar  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

merosga  o’tadi  va  merosxo’rga  bir  yo’la  to’la  hajmda  to’lanadi.  uqaro 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqariga  doimiy  yashash  joyiga  chiqib 

ketayotgan  bo’lsa,  shaxsiy  jamg’arib  boriladigan  pensiya  hisobvarag’ida 

jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. 

Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 

bo’limi  tomonidan  berilgan  jamg’arib  boriladigan  pensiya  to’lovlarini  olish 

huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida bunday to’lovlarni oluvchining yashash 

joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to’lanadi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish