darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad
va ijtimoiy salohiyatning boshlang‘ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning
eng muhim vazifalaridan biri o‘z fuqarolari farovonligining barqaror o‘sishini
ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir.
Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta
343
O‘zbekiston Respublikasida 2013-yil qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ning 132-
moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent
shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga
biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.
Byudjet jarayonida:
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar
byudjetlari bilan;
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar
byudjetlari bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek,
boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlariga yo‘l
qo‘yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to‘laroq ta’rifi rus iqtisodchi
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan “Финансы” nomli
darsligida berilgan: “Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari,
markaziy hokimiyat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida byudjetlarni
tuzish va ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq huquq va
majburiyatlar, vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar
majmuidir”
96
.
Ushbu ta’rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki u
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‘rib chiqish va tayyorlash
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida
mablag‘larning bir byudjet bo‘g‘inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar
o‘rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta’rifda umuman fikr bildirilmagan.
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish
darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo
munosabatlar sodir bo‘layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‘ra ularni byudjet tizimi
pog‘onalari o‘rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasidagi
munosabatlarga bo‘lish mumkin. Demak, “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasi,
bizning fikrimizcha, quyidagilarni o‘z ichiga olmog‘i lozim:
− byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‘liqroq
tarkibini;
96
Бабич А. М. Финансы: Учебник/ А. М. Бабич, Л. Н.Павлова. -М.: ИД ФБК-ПРЕСС, 2000.
344
− davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o‘zaro (bir darajadagi)
munosabatlarini;
− quyi byudjet bo‘g‘inlarining respublika byudjeti bilan o‘zaro munosabatlarini;
− moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan
yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo.
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik
sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta’kidlash zarur:
− birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet siyosatini
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir;
− ikkinchidan, byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining boshqa
yo‘nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi;
− uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli
darajalaridagi hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabat, balki eng avvalo,
mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida markaz orqali
shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada
bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan
barcha pul mablag‘larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi
munosabatlardir;
− to‘rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika
darajasi)ga mablag‘lar tushib turishining ta’minlanishi o‘z navbatida ularga davlat
boshqaruvi bo‘yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish
huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‘z hududlari
manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta’minlaydi. Shu bilan birga, respublika
byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag‘larning ajratilishi mamlakatni markazdan
boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun
dastak yaratadi hamda hududlarda ma’lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga
kelishining obyektiv asoslarini bartaraf etadi;
− beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‘lmas edi.
Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta’sirchan
omil hisoblanadi.
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz
mumkin: “Byudjetlararo munosabatlar – davlat byudjet mexanizmining muhim
ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari
o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida
huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat