Jamg’arma mablag’larini taqsimlash, qonunchilikda belgilangan
mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan
obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga maqsadli yo’naltirish uchun tijorat banklariga;
1,5 foizi — mablag’larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini
rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga, shu
jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o’quv kurslarini moliyalashtirishga
yo’naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga;
2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish, shu
jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan obyektlar elektron bazasi va
reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo’yicha
“yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni
qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining byudjetdan
tashqari jamg’armasiga.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida
foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning
tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 17
yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining
qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan
mablag’lar Davlat raqobat qo’mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli
ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladi, hamda yuqorida qayd
etib o’tilgan jamg’arma mablag’larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat
qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida
qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er
egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini
qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga yo’naltiriladigan auktsion savdolarida
fuqarolarga er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
317
huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag’lar bundan mustasno
hisoblanadi.
Bunda:
tushgan mablag’lardan davlat aktivini sotish bilan bog’liq xarajatlar
(baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar
xizmatlarini to’lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi
shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat
raqobat qo’mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga,
Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash
jamg’armasiga avval yo’naltirilgan mablag’lar qaytarilmaydi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo’jaliklari va
tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga mablag’lar ularning
tushishiga ko’ra har haftada yo’naltiriladi.
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag’larning 25 foizi
miqdoridagi qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltirilgan hollarda
mablag’larning (Davlat raqobat qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag’lardan tashqari) qolgan
qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo’naltiriladi.
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo’yicha tuzilgan va bekor qilingan
shartnomalar, berilgan qarzlar bo’yicha tushgan penya va jarimalar summalari
quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Davlat raqobat qo’mitasining byudjetdan tashqari
jamg’armasiga o’tkaziladi;
qolgan qismi — yuqorida aytib o’tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va
ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to’liq
miqdorda Jamg’arma hisobiga o’tkaziladi.
Davlat raqobat qo’mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni
amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi
holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o’tkazmasdan tuzilishi mumkin:
davlat aktivlari to’g’risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni
tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari
(ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko’zlab sotib
olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko’rsatuvchi
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish;
318
Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni
rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi
tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish;
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo’mitasi
huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika markazida Davlat
raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat
ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o’qitish;
Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot
texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik
kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal
kompyuter tarmog’ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo’yicha xizmat
ko’rsatish;
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o’tkazish
bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo’yicha maslahat xizmatlari
ko’rsatish;
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish. Baholovchi
tashkilotlar xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar Davlat raqobat qo’mitasi
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi.
Jamg’armaning joriy moliya yili yakuni bo’yicha qoldiq mablag’lari olib
qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |