Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Valyuta bozorlari- bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi 

qilinadigan  rasmiy  markazlardir.  Ya’ni, valyuta bozori  - bu  chet  el  valyutasini 

oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarni, hamda valyutaviy 

kapitalni  investitsiya  qilish  munosabatlarini  amalga  oshiruvchi  iqtisodiy 

munosabatlarni  namoyon  qiluvchi  markaz  hisoblanadi.Valyuta  bozori  moliya 

bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.  

Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha 

xalqaro  hisob-kitoblar,  xalqaro  turizm,  kapitallar  va  kreditlarning  davlatlararo 

harakati hamda  chet el  valyutasini oldi-sotdi  qilish bilan  bog’liq  boshqa  hisob-

kitob operatsiyalari hisoblanadi.  

Shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  joizki,  milliy  iqtisodiyotni  faqat  shu 

mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  bilan  barcha  ehtiyojlarni  qondirib 

bo’lmaydi.  Demak,  mamlakatlar  o’rtasida  eksport-import  operatsiyalari  albatta 

amalga oshishi yuz beradi.  

Hozirgi  zamon  valyuta  bozorlarining  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 

shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog’langan. 

Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi 

qilish  jarayonida  bir-biriga  nisbatan  doimiy  ta’sirda  bo’ladi.  Jahon  valyuta 

bozorlari  asosan  valyutaviy  cheklashlar  bo’lmagan  yoki  zaif  tarzda  mavjud 

bo’lgan mamlakatlarda joylashgan. 

Valyuta  bozorlarining,  asosan,  3  turini  ko’rsatish  mumkin,  ular  milliy, 

hududiy va jahon valyuta bozorlaridir.  

                                                           

124


 Симионов Ю.Ф., Носко Б.П. Валютние отношения: Учебное пособие.– Ростов н/Д: Феникс, 2001. – 320 


552 

Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida  - talab va sotuvchi sifatida - taklif, 

bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har 

qanday  iqtisodiy  subyekt,  ya’ni  davlat,  xo’jalik  subyekti  yoki  fuqaro  o’zining 

moliyaviy qiziqishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos 

kelishi  ham,  mos  kelmasi  ham  mumkin.  Manfaatlar  bir-biri  bilan  mos  kelgan 

taqdirda,  valyuta  qimmatliklarini  oldi-sotdisi  haqida  bitim  tuziladi.  Shuning 

uchun,  valyuta  bozori  valyuta  qimmatliklarini  sotuvchi  va  xaridorning 

qiziqishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.  

Funktsional  nuqtai  nazardan  qaraganda,  valyuta  bozorlari  o’z  vaqtida 

xalqaro  hisob-kitoblarni,  valyuta  risklarini  sug’urtalashni,  valyuta  zaxiralarini 

diversifikatsiyalashni,  valyuta  interventsiyasini  amalga  oshiradigan  va  valyuta 

bozorida  qatnashuvchilarning  kurslari  o’rtasidagi  farq  natijasida  keladigan 

daromadni o’zida namoyon qiladi.  

Institutsional  nuqtai  nazardan  qaraganda,  valyuta  bozorlari  vakolatli 

banklarning,  investitsion  korxonalarning,  birjalar,  brokerlik  idoralari,  chet  el 

banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon 

qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli 

mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-

birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu 

kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.  

Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi 

qilishda  dallol  bo’lib,  faqatgina  banklar  qatnashadilar.  Valyuta  bo’limining 

asosiy  vazifasi  bo’lib,  o’zining  mijozlariga  ma’lum  bir  valyutadagi  aktiv  va 

kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta’minlash hisoblanadi. 

Bu jarayon “naqd bitim”, ya’ni spot operatsiyasi yoki “muddatli bitimlar”, ya’ni 

ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo’lishi mumkin.  

Jahon  valyuta  bozorida  valyuta  oldi-sotdisi  tunu-kun  amalga  oshiriladi. 

Bunga  asosiy  sabab,  jahon  hududiy  valyuta  bozorlarining  turli  soat  millarida 

joylashganligi  bilan  bog’liqdir.  Hozirgi  vaqtda  Osiyo  -  Tokio,  Gonkong, 

Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, 

Tsyurix,  Amerika  -  Nyu-York,  Chikago,  Los-Andjeles  valyuta  bozorlari  jahon 

valyuta bozor-larining asosiy qismini egallagan.  

Xorijiy  valyutadagibitimlar  dunyoning  ko’plab  bank-larida,  taxminan, 

ertalab  soat  9

00

  da  boshlanadi,  biroq,  dilerlarning  ish  faoliyati  bu  bitimlarni 



tuzishdan  kamida  bir  soat  oldin  boshlanadi.  Har  kuni  ertalab,  chet  el  valyutasi 

bo’yicha mas’ul xodim (bo’lim boshlig’i) o’zining  xodimlarini bitimlar tuzish 

bo’yicha  me’yoriy  hujjatlar,  hamda  zaruriy  ma’lumotlar  va  yangiliklar  bilan 

ta’minlaydi. 




553 

Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar kotirovka 

qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo’lgan 

valyutalar,  ya’ni  mahalliy  pul  belgilari  va  bir  qator  yetakchi    erkin 

konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zaxira valyutalar (AQSh dollari, 

Yaponiya  ienasi,  yevro,  Shveytsariya  franki  va  shu  kabi  valyutalar)dan  keng 

foydalaniladi.  

Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda,  kurs  asosan,  yirik  banklar, 

xalqaromoliyaviy  tashkilotlarning  market-meykerlari  tomonidan,  kutilayotgan 

talab va taklif o’rtasidagi farqqa bog’liqholda o’rnatiladi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish