4. Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari
Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan, chunki qayta
sug’urtalash, ta’bir joiz bo’lsa, sug’urtalovchilarni sug’urtalashdir. O‘rta asrlar
oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning
528
qayta sug’urtaga bo’lgan ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga
ega bo’lgan qayta sug’urtalash shartnomasi Genuyada 1370-yili ikki savdogar
orasida tuzilgan
114.
shartnoma Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo’natilgan
sug’urta obyektini qayta sug’urtalashdan iborat edi.
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta sug’urtalashga bo’lgan
ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va chet el mamlakatlarida sho’’ba
korxonalari mavjud bo’lgan sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan.
Keyinchalik fakultativ qayta sug’urtalash shartnomalari, risklarni to’liq yoki
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday shartnoma
birinchi bo’lib 1821-yilda tuzilgan.
Qayta sug’urta operatsiyalari XIX asrning o’rtalarida alohida tadbirkorlik
turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug’urta jamiyati tashkil etildi. Dastlab,
qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta shartnomalari bo’yicha javobgarligida
ishtirok etishdan iborat bo’lgan bo’lsa, o’tgan davrlar mobaynida u
tavakkalchilikni ikkilamchi taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng
miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi.
Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy
barqarorligini ta’minlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug’urta
ehtimollar nazariyasiga asoslangandir. Ko’p hollarda sug’urta tashkilotlari
to’laqonli muvozanatlashgan risklar portfelini yaratish imkoniyatiga ega
bo’lmaydi. Bunga sabab sug’urtalangan obyektlar miqdori ko’p emas yoki portfel
tarkibida katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan
ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni sug’urtaga qabul qilishda
ularni yaxshi o’rganib chiqqan taqdirda ham, odatda sug’urta shartlari turli
xatarlarni qoplaganligi uchun, sug’urtalangan obyektlarga suv toshqini, bo’ron,
zilzila kabi tabiiy ofatlar va yong’in natijasida birdaniga zarar etishi mumkin.
Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning sug’urtalanuvchi
oldida portfel bo’yicha javobgarligining uncha katta qismini tashkil etmaydi,
lekin yuqoridagi ko’rsatilgan ofatlar esa uning moliyaviy holatiga katta ta’sir
ko’rsatish bilan birga, hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini tenglashtirish
va sug’urta portfeli muvozanatini ta’minlash, sug’urtalovchining moliyaviy
imkoniyatlariga asoslanib, sug’urta summalari bo’yicha javobgarliklarni to’g’ri
taqsimlashda va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy mustahkamligini va
rentabelligini ta’minlash maqsadida qayta sug’urta tizimi tashkil etilganligini
ta’kidlash kerak.
114
Кристофор П.: “Введение в перестрахование”. “Аникл”, 2002. -14 б.
529
Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga xavf soladigan
quyidagi 3 ta riskning oldini oladi:
i.
tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi:
- sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi;
- tabiiy ofat natijasida juda ko’p polislar bo’yicha bitta riskdan
sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi.
ii. davr xavfi:
- pulning qadrsizlanishi natijasida sug’urtalovchi to’plagan sug’urta
mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga yetmasligi;
- texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta stavkasi va
sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri kelmasligi.
iii.
xatolik xavfi:
-
sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini noto’g’ri
talqin qilish).
Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning oldini olish va
qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish hisoblanadi.
Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari tasarrufida
dastlabki tashkil etilgan jamg’armani qayta taqsimlashdir, ya’ni bevosita
sug’urtada sug’urtalovchi sug’urta mukofotlari hisobidan jamg’arma tashkil
qiladi. Qayta sug’urtalashda esa yangi jamg’arma tashkil etilmasdan, sug’urta
korxonalari tashkil etgan jamg’armani yo’naltirish va qayta taqsimlash bilan
jamg’arma tashkil etiladi. Risklarning va jamg’armalarning ikkilamchi
taqsimlanishi, ya’ni qayta sug’urtalash sug’urtanuvchiga ma’lum bo’lmasligi
mumkin. Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo’lib, bu jarayon
sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchi o’rtasida ro’y beradi. Bunday fikrlarni
Kristofer Pfayffer
115,
Shaxov V.V
116
, Folkner Xenke
117,
U. Konkelar
118
o’zlarining
ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta
tashkilotlari uchun yangi sug’urta turlarini yaratish va rivojlantirishga hamda
sug’urta operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi.
Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta bozori va
qayta sug’urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug’urta bozori – bu sug’urta
tashkilotlari bilan ularning mijozlari o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga
ishonarli sug’urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta
qiymati va xavfi katta bo’lgan obyektlar haqida ketganda. Shuning uchun ham
sug’urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish, moliyaviy
115
Кристофор Пфайффер “Введение в перестрахование” Анкил 2002. 3 б.
116
Шахов В.В. “Введение в страхование”. Москва, Финанси и Статистика 1992. 150 б.
117
Фолкнер Хенке “Вопросу надзора над перестраховочними предприятиями” ИНРЕ 1996, №3. 14 б.
118
У.Кноке “Основние аспекти надзора за деятелностно перестраховочних компании” ИНРЕ 1996, №2 17б.
530
barqarorligini oshirish va zimmasiga olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun
qayta sug’urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi.
Har bir sug’urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning oldida
sug’urta qoplamasini to’lashda, u bilan shartnoma tuzgan sug’urta tashkiloti
javobgar bo’ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta
pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar
bo’lib qolaveradi”. Bundan ko’rinib turibdiki, qayta sug’urtalovchi
sug’urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat beradi va
sug’urtalanuvchi bilan munosabatda bo’lmaydi. Ba’zan, sug’urta tashkiloti
reklama sifatida sug’urta qildiruvchiga risklari mashhur va ishonchli qayta
sug’urta tashkilotlarida sug’urtalashini ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug’urta
tashkilotiga sug’urta qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan
to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi.
Qayta sug’urta operatsiyalari faoliyati faqat qayta sug’urtalashga
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari yoki bevosita o’rnatilgan talablarga
javob beradigan sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug’urta
tashkilotlari xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi
sug’urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etilmagan.
Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda
sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta sug’urta, so’zsiz, sug’urta tizimida muhim ahamiyatga ega.
Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta sug’urtalashda ishtirok
etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etishga, zararlarni o’z vaqtida va
to’liq qoplashga ko’mak beradi. U sug’urtalovchining ishonchlilik darajasini
oshiradi va shu bilan birga mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini
ta’minlaydi.
Sug’urta sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarining
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir
qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv
(riskni qabul qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug’urta nisbiy
va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta operatsiyalari qayta
sug’urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug’urta tashkiloti va qayta sug’urta
tashkiloti o’rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin.
531
Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida uning yangi shakl
va turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta shartnomasi shakllaridan biri
fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir.
Fakultativ qayta sug’urtalashda sug’urtalovchi riskni, xohlasa qayta
sug’urtalashga beradi, xohlasa o’zida olib qoladi va mos ravishda qayta
sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa olmaydi
119.
Obligatorli qayta sug’urtalash bir martalik qayta sug’urtalashdan farqli, unda
tomonlarning
munosabatlari
mustahkamlanadi.
Obligatorli
qayta
sug’urtalashning asosiy jihati ekstsedent qayta sug’urtalash va ulush xajmini
aniqlash bilan bog’liq.
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan sug’urta tashkiloti
o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan qayta sug’urta
tashkilotiga berishi shart, o’z navbatida qayta sug’urtalovchi bu riskni qabul
qilishi shart. Obligatorli qayta sug’urtalashda sug’urta tashkilotining sug’urta
mukofotlarini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va sug’urta
qoplamalarini to’lash huquqi o’zida qoladi. Lekin, ularning hammasi
sug’urtalovchining va qayta sug’urtalovchining manfaatlarini ko’zda tutgan holda
bo’lishi kerak.
Obligatorli qayta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta
to’lovlarining hammasi sug’urta mukofotidan foizlar hisobida to’lanadi.
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasi noaniq muddatga tuzilib ikki
tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. Bunday shartnoma sug’urta
tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta
sug’urta himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan
farqli, u sug’urta portfelining katta qismini o’z ichiga oladi. Obligatorli qayta
sug’urta shartnomasi fakultativ qayta sug’urta shartnomasidan ancha arzonroq.
Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida ushbu qayta sug’urta turi katta
salmoqni tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug’urtadan farqli, fakultativ qayta sug’urtada qayta
sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta
sug’urta shartnomasi tomonlarga to’liq erkinlik beradi.
Sug’urta tashkilotining qayta sug’urtalovchiga fakultativ qayta sug’urtalash
bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
sug’urta tashkilotining nomi va manzili;
qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional;
riskning joylashgan joyi;
119
Гомелля В. Рубин Ю. “Страховой портфел”. Москва 1994. 347 б.
532
sug’urta manfaati;
shartlar-sug’urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug’urtalanadi va
qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi);
umumiy sug’urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to’lanishi,
stavkalar;
franshiza;
qayta sug’urtalovchiga mukofot, qayta sug’urta komissiyasi va boshqa
xarajatlar;
fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi;
taklif qilingan ulush;
zararning oldini olish imkoniyati va choralari;
ekspert xulosasi;
bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi.
Odatda fakultativ qayta sug’urtalash jarayoni sekin kechadi, chunki qayta
sug’urtalovchi riskni obdon o’rganguncha bir muncha vaqt ketadi. Qayta
sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan
ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta sug’urtalovchilar o’zlarining fakultativ qayta
sug’urtalash bo’linmalariga ega. Fakultativ qayta sug’urtalashda qayta
sug’urtalovchining vazifasi bevosita sug’urta tashkilotining imkoniyatini
kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni baholash, sug’urta
shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini olish va ushbu masalalar
bo’yicha maslahat berishdan ham iborat. Fakultativ qayta sug’urta sug’urtalovchi
va qayta sug’urtalovchiga ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga
ham ega. Fakultativ qayta sug’urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan
iborat:
1) qayta sug’urtaga berilayotgan risk bo’yicha ma’muriy ishlar hajmining
ko’pligi;
2) riskni joylashtirishda sug’urtalovchining har bir qayta sug’urtalovchi
bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt;
3) sug’urtalovchi
sug’urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy
imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;
4) fakultativ qayta sug’urtalovchi tomonidan o’rnatiladigan komission haq
nisbatan kamroq bo’ladi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan kamchiliklarga qaramasdan fakultativ qayta
sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda qo’llaniladi:
5) oddiy sug’urta shartnomalariga to’g’ri kelmaydigan maxsus risklarni
qayta sug’urtalashda;
533
6) obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta sug’urtalash limitidan
oshgan summani qayta sug’urtalashda;
7) shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori bo’lganda va qayta
sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda;
8) bozorning boshqa sug’urta tashkilotlari band etgan segmentida sug’urta
tashkilotining teng ishtirok etishi.
9) sug’urta
qildiruvchi
faoliyatining
yangi
yo’nalishlarini
sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni oshirishda;
10) sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini baholashda;
11) alohida ahamiyatga ega bo’lgan risklarni sug’urtalashda qayta
sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga
oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug’urtalash
ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta
sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug’urtalash ham deb atash qabul
qilingan.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug’urta
tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta tashkiloti aniqlagan nisbat
asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug’urtalash
mukofotining va sug’urta tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta
sug’urta qilishning prinsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini
bo’ladi”, degan fikrdan iborat.
Qayta sug’urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o’z ifodasini topgan. Xususan, unda qayd
etilishicha “sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan
sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki
qisman boshqa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin
120
”. Qayta sug’urta
qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo’yicha
sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash uchun
asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma
bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi hisoblangan
sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda,
uning ushbu shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug’urta
qilingan qismi qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi.
120
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.
534
Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga
yo’l qo’yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug’urta qilish
shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta shartnomasi deb hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta sug’urta
tashkilotlari o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi qayta sug’urta
brokerlari muhim rol o’ynaydi. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston
Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida qayta sug’urta
brokeri tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok
etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi
tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs
qayta sug’urta brokeri hisoblanadi”
121
. Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga
O‘zbekiston Respublikasida birorta ham qayta sug’urta bilan shug’ullanadigan
brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida
qayta sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga olsak,
bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda tashkil etilishiga
shubha qilmasa ham bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda amalda bo’lgan
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartirishlar, shu
jumladan yangi 8
1
modda kiritilgan. Bu moddada sug’urta hamda qayta sug’urta
brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta
sug’urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib o’tamiz:
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har qanday turi bo’yicha
vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda,
sug’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash;
sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari,
sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to’g’risida, shuningdek
sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir
boshqa ko’rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko’rsatish.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o’zlari
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
121
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish
to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007-yil 15- sentyabr.
535
sug’urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo’yicha to’liq, ishonchli
hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra taqdim etishi;
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni
oshkor qilmasligi shart.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga
hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi
mumkin.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta tashkilotlari
o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta tashkiloti va
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab,
sug’urta tashkiloti o’zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida
qabul qilib olingan riskning bir qismini boshqa sug’urta tashkilotida yoki
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul
qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urta
tashkiloti riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida qayta
sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma
shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari,
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga
kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak.
Shuningdek, shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik
hajmi ko’rsatilishi zarur.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga ega bo’lib,
ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham
qayta sug’urta sohasini nazariy jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud
uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta korxonasi qayta sug’urta
korxonasiga darhol xabar qilishi kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta korxonasi
shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta korxonasi
shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda shartnoma
bajarilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |