Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

29-MAVZU: SUG’URTA 

REJA: 

1. Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari. 

2. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari. 

3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari. 

4. Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari 

1. 

Sug’urta haqida tushuncha

 va uning o’ziga xususiyatlari 

Ma’lumki,  turli  ko’ngilsiz  hodisalar,  xususan,  zilzila,  suv  toshqini, 

qurg’oqchilik, yer ko’chkisi, sel, kuchli shamol, do’l va shunga o’xshash tabiiy 

ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab 

chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi turli texnogen 

tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan. 

Jamiyatning  barcha  jabhalari  taraqqiy  etishi  barobarida  fuqarolarning  bir 

maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga 

salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillar  ham  kengaya  boshladi.  Mana  bir  misol. 

Sanoatning  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanishi  tabiat  va  jamiyat  o’rtasidagi 

muvozanatning  buzilishiga,  birinchi  galda,  ekologik  vaziyatning  tang  ahvolga 

tushib qolishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko’nikib 

yashashga  o’rgangan,  ammo,  shu  bilan  bir  qatorda  tabiiy  ofatlar,  yong’in  va 

boshqa  noxush  hodisalar  ro’y  berishi  oqibatida  yuzaga  kelgan  zararlar, 

yo’qotishlarning o’rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan. 

Hatto,  insoniyat  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichlarida  hayot  kechirgan 

ajdodlarimiz bunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilishi mumkin 

bo’lgan  zararlar  va  nobudgarchiliklardan  saqlanish  choralarini  ko’rganlar.  Ana 

shunday  choralardan  biri  sifatida  qurg’oqchilikdan  saqlanish  maqsadida  suv 



505 

omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni 

yaratish  va  oldindan  ko’rib  bo’lmaydigan  hamda  insoniyatning  ongi  bilan 

boshqarib  bo’lmaydigan  ko’ngilsiz  hodisalar  sodir  bo’lishi  oqibatida  yuzaga 

kelgan  zararlarning  o’rnini  qoplash  hozirgi  zamon  sug’urta  munosabatlarining 

asosini tashkil etadi. 

Tabiiy  ofatlar,  yong’in  va  boshqa  noxush  hodisalar  yuz  berishi  natijasida 

etkazilgan  zararlarning  o’rnini  qoplashda  sug’urta  muhim  ahamiyatga  ega. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  sug’urta  tushunchasiga  turlicha  ta’riflar  keltirilgan. 

Ulardan  eng  keng  tarqalgani  “yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  badallari 

hisobidan maxsus pul jamg’armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning 

sodir  bo’lishi  natijasida  ana  shu  shaxslarning  hayoti  va  faoliyatiga  etkazilgan 

zararlarni  mazkur  jamg’arma  hisobidan  qoplash  bilan  bog’liq  iqtisodiy 

munosabatlarga  sug’urta  deyiladi”

110

.  2002  yil  5  aprelda  qabul  qilingan 



O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunida 

sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy 

shaxslar  to’laydigan  sug’urta  mukofotlaridan  shakllantiriladigan  pul  fondlari 

hisobidan  muayyan  voqea  (sug’urta  hodisasi)  yuz  berganda  ushbu  shaxslarga 

sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li 

bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”

111

.  


Ko’rinib  turibdiki,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  xizmat  haqi  sifatida 

to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo’ljallangan pul 

fondlari  tashkil  etiladi.  Bu  pul  fondlari  sug’urta  tashkilotlarining  tasarrufida 

bo’ladi.  Sug’urta  tashkiloti  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslar  o’rtasida  tuzilgan 

sug’urta  shartnomasiga  asosan  sug’urta  hodisasi  sodir  bo’lishi  natijasida 

etkazilgan zararlarni qoplaydi. 

Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar, faqat, sug’urta 

tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan yoki sug’urta polisini olgan 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  shartnomada  ko’rsatilgan  xavf-xatarlar  sodir 

bo’lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini olish uchun yuridik 

yoki  jismoniy  shaxs  sug’urta  mukofotini  to’lagan  va  shu  asnoda  pul  fondini 

shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak. 

Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan: 

-  hayotni  sug’urta  qilish  (jismoniy  shaxslarning  hayoti,  sog’lig’i,  mehnat 

qobiliyati  va  pul  ta’minoti  bilan  bog’liq  manfaatlarini  sug’urta  qilish,  bunda 

shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 

sug’urta  pullarining  sug’urta  shartnomasida  ko’rsatib  o’tilgan  oshirilgan  foizni 

                                                           

110

 

Ермасов С.В., Ермасов Н.Б. Страхование: Учебное пособие для вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004. – 5 с.



 

111


 O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.// Xalq so’zi, 2002-yil, 28-may. 


506 

o’z  ichiga  oluvchi  bir  martalik  yoki  davriy  to’lovlarini  (annuitetlarni)  qamrab 

oladi); 

- umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish 

hamda  hayotni  sug’urta  qilish  sohasiga  taalluqli  bo’lmagan  boshqa  sug’urta 

turlari). 

Har  bir  sug’urta  tarmog’i  sug’urta  risklari  va  majburiyatlarining  umumiy 

xususiyatlariga  qarab  sug’urta  klasslariga  bo’linadi.  Hayotni  sug’urta  qilish 

tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni o’z tarkibiga oladi. Har bir 

sug’urta  klassi  umumiy  xususiyatlariga  qarab  bitta  yoki  bir  nechta  sug’urta 

turlarini  (mahsulotlarini)  o’z  ichiga  oladi.  Sug’urta  tarmoqlariga  oid  sug’urta 

klasslarining to’liq nomlanishi 2002- yil 27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Sug’urta  xizmatlari  bozorini  yanada 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  413-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan. 

Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 

O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: 

  harbiy  xizmatchilar va  harbiy  majburiyatli  shaxslarning,  oddiy  askarlar 

hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi; 

  soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi; 

  davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy 

sug’urta qilish; 

  sudyalarning  hayoti  va  sog’lig’ini  davlat  tomonidan  majburiy  sug’urta 

qilish; 


  Hukumat  kafolati  ostida  kiritilayotgan  va  Davlat  byudjeti  mablag’lari 

hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi; 

  xavfli  ishlab  chiqarish  obyektiga  ega  korxonalarning  xavfli  ishlab 

chiqarish  obyektida  avariya  yuz  bergan  taqdirda  boshqa  shaxslarning  hayoti, 

sog’lig’i  va  (yoki)  mol-mulkiga  hamda  atrof  muhitga  zarar  etkazganlik  uchun 

fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; 

  transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta 

qilish; 


  ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish; 

  tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish. 

Majburiy  sug’urta  qonun  asosida  joriy  etiladi.  Majburiy  davlat  sug’urtasi 

davlat  byudjeti  mablag’lari  hisobidan,  majburiy  sug’urta  esa  yuridik  yoki 

jismoniy shaxsning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-mulkini  sug’urta  qilish,  fuqarolarni 

baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish, 



507 

tibbiy  sug’urta, uzoq  muddatli hayotni sug’urtalash,  yuklarni sug’urtalash kabi 

sug’urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish