Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar
amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa
bo’g’inlari o’rtasida sodir bo’ladi. Masalan, Pensiya jamg’armasi nafaqat maxsus
ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki hozirgi davrda respublika byudjetidan
olinayotgan subsidiya (transfertlar) hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir
vaqtning o’zida, agar fond daromadida aktiv saldo vujudga kelsa, u ortiqcha
moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat g’aznachilik qimmatli qog’ozlarini
xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida
ham namoyon bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |