Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining
davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir
73
:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimno-masiga muvofiq ko’rib chiqadi va
qabul qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shahar-lar byudjetlarining tegishli davrdagi
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va
tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun
73
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 27-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
289
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat
organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga
ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy
hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vako-latlar xosdir
74
:
tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish
jarayonini tashkil etadi hamda muvofiq-lashtirib boradi;
davlat byudjeti so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini
tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini
belgilaydi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tuman-lar va shaharlar byudjetlari loyihalarini
tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish
va qabul qilish uchun taqdim etadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga
muvofiq Qoraqalpo-g’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;
Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy byudjet-lari, tumanlar va shaharlar byudjetlari
parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi
to’g’risidagi hisobotlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga,
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga
tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
davlat byudjeti mablag’larining maqsadli sarfla-nishi ustidan nazoratni
tashkil etadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar
74
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 28-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
290
byudjetlarining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul
qiladi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo’yicha belgilangan
stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to’g’risida
hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan
holda qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat
byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar
byudjetlarining zaxira jamg’armalari mablag’laridan foydalanish to’g’risida
qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari qonun hujjatlariga muvofiq davlat
byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o’ynab, u bu sohada quyidagi
vakolatlarga egadir
75
:
Davlat byudjeti hamda soliq va davlat byudjeti siyo-satining asosiy
yo’nalishlari loyihalarini tayyor-laydi;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyiha-larini ko’rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byud-jetnoma loyihasini
ko’rib chiqish uchun taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona
qo’mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini
har chorakda etkazadi;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organ-larga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va
jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan
o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xara-jatlari yoyilmasiga
moliya yili mobaynida o’zgarti-rishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti,
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va davlat maqsadli
75
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 29-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
291
jamg’armalari byudjet-lari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha
takliflar taqdim etadi;
Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi
byud-jeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet-larining tasdiqlangan
parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning man-balari kesimida to’liq
va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’laridan maqsadli
foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek davlat
byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliyaviy
hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjet-larining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida
hisobot taqdim etadi;
byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;
Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushum-larni ko’paytirish
bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniq-laydi;
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning
xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
davlat byudjeti ssudalarini beradi;
davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O‘zbe-kiston
Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va
boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mab-lag’lari oluvchilarning
tovarlarni (ishlarni, xizmat-larni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartno-
malarini ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik
yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga
oshiradi;
292
davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti hisobini
yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi;
davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining
davlat kafolatlarini bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda
texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining
balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda
iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi;
o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq
davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |