oshirish, sotish kanallari
va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‗z – o‗zining
bandligini ta‘minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda.
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta‘siridan chiqgan
inqirozgacha bo‗lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‗tishiga
xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‗rtasidagi inqirozdan keyingi
rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‗lib turibdi.
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi
to‗g‗risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –
shaklida (V-shape) bo‗lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‗rinishi
yalpi taklif egri chizig‗ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy
iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga
o‗tadi deganidir.
O‗zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‗qotishlarni qoplab bu yilgi
YaIM ning o‗sish sur‘ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2
foizga
ko‗tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya,
Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi,
Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun
ko‗proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi.
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta‘siridagi iqtisodiy
yo‗qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy
yilda iqtisodiy o‗sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‗lishi va keyingi yili esa
qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‗sish sur‘ati
7,0 atrofida va undan yuqori bo‗ladi.
Vaziyatning keskin o‗zgaruvchan bo‗lishini
inobatga olib bugungi kunda
kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‗yicha nisbatan aniq prognoz
ko‗rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‗lib qolmoqda.
O‗zbekistonning "Bir makon-bir yo‗l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va
hali to‗la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor.
O‗zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya
va ta‘lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‗zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi
darajaga ko‗tara oladi va "Bir makon-bir yo‗l" doirasida barqaror iqtisodiy o‗sish
va rivojlanishga to‗siq bo‗lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‗yicha
hamkorlikka yo‗naltiradi. O‗zbekiston ―Bir makon-bir yo‗l‖ loyihasini, transport,
savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni
amalga oshirishni qo‗llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni
Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo
va Yevropa mamlakatlari
bozorlari bilan bog‗laydigan transport-logistika yo‗nalishlarini ochish bo‗yicha
dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
"Bir makon-bir yo‗l"ga a‘zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol
hamkorlik O‗zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. ―Bir makon-bir
yo‗l‖ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist ―yetkazib beruvchilar‖dir. Jahon
sayyohlik tashkilotining ma‘lumotlariga ko‗ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan
sarflangan pullarning 20 foizidan ko‗prog‗i Xitoy ulushiga to‗g‗ri keladi. Ular
2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha,
2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning
xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, hozirgi davrda
nafaqat insoniyat hayotiga,
balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf
tug‗dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi
oqibatida dunyo bo‗ylab yetakchi bo‗lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni
ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda.
Mazkur vaziyat oddiy ―informatsion panika‖ emas, balki jahon iqtisodiyotiga
jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar
va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin.
Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: