Davlat xizmatining turlari Davlat xizmatining printsiplari Davlat xizmatining funktsiyalari



Download 26,72 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi26,72 Kb.
#206424
1   2   3
Bog'liq
2-Мавзу

birinchidan, davlat xizmatchisi – 18 yoshga to’lgan, davlat tilini bilgan, muayyan bilimga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlarining bir tomonini tashkil etadi. Davlat organi hamda xizmatchi o’rtasida mehnat shartnomasi tuzilib, unga ko’ra xizmatchi davlat organining vakolatlarini, davlat funktsiyalarini bajaradi; davlat qurilishi­ning ma’lum bir maqsadlariga erishish uchun maxsus vazifalarni hal etadi. Davlat (davlat organi) esa, o’z navbatida, xizmatchining huquq va manfaatlarini o’rnatadi va ta’minlaydi, ijtimoiy-huquqiy kafolatlar, javobgarlik, pul mablag’i bilan ta’minlash kabi maj­buriyatlarga ega bo’ladi. Davlat xizmatchisi ma’muriyatning vakili, davlat mexanizmining bir qismi hisoblanadi. Davlat xizmatchi­larining barcha harakatlari davlat nomidan va uning ko’rsatmasi asosida amalga oshiriladi, davlat esa davlat xizmatchisi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli hollarda ularga nisbatan majburlov choralarini qo’llaydi. Davlat xizmatchisi faqatgina davlat organida davlat lavozimini egallashi mumkin.

Ikkinchidan, davlat xizmatchisining faoliyati davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak.

Uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunda o’rnatilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan ta’minlanadigan davlat lavozimini egallaydi. Qonunchilikda davlat xizmatchisi faoliyatining mazmuni, uning huquqiy holati, faoliyatining maqsadi, vazifasi va asosiy yo’nalishlari, huquqlar, majburiyatlar, javobgarlik, cheklovlar, kafolatlar belgilab beriladi. Davlat lavozimlarini faqatgina davlat xizmatchilari egallashlari mumkin.

To’rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka darajalari beriladi.

Beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funktsiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, mada­niyat­ni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’min­lash, bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va hokazolarda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar.

Oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradi (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladi, jazoga tortadi). Bunday harakatlar yuridik fakt sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Davlat xizmatchisining bunday harakatlari davlat va jamiyat hayoti­da turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirishi, o’zgarti­rishi yoki bekor qilishi mumkin.

Ettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, odatda, ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas. Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog’liq emas, degan xulosani bermaydi. CHunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jarayonini yo’naltirish, boshqa­rish, loyihalarini tayyorlash va boshqa funktsiyalar orqali ta’sir ko’rsatadi.

Davlat xizmatchilari o’z faoliyatlari orqali kishilar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, mehnat jamoalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga ta’sir ko’rsatadi.

Barcha davlat xizmatchilarini turli asoslarga ko’ra guruhlarga bo’lish, ya’ni tasniflash mumkin. O’zbekiston Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, ya’ni hokimiyatning uchga bo’linishini e’tiborga olib barcha davlat xizmatchilarini uch guruhga bo’lishimiz mumkin:

1) qonunchilik hokimiyati organlarining xizmatchilari; Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida qonunchilik hokimiyati O’zbe­kiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

2) ijro etuvchi hokimiyat organlarining xizmatchilari; Davlat va uning apparatining ish faoliyati ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy-boshqaruv va ijroiya farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi.

3) sud hokimiyati organlarining xizmatchilari; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining sud tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha sudi, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudi, jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlaridan iborat.


Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish