Shaxsiy ravishda xizmat ko’rsatish hujjatlarni Markaz idorasida qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Boshqa hollarda, Internetga ulanish tezligidan kelib chiqiladi, texnik ishlarni bajarish uchun sarflangan vaqtdan tashqari.
4. Xizmat ko’rstish tartibi
4.1. Zarur bo’lgan hujjatlar
Da’vogar litsenziyani olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) Litsenziya berish haqida ariza, quyidagilar ko’rsatiladi:
Yurdik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashuvi (pochta manzili), bank nomi va depozit hisob raqami (talab qilingunicha);
Da’vogarning qimmatli qog’ozlar bozorida rejalashtirgan professional faoliyati;
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi;
v) litsenziyalovchi organ tomonidan arizani ko’rib chiqish uchun to’lov amalga oshirilganlikni tasdiqlovchi hujjat;
g) ro’yxatdan o’tgan barcha o’zgartish va qo’shimchalar ilova qilingan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
d) soliq organi belgisi bo’lgan buxgalteriya balansi nusxasi va oxirgi hisobot muddatiga doir moliyaviy natijalar hisoboti (yuridik shaxs oxirgi hisobot muddatidan keyin tashkil qilingan hollar bundan mustasno);
e) Litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan tartib bo’yicha oxirgi hisobot muddatiga doir o’z mablag’lar (kapital) haqidagi hisobi
j) litsenziyaga da’vogarning rahbari va ishchilari (investitsiya fondlaridan tashqari) Litsenziyalovchi organ talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, shuningdek, ishchilarni doimiy asosda ishga olinganlik haqidagi hamda yagona ijroiya organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
z) ma’lumotlarni saqlash, himoyalash va qayta tiklash tartibi, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni noqonuniy ishlatishga yo’naltirilgan da’vogar tomonidan tasdiqlangan chora tadbirlar;
i) O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 09.07.2003 yil 308-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog’ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to’g’risida”gi nizomdagi 10-15 bandlarida sanab o’tilgan, qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar;
k) O’z mablag’larini pulsiz shakl hisobiga shakllantirgan yangi yaratilgan yuridik shaxslar uchun boholash hisoboti. O’z mablag’larini pul shakli hisobiga shakllantirgan holatda, da’vogar, litsenziyalovchi organning berilgan normativlarga asoslanib,o’z bank hisobida mablag’ mavjudligi haqidagi bank ma’lumotnomasini taqdim etishi zarur;
l) Ichki nazorat to’g’risidagi nizom nusxasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |