to’liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;
yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagona bo’lishi shart;
o’zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo’llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi shart.
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg’armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
21 koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:
Davlat byudjetini ijro etish jarayonida bo’ladigan byudjet operatsiyalari hisobi, yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi turlariga bo’linadi:
byudjet (davlat byudjeti (respublika va mahalliy byudjetlar), davlat maqsadli jamg’armalari) ijrosi operatsiyalari hisobi;
byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini ijro etish operatsiyalari hisobi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 24-bob, 161-moddasiga ko’ra, byudjet hisobi byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotni to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Byudjet hisoboti byudjet hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllar bo’yicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona metodologiyasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Byudjet Kodeksi, Byudjet hisobining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Byudjet hisobining standartlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi:
moliya organlari;
g’aznachilik bo’linmalari;
davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari;
byudjet tashkilotlari;
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobi kassa usuli bo’yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |