Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmuni, ularda yuz berayotgan o’zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari aniqlanib va zaruriy xulosalarga kelinadi. 3. “Davlat xaridi” ning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
G’aznachilik
“Davlat xaridi”
Moliya
Davlat byudjeti
Iqtisodiy nazariya
Byudjet hisobi
Iqtisodiy tahlil
Moliyaviy
nazorat
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari
Statistika
Soliqlar va soliqqa tortish
“Davlat xaridi” fanining “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bog’liqligi “Davlat xaridi” fani mazkur ob’ektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy fan bo’lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga rioya qiladi. Ya’ni, ko’pgina iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’likda bo’ladi. Jumladan, “Davlat xaridi” fani “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan chambarchars bog’liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi”da iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, “Davlat xaridi va narxlar” fanida ushbu iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish mexanizmi o’rganiladi. Masalan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida “bozor” degan atamaning mazmuni nima ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari haqida nazariy bilimga ega bo’lsak, “Davlat xaridi” fanida “bozor”ning hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auktsion savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq tenderlar hamda ularni amalga oshirish tartibini o’rganamiz. “Davlat xaridi” fanining “Moliya” fani bilan bog’liqligi “Davlat xaridi” fani “Moliya” fani bilan ham bog’liqdir. Masalan, “Moliya” fanining “Davlat byudjeti xarajatlari” degan mavzusida byudjet xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi tushuntirilsa, “Davlat xaridi va narxlar” fanida ana shu smetalarning uchinchi va to’rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o’rganiladi. “Davlat xaridi” fanining “Davlat byudjeti” fani bilan bog’liqligi “Davlat byudjeti” fanida davlat byudjetining funktsional xarajatlari, byudjet so’rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar faoliyatidagi asosiy jarayonlarni o’rgatilishi “Davlat xaridi” fanini “Davlat byudjeti” fanini bevosita bog’ligini ko’rsatadi. Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan davlat xaridi tizimida xarid qilingan tovar(ish,xizmatlar) yuzasidan belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni yuritishning zaruriyati “Byudjet hisobi” fanini ham “Davlat xaridi” fani bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon qiladi. “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bog’liqligi Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg’armalar mablag’laridan oqilona va tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat xaridi tizimini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan moliyaviy qonunchilikka rioya etilishi ustidan davriy ravishda nazorat organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilib turilishi, “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bevosita bog’liqligini ko’rsatadi. Shuningdek, “Davlat xaridi” fanida davlat xaridi tizimini baholash, o’tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni ma’lum bir davr bilan taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun “Iqtisodiy matematika” va “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan yaxshigina xabardor bo’lish talab etiladi.
Thank You !
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |