Hokimiyatning shaxslar bo’yicha bo’linishi. Hokimiyat vakolatlarini
konstitusiyaviy bo’linishining bosh ma’nosi ijtimoiy – siyosiy kuchlar orasida
hokimiyat vakolatlarining oqilona taqsimlanishidir. Bundan maqsad
hokimiyatni suiste’mol qilishning oldini olish, hokimiyatlarning bir-birlarini
muvozanatda ushlab va cheklab turishidir.
Inson va fuqarolar asosiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi
prinsipi. Davlat organlarini tashkil etishdan asosiy maqsad inson, uning
manfaat va ehtiyojlarini ta’minlash himoya qilish va ularga rioya etish. Har
qanday demokratik huquqiy davlatda inson huquqlari oliy qadriyat sifatida tan
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |