Demokratizm prinsipi. Davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq
tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Mahalliy joylardagi xalq deputatlari
kengashlari ham demokratik saylov asosida shakllantiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat – hukumat ham xalq tomonidan saylangan
prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi.
Pog’onama – pog’ona bo’ysunish (iyerarxiya) prinsipi.
Iyerarxiya – pog’onama – pog’ona, piramida, o’zaro bo’ysunuvdagi kabi
so’zlar bilan bir ma’noni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy davlat organlarining qarorlari
mamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha davlat organlari va
mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |