1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
«Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki ko‘lamini kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, fuqarolar, jamiyat va davlatning o‘zaro yaqin hamkorligini o‘rnatish, shuningdek davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi.
Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar aʼzodan iborat tarkibda shakllantirildi.
Jamoatchilik palatasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida yillik milliy maʼruzalarni taqdim etadi;
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari aʼzolari har bir davlat organining ochiq hayʼat majlisida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida, «Hukumat soati»da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida ishtirok etishga haqli;
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari davlat organlari va tashkilotlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Jamoatchilik palatasi so‘rovini yuborish huquqiga ega. Bunda davlat organlari va tashkilotlari so‘rovga javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u olingan kundan eʼtiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Butun dunyoda bo‘lgani kabi, pandemiya sharoitidagi murakkab vaziyat O‘zbekistonda ham 2020 yilning 1-yarim yilligi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish hamda avval ko‘zda tutilgan natijalarga erishishga o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Biroq, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pandemiya va iqtisodiy inqirozga qaramay, nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirish uchun kerakli choralar ko‘rildi va dastlabki natijalar qo‘lga kiritildi.
O‘z o‘rnida, shuni qayd etish lozimki, Davlat dasturidagi ayrim bandlarning bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha muddat talab etilgani hamda sharoit va holatga bog‘liq bo‘lgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi hisobga olinib,
Do'stlaringiz bilan baham: |