Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish



Download 15,93 Kb.
bet1/2
Sana02.07.2021
Hajmi15,93 Kb.
#107037
  1   2
Bog'liq
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishi.


DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.

Boshqaruv – bu hech istisnosiz barcha tashkilot a'zolarining faoliyat yo'nalishini ta'minlaydigan, butun tashkilot va uning ayrim qismlarini belgilangan maqsad doirasida ushlab turadigan ushbu tashkilotning spesifik, ya'ni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan idorasining vazifasi.

Masalan, davlat musassasasidagi bo'lim xodimlar ish vaqti, ular mehnatining miqdori va sifatini, boshqa bo'limlar bilan munosabatlar va boshqa holatlarni nazorat qiladigan me'yor va qoidalarga ega.

Hech shubhasiz, boshqaruv jarayoni tavsifini aniqlar ekan, G.Fayol o'sha zamon – XX asr boshidagi tashkilotni nazarda tutgan. Zamonaviy tashkilotlar esa ancha murakkab tuzilma, o'ta takomillashgan texnologiyalar, malakali ishchi kuchiga ega. Buning ustiga, tashkilotlar aksariyat hollarda bugungi bozorlarning murakkab tuzilmasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Shu munosabat bilan boshqaruv masalasi hozirgi paytda nozik san'at, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan bilan barobar, rahbarlarning vazifasi esa G.Fayol ishlab chiqqan jadvalga faqat yaqin kelishi mumkin, xolos.

Odatda davlat boshqaruvi haqida gap ketganda, bu so'z ham keng, ham tor ma'noda ishlatiladi. "Davlat boshqaruvi" atamasi keng ma'noda davlatning turli-tuman jamoat aloqalarini tashkil qilish bo'yicha butun faoliyatini bildiradi hamda barcha davlat hokimiyati idoralari – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati ishini qamrab oladi.

"Davlat boshqaruvi" tushunchasining tor ma'nodagi mazmunini sharhlar ekanmiz, ba'zi ma'muriy soha xodimlari bu tushunchaga turli ma'nolar yuklashini qayd etmasdan bo'lmaydi.

Zikr etilgan faoliyat shakllari davlatning yagona maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan, lekin ularning har biri davlat idoralari o'rtasidagi "mehnat taqsimoti" shartlari asosida o'z burchiga ega.

Yuqorida bayon qilinganlarni tahlil qilgan holda, quyidagilarni qayd etish mumkin: O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi – bu davlat idoralarining qonunlarni hamda zamonaviy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat barpo etish vazifalarini bajarish yo'lida o'z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan kundalik qonuniy ijrochilik va ma'muriy faoliyatidan iborat.

Davlat boshqaruvining tavsifi. Davlat boshqaruvi – ijrochilik xususiyatiga ega bo'lgan yagona davlat hokimiyatini amalga oshirish faoliyatining yagona ko'rinishi. Bunday boshqaruv birinchi galda qonunlar, Prezident farmonlarini hayotga joriy etishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash uchun davlat idoralari (davlat boshqaruvi sub'ektlari) davlat hokimiyati vakolatlariga ega va bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar – hokimiyat nomidan buyruqlar berishga haqli. Davlat boshqaruvi xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma'muriy-siyosiy qurilishga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi quyidagi masalalarni nazarda tutadi:

1. Ma'muriy-ijro tizimining yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab harakat qilishi (vertikal sistema).

2. Davlat boshqaruv sub'ektlarining yuridik-hokimiyat vakolatlarini ma'muriy tartibda amalga oshirishi.

3. Boshqaruv sub'ektlari huquqiy me'yorlarni mustaqil o'rnata oladigan ma'muriy qonun ijodkorligi imkoniyatining mavjudligi.

O'zbekiston Respublikasi siyosiy tizimini yanada rivojlantirishga doir masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganish – hozirgi kunda ijtimoiy-siyosiy hamda xumanitar fanlarning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Nega deganda mamlakatimiznining siyosiy tizimini yanada rivojlantirish – bu xalqimiz uchun begona bo'lgan shunchaki nazariy masala emas, balki amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masaladir

Avvalgi mavzularda Mamlakatimiz o'z mustaqilligi davrida siyosiy institutlar va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar haqida fikr yuritilgan edi. Bu yo'nalishda amalga oshirilgan ijobiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ushbu jarayonning murakkab ekanligini ham ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Jahon tajribasida siyosiy institutlar va siyosiy munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirish sohasi qiyinchiliklar orqali kechishi bo'yicha ko'plab misollar bor.

2010 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzada o'ta dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.

Ma'ruzada ta'kidlab o'tilganidek, o'tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga, ya'ni hokimiyatlar bo'linishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash bo'yicha g'oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko'rishga qaratilgan edi.




  1. I.A.Karimov “O'zbekiston XXI asrga intilmoqda”(1999 y.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo'nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib qo'ygan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda asosiy e'tibor quyidagi masalalarga qaratilgan edi:


  2. hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta'minlash;




nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish. Bunda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi belgilab berildi.


  1. Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz”(2000 y.) risolasida ham 7 ta ustuvor vazifadan birinchi va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi:


  2. Siyosiy sohada:


  3. siyosiy hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;


  4. ko'ppartiyaviylik muhitini ta'minlash;


  5. nodavlat tuzilmalarni, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;


  6. fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma'noda “to'rtinchi hokimiyat” darajasiga ko'tarish;


  1. inson huquq va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni qaror toptirish;


  1. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:


  2. hokimiyat organlarining konstitusiyaviy asosda bo'linishini ta'minlash;


  3. ma'muriy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish;




kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, yangilash tizimini takomillashtirish;

Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma'muriy organlarning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko'zda tutilgan edi.



Davlat hokimiyati (davlat apparati) – bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining tizimidir. /


Download 15,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish