Mavzu: Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yoʻnalishida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5644-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” PQ-4136-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 82-son qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq:
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilandi;
Bosh vazir oʻrinbosarlarining bir vaqtning oʻzida aksiyadorlik jamiyati va kompaniyalari hamda davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilindi hamda ularning soni optimallashtirildi;
Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari hamda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi lavozimi joriy qilindi;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, shu jumladan Yigʻma axborot-tahlil departamenti faoliyati tugatildi;
Bosh vazir oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari kotibiyatlari tashkil qilindi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish tartibini belgilandi;
Hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, hududiy rivojlanish, shuningdek tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi vakolatlarini, uning aʼzolari javobgarligi chegaralari aniq belgilandi;
Ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish va takomillashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishning faol tizimiga oʻtdi. Ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorligi kuchaytirildi.
Xalq qabulxonalariga davlat organlarining faoliyatini oʻrganish, ularga taqdimnomalar kiritish, qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish vakolatlari berildi. Aholi muammolarini hal etish boʻyicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” hamkorlik tizimi joriy qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi «Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va "aqlli" boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 959-sonli qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq:
Davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
“Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020-yil 1-martga qadar ishga tushiriladi. Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |