122
25-§. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI. MEHNAT
SHARTNOMASINI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
ISH VAQTI
Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabli-
gi bilan farqlanadi. Hamma ishlayotganlarning ishini qanday bitta mezon bilan
o‘lchash mumkin? Ish vaqti shunday mezonlardan biri hisoblanadi. Uni tartibga
solar ekan, davlat muayyan mehnat natijalariga hamda ish vaqti davomiyligiga
qarab rag‘batlantirish miqdorini belgilaydi va shu bilan Konstitutsiyaga yozil-
gan dam olish huquqining chinakamligini ta’minlaydi.
Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga
40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |