Bu vaziyatda kim haq? Sud qanday qarorga kelishi kerak?
2-vaziyat.
Erta bahorda S. qo‘shnisi I.ning uchastkasidan ajratib tu-
radigan egat bo‘ylab 20 ta mevali daraxt o‘tqazdi. Bir necha yil
o‘tgach, daraxtlar o‘sib, meva berdi.
Ana shunda ildizlari bir joyda, mevali shoxlari esa boshqa
uchastkada bo‘lgan daraxtlarning mevalarini kim uzishi kerakli-
gi xususida nizo chiqdi. I. mevalarni yig‘ishga haqqi borligini
ta’kidladi, chunki daraxt shoxlari uning hududini to‘sib qo‘ygan,
natijada bu yerda hech narsa o‘smayotgandi.
S. I.ning uchastkasiga kirib mevalarni yig‘ib olmoqchi
bo‘lganida, haqoratlandi va uydan haydab chiqarildi.
Ikkala qo‘shni nizoni hal etishi uchun sudga murojaat etish di
va ma’naviy hamda moddiy zararni qoplashni talab qilish di.
Do'stlaringiz bilan baham: |