Davlat va huquq


V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/201
Sana26.07.2021
Hajmi2,05 Mb.
#129217
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201
Bog'liq
davlat va huquq asoslari 10 uzb

V-BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
4 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf


98
Har  bir  shaxs  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash,  adolatli 
mehnat  sharoitlarida  ishlash  va  qonunda  ko‘rsatilgan  tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki 
qonunda  ko‘rsatilgan  boshqa  hollardan  tashqari  majburiy 
mehnat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,  
37-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra 
barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng 
imkoniyatlarga  egadir.  Jinsi,  yoshi,  irqi,  millati,  tili,  ijtimoiy  kelib  chiqishi, 
mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat 
birlashmalariga  mansubligi,  shuningdek  xodimlarning  ishchanlik  qobiliyat-
lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga 
qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki im-
tiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat  sohasida  o‘zini  kamsitilgan  deb  hisoblagan  shaxs  kamsitishni 
bartaraf  etish  hamda  o‘ziga  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  zararni  qoplash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvo-
fiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
 

har bir shaxs mehnat qilish;
 

erkin ish tanlash;
 

haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tar-
tibda ishsizlikdan himoyalanish;
 

o‘z mehnati uchun haq olish;
 

muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb-
lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kun-
lari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish 
orqali ta’minlanadigan dam olish;
 

xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
 

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
 

ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar-
ning o‘rnini qoplash;


99
 

kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining man-
faatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
 

qariganda,  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganda,  boquvchisidan  mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’mi-
not olish;
 

o‘zining  mehnat  huquqlarini  himoya  qilish,  shu  jumladan  sud  orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
 

jamoalarga  doir  mehnat  nizolarida  o‘z  manfaatlarini  quvvatlash 
huquqiga egadir.
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy bоуliklаr 
yaratar  ekan,  o‘z  faoliyatini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  yo‘lini  bo-
sib  o‘tdi.  Mehnat  tufayli  insonda  o‘zining  niyat  va  xohishlarini  amalga  oshi-
rish,  jamiyat da  o‘z  о‘rnini  topish,  shaxs  sifatida  o‘z  mavqeyini  aniqlab  olish 
imkoniyati  paydo  bo‘ldi.  Mehnat  qilar  ekan,  insonda  o‘z-o‘zini  intizomlash, 
uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si-
fatlar hosil bo‘ladi.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish