Ushbu rasmlarni mualliflik huquqi obyekti deb hisoblash
mumk inmi? Olti yoshli bolakay asar muallifi bo‘la oladimi?
Bu holda uning huquqlari buzilganmi?
3-vaziyat.
Nashriyot muallif N.ning romanini nashr qilish uchun qabul
qildi. Qo‘lyozma matni musahhih tomonidan tekshirilib, imlo xa-
tolari tuzatildi. Muallifning ruxsati bilan matn muharrir tomonidan
qisqartirildi va rassom tomonidan rasmlar bilan bezatildi. Kitobning
bosmadan chiqqan nusxalari muqovachi tomonidan muqovalandi.
Romanning birinchi nashri tez sotilgani sababli nashriyot muallifga
uni ingliz tiliga tarjima qilishni taklif etdi. Muallifning roziligi bilan
roman tarjimon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |