Ikkinchi funktsiya, talabalarni abstrakt, tahliliy fikrlar yuritishga o’rgatib, ularning siyosiy va xuquqiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Bu funktsiyaning tatbiqi 1-kursda boshlanib, oxirgi kursda yakunlanadi, ya'ni butun kursning nazariy yakunlari tugatiladi, talabalarda yuridik tizimlar to’g’risida to’la tasavvur shakllanadi.
Davlat va xuquq nazariyasi fundamintal fan sifatida bir hator funktsiyalarni bajaradi:
Ontologik funktsiya. Ontologiya- bu ijtimoiy hayot xuquqgi ilm va fikrlar, bunda uning printsiplari, tuzilishi va qonuniyatlari o’organiladi. Davlat va xuquq nazariyasi bu funktsiyani bajara turib, davlat va xuquq qanday va nima uchun paydo bo’ldi, bugungi kunda ular handay va kelajakda ularning qismati (tahdiri) nima bo’ladi degan savollarga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |