User
SPecialiST RePack
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN
ORALIQ NAZORAT ISHI
3-1c-21 guruh talabasi Rahmonbekov Murodjon
15-variant
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN
ORALIQ NAZORAT ISHI
3-1c-21 guruh talabasi Rahmonbekov Murodjon
15-variant
1.Demokratik davlat deganda , avvalo ko’z oldimizga “xalq hokimioyati” ga asoslangan boshqaruv tizimidagi davlat keladi. Demokratik davlatning siyosiy va ijtimoiy sohalarida inson omili birinchi o’rinda turadi. Har bir rivojlangan demokratik davlatlarda albatta hokimiyat vakillik organlari muhim ahamiyatga egadir. Umuman olganda, bunday organlar davlat mavjudligining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Hokimiyat vakillik organlari haqida so’z yuritishdan oldin, davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi haqida aytib o’tish lozim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutiyasining 11-moddasida belgilab qo’yilganidek “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi”. Hokimiyatning bo’linish prinsipi asosida boshqaruvning faqat bir organ qo’lida to’planishining oldi olinadi , yani bu prinsip ko’plab muammoli vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Boshqaruvning bir hokimiyat ostida to’planishining salbiy oqibatlari esa bizga tarixdan ma’lum. Davlat hokimiyati vakillik organlari esa mana shu boshqaruv faoliyatida xalq nomidan ishtirok etadi. O’zbekistonda davlat hokimiyati oliy vakillik organi - Oliy Majlis, mahalliy vakillik organi esa – hokimlar boshchilik qiladigan deputatlar kengashi hisoblanadi. Davlat hokimiyati vakillik organlari mavjudligi davlatda qonuniylikni , fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini ta’minlab turuvchi asosiy omillardan biridir. Mening fikrmcha hech qaysi demokratik davlat bunday organlarsiz rivojlana olmaydi. Buni misol tariqasida tushumtiradigan bo’lsam , tasavvur qiling O’zbekistonda bunday organlar mavjud emas. Faqatgina boshqaruvchi organlarning rahbarlari o’z holatidan kelib chiqgan holda turli qonunlar va qarorlar ishlab chiqmoqda, lekin bu qarorlarning hech biri xalq manfaatlari yo’lida emas. Agar holat shu zaylda davom etadigan bo’lsa aniqki, xalqning davlatga bo’lgan ishonchi yo’qoladi va ichki parokandalik boshlanadi. Mana shu vaziyatning oldini olish ya;ni, xalq ahvolini o’rganish, uning siyosiy jarayonlarga ishtirokini ta’minlash , xalq murojaatlarini tegishli organlarga yetkazish davlat hokimiyati vakillik organlarining vazifasidir.
2. AQSH va Germaniya davlatlarida hokimiyat tuzilishi ma’lum o’xshashliklarga ega bo’lsada , boshqaruv jarayoni va boshqa siyosiy sohalarda tubdan farq qiladi. Ikki davlat ham tuzilish shakliga ko’ra federativ hisoblanadi. AQSH prezidentlik respublikasi , Germaniya esa parlamentlik respublika ga kiradi. Shu o’rinda respublikaning bu turlari haqida qisqacha aytib o’tmoqchiman. Prezidentlik respublikasida - prezident davlat boshqaruvida asosiy rolni egallaydi va o’z faoliyatini parlamentdan mustaqil ravishda olib bora oladi. Parlamentar respublikada esa – davlat boshlig’i prezident bo’lsada , asosiy vazifani parlament amalga oshiradi, aytmoqchimanki, prezidentning mavqei u qadar baland bo’lmaydi. AQSH va Germaniya davlatlari o’rtasidagi asosiy farqlar ham shunda namoyon bo’ladi. Germaniyada prezident 5yilga saylansa , AQSH da bu muddat 4yil etib belgilangan. Shuni ham unutmaslik lozimki, AQSH da har bir shtatning o’z konstitutsiyasi mavjud. Germaniyada esa hamma uchun faqat bir konstitutsiya mavjud. Qonun chiqaruvchi organ Germaniyada parlament hisoblansa, AQSH da bu vazifani qonun chiqaruvchi majlis amalga oshiradi. Yuqoridagi aytib o’tilganlar bu davlatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy farqlar hisoblanadi , mening nazarimda.
3. Axloq va huquq. Bu ikki tushuncha vazifasi yuzasidan deyarli o’xshash. Ya’ni ikkalasi ham jamiyatda fuqarolarning yurish-turish qoidalarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Huquq va axloq o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir: 1) huquq davlat tomonidan o’rnatiladi axloq esa manviy ozuqa sifatida singdiriladi;2) huquq malum bir hujjatlarda qatiy belgilanadi, axloqda esa bunday hujjatlar mavjud emas u bazi xujjatlarda aks ettiriladi;3) huquqni buzish malum bir javobgarlikka ega , axloqda esa xayfsan va pand , nasixatlar orqali jazo ifodalanadi;4) axloq va .huquq kelib chiqish tarixidan bilishimiz mumkinki, axloq qadimiyroq hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Davlat va huquq nazariyasi” Odilqoriyev.X.T
“Davlat va huquq nazariyasi” R.Yusuvaliyeva
Wikipedia ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |