Muhammad Sodiq Qosh-g’ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
Muhammad Sodiq Qosh-g’ariyning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog‘i”), “Dur al-muzoxir” (“Kо‘makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari bizgacha yetib kelgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bо‘lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yо‘lga qо‘yishdagi о‘rni va roli borasida batafsil sо‘z yuritiladi.
Asar turkiy tlda yozilgan bo’lib, muqaddima, yett bob va xotmadan iborat.
Asarning muqaddimasida uning maqsadi sifatda insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi takidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltradi:
Adabsiz na o’zi uchun yomonlik qiladi,
Balki butun dunyoga o’t qoyadi.
“Odob as-solihin” asarida bayon etlgan botniy va zohiriy qoidalar:
1. Salomlashish va ruxsat so’rash odobi.
2. Muloqot odobi.
3. Uxlash va yo’l yurish odobi.
4. Suhbatlashish odobi.
5. Er-xotn odobi.
6. Tozalik qoidalari.
7. Mehmon kutsh odobi.
8. Ziyofat va ovqatlanish odobi.
9. Safar qoidalari.
Birinchi bob salomlashish, kо‘rishish, qо‘l olishish hamda ruxsat sо‘rash qoidalari tо‘g‘risida ma’lumotlar berishga yо‘naltirilgan bо‘lib, mazkur bob tо‘rt fasldan tashkil topgan.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining о‘n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi.
Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qо‘l berib kо‘rishish, lekin qо‘l uchi bilan emas, astoydil, biroq qо‘lni silamay, ochiq yuz bilan kо‘rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib kо‘rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan kо‘rishish, о‘pib kо‘rishish odoblari bayon etiladi.
Ikkinchi bobda uxlamoq, kiyim kiyish, yо‘l yurish odoblari haqida fikr yuritiladi. Masalan, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og‘zini berkitish, о‘rnidagi kо‘rpa-tо‘shaklarni bir bora qoqib yozish, о‘choqdagi olovni hamda chiroqni о‘chirish, uxlaydigan о‘rnini yumshoq qilmaslik, о‘ng qо‘lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida rо‘y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida sо‘z yuritiladi. Bizga yaxshi ma’lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mо‘tadil kechishini ta’minlovchi asosiy va о‘ta muhim omillardan biri bо‘lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag‘ishlangan asarlar mazmunidan alohida о‘rin olgan. “Odob as-solihin” asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning о‘ziga xos jihatlari borasida batafsil sо‘z yuritadi.
Yerli xalqning aksariy qismi, ba'zi rusparast boy-zodagonlarni hisobga olmaganda, o'z bolalarini rus-tuzem maktablariga berishning oqibatlaridan cho'chir edi. Bu maktablarda birinchi navbatda pravoslav mahzabinig asoslari, rus tili, podshoni ulug'lovchi madhiyalar o'rgatilgani uchun mahalliy xalq bu ochiqdan-ochiq dinbuzarlikdan qochib o'z farzandlarini rus-tuzem maktablariga bermasdi. Buni o’z vaqtida Sirdaryo viloyatidagi rus maktablarini taftish etgan chor amaldori N.K. Smirnov ham qayd etgan edi. U ruslashtirishga yo'naltirilgan ta'lim siyosatining muvaffaqiyatsizligi sabablarini quyidagicha izohlaydi va yozadi:
- yerli aholining shaharlardagi rus maktablarining qabul qilmaganligi sababi ularning dasturlarida musulmoncha savod darslari yo'qligi, darslar bolalar uchun tushunarsiz bo'lgan rus tilida olib borilishi va o'qituvchilarning mahalliy tillarni bilmasligi;
- (rus) bolalariga pravoslav dini asoslarini musulmon bolalar huzurida o'rgatish.
Shuningdek, ruscha xat-savod oddiy turkistonlikka foyda keltirmas edi, chunki o'lkaning musulmon aholisi barcha narsani - xatlar, hisob-kitoblar va boshqa yozishmalarni mahalliy tilllarda va arab yozuvida amalga oshirar, musulmoncha xat-savodli kishi bunda, tabiiy, ko'proq yutar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |