Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 2,54 Mb.
bet79/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

  1. Fuqaro deb kimga aytiladi?

  2. Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang.



Mavzu. O’quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish. Ta’lim muassasasi menejmenti.
R ej a :

  1. Axborot istemoli madaniyati: mazmuni va mohiyati. Shaxsiy axborot xavfsizligi

  2. O’quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish metodlari.

  3. O’quvchilarda axborot istemoli madaniyatini shakllantirish texnologiyasi

  4. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.

  5. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi va metodik ishlarni tashkil etish.

Har qanday jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar shaxsning e’tiqodi shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Xuddi shunday XXI asrning boshqa davrlardan keskin farqi jamiyatning axborotlashuvi natijasida shaxsda e’tiqodning susayishi bilan namoyon bo‘lmoqda.


Bir qaraganda axborotlashgan jamiyat sof texnologik jarayon sifatida namoyon bo‘lsa-da, uning asl mazmuni esa keng miqyosda integrativ-ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Negaki, ijtimoiy hayotimizga jadallik bilan kirib kelayotgan axborotlar jamiyatni boshqarish, rivojlantirish, yuksaltirish, kengaytirish, diversifikatsiyalash, muqobillashtirish, moslashtirish, identifikatsiyalash kabi ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. Biroq, axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos salbiy jihatlari ham borki, bu uning shaxs ma’naviyati va tarbiyasiga ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta’siridir. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrini keltirib o‘tmoqchimiz: “...Biz bugun axborot globallashuvi davrida yashayapmiz. Biz istaymizmi, yo‘qmi, yurtimizga turli ko‘rinishdagi axborot xurujlari bo‘lishi tabiiy. Ana shunday xurujlarga qarshi aholida, ayniqsa, yoshlarda immunitetni mustahkamlash, ularni milliy qadriyatlarimiz va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda televideniye va radioning o‘rni beqiyosdir” [Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. Bizga ma’lumki, jamiyatda axborotlarning asosiy iste’molchisi yoshlar hisoblanadi. Chunki, ular axborotlar orqali o‘zlarini qiziqtirgan, yoqtirgan va ularga kerakli bo‘lgan, asqotadigan, zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar, bilimlar, tushunchalar hatto maslahatlarni olmoqda. Bir so‘z bilan aytganda yoshlar uchun axborotlar ehtiyojlarni qondiradigan ba’zaga aylandi, desak adashmaymiz.
Y. Mamatova va S. Sulaymonovalar “O‘zbekiston-mediya ta’lim taraqqiyotida nomli o‘quv qo‘llanmasida “Axborot jamiyati” tushunchasini tahlil qilar ekan, quyidagi fikrni bildirib o‘tadi: “Axborot jamiyati” ko‘p hollarda medialar ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam berishiga ishonchni nazarda tutadi. Ammo yangi texnologiyalarning jadal joriy etilishi turli ijtimoiy sinflar, hududlar va xatto jinslar o‘rtasida raqamli tengsizlikning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Internet insonlarning jamiyatdan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin. Sababi, u orqali ko‘rsatiladigan xizmat turlari ortib bormoqda, lekin hammada ham Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati va undan foydalanish ko‘nikmasi mavjud emas” [Y. Mamatova, S. Sulaymonova. O‘zbekiston-mediya ta’lim taraqqiyotida.T.: 2015, “Extremum-press”, 94. 44] .
Shu bilan birga, bugungi kunda axborotlar yoshlar uchun bilim egallash va biror bir faoliyat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratdi. Dunyoda millionlab yoshlar axborotlardan foydalanib ta’lim olmoqdalar hamda axborotlar orqali ma’lum bir kasb bilan shug‘ullanib, o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirishmoqda.
Dunyodagi axborotlar integratsiyasi va globallashuv jarayonlari, ming afsuski, hayotda aniq bir maqsadi yo‘q, turli yo‘llar bilan o‘z moddiy manfaatlarini qondirishga harakat qiladigan, biror bir kasbni egallamagan yoki kasbiy qo‘nimsiz, e’tiqodi sust shaxslarni ham vujudga keltirdi. Bunday salbiy holat mamlakatimiz yoshlari tarbiyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. O‘z navbatida jamiyatimiz taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bu kabi illatlarni bartaraf etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solib, ta’lim tizimining barcha sohalarida izchil chora-tadbirlarni qo‘llashimiz lozim.
Demak, hozir kunda axborotlarning tarqalishi yashin tezligidek tarqalayotgan bir davrda, yoshlarimizning bo‘sh vaqtini oqilona tashkil etish va ularni aniq bir maqsad sari yashashga o‘rgatish, yoshlikdan kasbga yo‘naltirish orqali shaxsiy fazilatlarini yuksaltirish oldimizda turgan dolzarb vazifadir. Ma’lum bo‘lishicha, dunyoda mehnat va kasbga layoqatli bo‘la turib ishlashni hohlamaydigan yoki bir kasbda uzoq yillar ishlamaydigan yoshlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bizningcha bu holat quyidagi salbiy omillar ta’sirida ro‘y bermoqda:
Yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yetarli darajada singdirilmayotganligi;
Axborotlar orqali kirib kelayotgan G‘arb “madaniyatining” shaxs tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri;
Yoshlarda mustaqil fikrlash va e’tiqod sustligining mavjudligi;
Yoshlarning bolalikdan ota-onalar va kattalar tomonidan aniq bir kasb va hunarga yo‘naltirilmaganligi;
Yoshlarda kasb tanlash jarayoni tizimli va izchil ravishta olib borilmaganligi;
Yoshlarning yengil hayotga ru’ju qo‘yishi, mo‘may pul topishga intilishi;
Qiyinchiliklar oldida ojizlik, ruhiy tushkunlik va irodasizlik;
Shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmasligi, muloqotchanlikning pastligi;
Yoshlarda jamiyat talablari darajasida zamonaviy bilim egallashga qiziqishning pastligi va boshqalar.
Afsuski, bugungi kunda bu kabi salbiy illatlar yoshlar hatti-harakatida tez-tez kuzatilmoqda va o‘z navbatida mazkur holat ularning e’tiqodini shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardandir. Biz kattalar ushbu muammoni yechishda yoshlar uchun internetni cheklash va axborot olishni taqiqlash, kuchli nazoratni amalga oshirish bilan muammoni hal eta olmaymiz. Hayotni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lgan hozirgi sharoitda internet yoshlar uchun asosiy axborot manbaiga aylanayotir. Darhaqiqat, bugungi davr yoshlari asosiy vaqtini axborotlar qurshovida o‘tkazmoqda. Bu albatta ularning ta’lim olishi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini anglashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim yoshlar o‘zining bilim olishi va hayotga munosabati, kasb tanlashida kattalar, ota-ona, ustoz-murabbiyni emas, OAV hamda internetni maslahatchi sifatida tan olmoqdalar, shuningdek, ulardagi axborotlarga tobelik reallikdan yiroqlashishga olib kelmoqda.
Umuman olganda bugungi davr yoshlarining shaxsiy fazilatlari texnologik va ijtimoiy taraqqiyot natijasida shakllanmoqda. Ular axborotlarga tez va oson moslashadilar, texnologiyalarsiz o‘z hayotlarini tasavvur eta olmaydilar. Axborotlarning biz bilgan va bilmagan zararlaridan biri - shaxs ongini sezdirmay boshqarishidir ya’ni manipulyatsiyadir.
Manipulyatsiya – bu boshqa bir shaxsning ongi, idroki yoki xatti-harakatlarini o‘zgartirishga qaratilgan soxta yoki aniq bo‘lmagan harakatlar hisoblanadi. Axborotlar ayni kunlarda shaxs ongini ana shunday boshqarmoqda va hayotiy maqsadlarini aniqlab olishida to‘sqinlik qilmoqda. Aynan axborotlar manipulyatsiyasiga uchragan shaxslar kelayotgan axborotlarni tahlil qilishni istashmaydi, ularning xavfini qanchalik yuqori ekanligini his etmaydilar. Chunki, manipulyatsiya zo‘ravonlik emas, balki qiziqtirish, aldovdir. Shuning uchun unga nisbatan shaxsda immunitetni hosil qilish lozim. Eng muhimi shaxsning manipulyatsiya qurboniga aylanmasliklari uchun ularda e’tiqod, mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish lozim. Ayniqsa, ularda sog‘lom e’tiqodni shakllantirish orqali ularning jamiyatning faol a’zosiga aylantirishimiz, hayotiy maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashishimiz lozim bo‘ladi. Zero, ong va tafakkuri manipulyatsiyaga uchragan shaxslarda biror bir kasb doirasida bilim olish, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish va kasbiy e’tiqod shakllanmaydi. Bu esa ta’lim muassasalarining faoliyatida ham talay muammolarni keltirib chiqarmoqda. YA’ni aksariyat yoshlarimiz ta’lim muassasalarida puxta bilim egallash, biror bir kasb-hunar bilan shug‘ullanish o‘rniga axborotlarga mukkasidan ketib, vaqt degan bebaho boylikning qadriga yetmayapdilar. Keyingi yillarda ushbu masala keng jamoatchilik, xususan, ota-onalar va pedagoglarni birdek tashvishga solmoqda.
Amerikalik psixolog E. Fromm [282; 64-68-b.] ta’kidlashicha, ijtimoiylashuv jarayonida odamda ijtimoiy tajriba, xulq-atvorning turli yo‘nalishlari shakllanib boradi. Darhaqiqat, E. Fromm ta’kidlaganidek, axborotlashgan jamiyatda ijtimoiylashayotgan ayrim shaxslarda e’tiqodning muayyan shakli namoyon bo‘lmaydi. Balki, ular faoliyatida ikkilanish, aniq bir maqsad asosida harakat qilishdan cho‘chish, iroda sustligi, ijtimoiy hayotda muhim bo‘lmagan narsa va voqea-hodisalarga ishonish, ergashish kabi illatlar kuzatiladi.
Shunday ekan, bugungi kunda, shaxsning e’tiqodini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib shakllantirish, ulardagi insonparvarlik g‘oyalariga amal qilishni o‘rgatish zaruriyati o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlarda yuksak insoniy-axloqiy qoidalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, shaxs tarbiyasida faqat va faqat ularga tayanishimiz mumkin. Ayniqsa, qadriyatlarda shaxs e’tiqodini shakllantirish masalasi asosiy o‘rinni egallaydi. Misol tariqasida birgina buyuk bobokalonlarimiz al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat kabilarning ilm va tanlagan yo‘liga qo‘ygan yuksak e’tiqodi va fidoiyligini keltirishimiz mumkin.
Bu kabi allomalarimiz o‘z aql-zakovati va ilmga bo‘lgan e’tiqodi tufayli dunyo ahlini lol qoldirgan. Nomlari keltirilgan allomalarimizning e’tiqodi ularning aniq bir ezgu maqsadga intilishi va bu maqsad yo‘lida qiyinchiliklarni yenga olishida, sabr-bardoshi, irodasi, sadoqatida ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga, aksariyat allomalarning yutuqlarida ularning shaxsi ham muhim ahamiyatga ega, chunki ular shaxs sifatida o‘z qarashlari, ideallari, qiziqishlari, e’tiqodlariga ega bo‘lganlar. Jumladan, buyuk sarkarda Amir Temurning mustahkam e’tiqodi, uning Chingiziylar ustidan g‘alaba qozonishiga va katta bir markazlashgan davlatni barpo etishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning xalq va ilmga bo‘lgan e’tiqodi esa uni jahonga mashhur qildi.
Umuman olganda e’tiqod nafaqat bir shaxsga, balki, butun bir jamiyat, millatga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida qamrab oladi. Masalan, millatimizga xos bo‘lgan mehribonlik, yaxshilik, saxiylik, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlar xalqimizning qoni-qoniga singib, uning e’tiqodiga aylangan. Va u milliy ongimizga chuqur singishib ketgan. Shaxsning e’tiqodi yakka-yagonadir, ya’ni e’tiqodli inson bo‘lish – faqatgina bir g‘oyaga, ta’limotga, dinga, axloqga amal qilib sodiq qolishdir. Uning aksi bo‘lgan ikkiyuzlamachilik, munofiqliq, tovlamachilik, beqarorlik, xoinlik, vatanfurushlik kabi illatlar barcha davrlarda xalqimiz tomonidan qoralanib kelinadi.
E’tiqod shaxsning ongi, ruhi va qalbiga singib ketib, axloqiy tushunchalar, ideallar, qadriyatlarga aylanib boradi. Shu boisdan, e’tiqod shaxs axloqiy fazilatlarining bosh belgisi, deb e’tirof etilishi zarur. E’tiqod shaxs ma’naviy olamining yuksakligi va qadriyatidir, chunki u shaxsning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, hayot qiyinchiliklarini yengishi, irodasi va sabr-bardoshini tarbiyalaydi. E’tiqod shaxsning o‘ziga xos shunday xususiyatidirki, u fidoyilikni, maqsadni amalga oshirish yo‘lida faollikni yuzaga keltiradi.
Shaxs ma’naviy olamini turli axborotlar va ta’sirlardan asrash uchun ta’lim-tarbiya jarayonida qanday yo‘l va usullardan foydalanish va qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak kabi muammo oldimizda turgan ekan, fikrimizcha, shaxsda e’tiqod mustahkamligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Shaxsning turli axborotlardan kelayotgan yangiliklarga nisbatan tanqidiy-tahliliy munosabatini shakllantirish orqali e’tiqod mustahkamligini ta’minlashda g‘oya va g‘oyalar o‘rtasidagi farqni tushuntirish, ularni o‘zaro taqqoslash, turlarga ajratishga o‘rgatish muhimdir.
Buguni kunda mavjud manbalar tahlili va amaliy kuzatishlarga ko‘ra shaxs e’tiqodi shakllanganligini uchta turga bo‘lish mumkin. Bular:
Shaxsning bilimlarga asoslangan holda shakllangan e’tiqodi
Shaxsning hissiy-emotsional, intellektual tuyg‘ularga asoslangan e’tiqodi
Shaxsning xulosa va tajribalarga asoslangan e’tiqodi.
Ushbu darajalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, har uchala turdagi e’tiqod ma’lum bir asosga egaligi bilan ajralib turadi. YA’ni bu yerda bilim, intellekt, xulosa va tajriba shaxsning e’tiqodi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Aslida shaxsda e’tiqod bilimlarga asoslangan holda shakllanadi. Biroq, ijtimoiy hayotda ko‘pchilik shaxslarda e’tiqod tajriba va hayotiy xulosalarga asoslanib ham tarkib topadi. Shuningdek, ayrim shaxslarda e’tiqod intellektual tuyg‘ularga ko‘ra namoyon bo‘ladi. Bunday shaxslarda voqea-hodisalarga nisbatan teran mushohada yuritish, mantiqiy fikrlash ustun bo‘ladi. Ular aql kuchiga tayanib hayotda o‘z e’tiqodlariga ega bo‘lib boradilar. Bunday shaxslarning qarashlarida boshqalarga ishonch, qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, talabchanlik kabi xislatlar kuzatiladi.
Mazkur fikrlarga ko‘ra, shaxsdagi e’tiqodning ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
E’tiqod shaxsning individual, ijtimoiy-psixologik ko‘rsatkichi sifatida uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy erkinligi, qadriyatlari, ishonchi, maqsad va faoliyatdagi harakatini namoyon etishida ko‘mak beradi.
E’tiqod shaxsni boshqalarning manfaatlarini hurmat qilishga, axloqiy meyorlarga amal qilishga, o‘z xatti-harakatiga ma’suliyat bilan yondoshishga da’vat etadi.
E’tiqod shaxsda sobitqadamlik, dadillik, qat’iyatlilik, o‘ziga bo‘lgan ishonch, tashqi ta’sir va g‘oyalarga berilmaslik kabi xususiyatlarning namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi.
Shaxs e’tiqodi uning vatan, xalq, ota-ona va yaqinlari, do‘st va ustozlari oldidagi burchi, sadoqati, vafodorligini tarbiyalashga xizmat qiladi.
E’tiqodning mustahkamligi shaxsning bir kasbda uzoq va samarali, halol mehnat qilishiga hamda kasbini hayotining ajralmas bo‘lagi sifatida idrok etishiga yordam beradi.
Sog‘lom e’tiqodli shaxslarda dunyoqarash, ijtimoiy faollik pozitsiyasi shakllanadi, xususan ularda tevarak-atrof, jamiyatdagi voqea-hodisalar, kishilarning hatti-harakatiga nisbatan aniq tasavvur, xulosalar mavjud bo‘ladi.
Shaxsda e’tiqodning mavjudligi uni har qanday muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga va o‘zini o‘zi boshqara olishga, to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilishga o‘rgatadi.
Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarining jadal rivojlanishi vaqt va masofani qisqartirib, jahon sivilizatsiyasi bilimlariga kеng yo‘l ochib bеrmoqda. Bir vaqtlar fan, madaniyat, ta’lim va biznеs sohasi uchun ma’lum hududdagi kutubxonalardagi rеsurslardan foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular foydalanishi mumkin bo‘lgan rеsurslar hajmiga Intеrnеt tarmog‘idagi barcha rеsurslarni ham kiritish mumkin bo‘ladi. Jamiyatda paydo bo‘layotgan axborot rеsurslari hajmining jadal ortib borishi axborot bo‘ronini vujudga kеltirmoqda. Bu rеsurslardagi ma’lumotlarning barchasi ham ishonchli, aniq faktlarga asoslangan, jamiyat rivoji uchun xizmat qiladigan axborotlar dеgan fikrdan yiroqmiz.
Jamiyatda hosil bo‘layotgan axborot bo‘ronidan jamiyat a’zolarini, ayniqsa, jamiyatning kеlajagi bo‘lgan yoshlarni himoya qilishda, ularda axborot madaniyatini shakllantirish o‘ta dolzarb muammo hisoblanadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish