qo`llanib boravergan. SHu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan
sifatlangan holda hritilishi an`anaviy tus olgan.
Binobarin, masxaraboz yoki
masxara – xalq teatrining komik aktyori bo`lib, mazax vositasida voqeani muayyan
matnga solib, hajviy tomosha ko`rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi.
O`zbek an`anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va
rivojlangan: Bular Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi va Farg`ona
qiziqchiligidir.
Buxoro masxarabozligi ikki tipga bo`lingan: birinchisi
–
qishloq
masxarabozligi bo`lib, ko`pincha 3-5 kishidan iborat holda tomoshalar ko`rsatgan.
Ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli kichik hajmdagi maishiy mavzudagi
tomoshalarni ko`rsatishda so`zga emas, asosan, harakatga va mimikaga zo`r berib
ijro etishgan.
SHahar masxarabozligida ham, asosan, mehmonxonalarda kichik hajmli
maishiy komediyalar o`ynalgan bo`lsa-da, sayllarda, katta to`ylarda yirikroq
tomoshalarni namoyish etishgan.
SHahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik
To`la masxara (1842-1916) to`pi ajralib turgan. U, xususan, salbiy personajlarga
ijtimoiy tavsiflar berib, ularni fosh etishda ayricha mahorat ko`rsatgan.
Xorazm masxarabozligida ―Xatarli o`yin‖ turkumi ko`p o`ynalgan. Bunda
dialog, kuy, qo`shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanilgan. Ular
orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko`r, aka-uka Eshmat
va Do`smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan.
Xalq teatrining keng rivoj topgani
Farg`ona qiziqchiligi bo`lib, ular,
asosan, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari va ularning atrofida yashagan Zokir eshon
(1815-1885), Sa`di Maxsum, Mulla Hoshim, Usmon qiziq, Abulhasan Qashg`ariy,
Marasul qora, Normat og`zi katta, Abduaziz qiziq, Bahromboy, Hasan bukri,
Kalsariq, Mo`min
qishloqi, Rizo kiyik, Rahimbek hez, Davlat novcha, Hsufjon
qiziq SHakarjonov, Oxunjon qiziq Huzurjonov, Tesha qiziq, Muhiddin qiziq
Darveshov,
Zaynobiddin qiziq, Hojiboy Tojiboev va boshqalar tomonidan
muvaffaqiyat bilan davom ettirilmoqda. Bulardan tashqari dorbozlar, huqqibozlar
va nayrangbozlar ham xalq teatrining xodimlari sanalib, ular tarkibida yana
sozandah o`yinchilar ham bo`lgan.
Xalq teatri tomoshalari ikki xil ko`rinishda tashkil etilgan. Aytaylik, ba`zi
tomoshalar ma`lum matn (og`zaki dramaturgiya) asosida ikki yoki uch aktyor
ijrosida tashkil etilsa, ba`zilarida faqat birgina aktyor matnni ijro etib bergan. Bu
yakka aktyor teatri deyilgan. U matndagi ijobiy va salbiy obrazlarni bir o`zi ijro
etgan.
YOki u turli qushlar, jonivorlar ovoziga, xatti-harakatiga taqlid qilib,
pantomimalar ko`rsatgan. Pantomimalar ma`lum va taniqli shaxslarning fe`l-atvori,
qiliqlariga taqlid qilib ham yaratilgan. Biroq xalq teatrlarida ko`pincha og`zaki
hikoyalar instsenirovka qilingan. Masalan, ―Namoz‖, ―O`lik hvish‖ kabi
instsenirovkalar shular jumlasidandir.
Masxarabozlar, asosan, erkaklardan iborat bo`lgan. O`tmishda Buxoro,
Xorazm va Farg`onada maxsus masxarabozlar teatrlari mavjud bo`lgan. Ularda
buxorolik aka Buxor, To`la va Gadoy masxarabozlar, farg`onalik Hsufjon qiziq
SHakarjonov, Orifjon Toshmatov singari professional qiziqchi va
masxarabozlar
faoliyat ko`rsatgan.
Qiziqchilar orasida xotin-qizlar ham bo`lgan. Xotin-qizlarning qiziqchilik
teatri mustaqil faoliyat hritgan. Ular shakl va mazmuniga ko`ra masxarabozlar
teatriga o`xshagan. Xotin-qizlar teatrining muhim belgilari shundaki, uning
ijrochilari va tomoshabini faqat ayollardan iborat bo`lgan. Erkak kishi rolini ham
ayollar erkakcha kiyinib, soqol-mo`ylov yasab ijro etadi. O`z tomoshalarini
erkaklardan uzoqroq, chetroq, pana joylarda namoyish qilganlar. Xalqimiz orasida
professional qiziqchi ayollardan samarqandlik Zulfi Suydieva, pskentlik Kuydiniso
Rasulmatova, toshkentlik Salomat Mutalova kabilarning nomlari mashhurdir.
Qiziqchi ayollar o`z tomoshalarida zolim, bevafo erlarning kirdikorlari,
kundoshlik azobi, sof muhabbat haqida tomoshalar ko`rsatganlar.
Jumladan,
―Bozorda to`lg`oq tutib qolgan xotin‖, ‖CHo`pon va uning xotini‖,
―Kundoshchilik‖, ―O`sma qo`yish‖ kabi og`zaki dramalar xotin-qizlar teatrida
mahorat bilan ijro etilgan.
Og`zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. Ularni
ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari, qiliqlar, shartli harakat
va pantomimalarni bajarib, turli xushchaqchaq va hazil qo`shiqlarni aytib, raqsga
tushib, voqealar rivojini ta`minlab borganlar. SHu orqali ajoyib ta`sirchan sahna
asari hzaga kelgan.
Og`zaki drama va p`esalarda, komediyalarda xalqning qochirimlaridan, xalq
iboralaridan ustalik bilan foydalanganlar. Personajlar nutqida ko`chma ma`noli
so`zlarni, iboralarni ko`p ishlatganlar. Personajlar xarakterini ochib berishda zid
qo`yish san`atidan unumli foydalanilgan. Voqealarning bo`lib o`tgan o`rni va vaqti
aniq ifodalanmay, keng badihago`ylikka erishilgan.
Qo`g`irchoq teatri ham xalqimizning qadimiy og`zaki teatri sifatida qaror
topgan an`anaviy san`atdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123) ning
tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi:
Mo lo``batakonemu falak lo``batboz,
Az ro`i haqiqat, na ki az ro`i majoz;
Bozicha hamekunem bar nat`i vujud,
Aftem ba sanduqi adam yak-yak boz.
5
Bu ruboiy SH.SHomuhammedov tarjimasida shunday jaranglaydi:
5
Umаr Хаyyom. 100 rubоiy. Dushаnbе: ―Irfоn‖,1984, s.38.
Bizlar qo`g`irchog`u, falak qo`g`irchoqboz,
Bu so`zim chin so`zdir, emasdir majoz.
Yo`qlik sandig`iga bir-bir tushamiz,
Vujud palosida o`ynagach bir oz.
6
Qo`g`irchoq vositasida biror hayotiy voqelikni ko`rsatish niyatida
qo`g`irchoqlarni
o`ynatuvchi,
ya`ni
boshqarib
turuvchi
kishilarni
Do'stlaringiz bilan baham: