Konfederatsiya. Xorijiy maamlakatlarning hududiy davlat tuzilishi shakllari ichida xalqaro shartnomalar asosida tashkil topgan tuzilmalar ham mavjud. Bunday davlat-hududiy tuzilmalarni konfederatsiya deb atashadi.
Konfederatsiya bu - ma'lum bir vazifani bajarish uchun birlashgan mustaqil davlatlar ittifoqidir. Konfederatsiya Federatsiyadan farq qilgan xolda, u ittifoq davlati emas, balki davlatlar ittifoqi hisoblanadi. Konfederatsiya iqtisodiy, siyosiy, harbiy, bojxona va boshqa maqsadlarda tuzilishi mumkin.
Konfederatsiya o`z oldiga ko`ygan maqsadiga erishish uchun va a'zo davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun oliy organlar tuzishi mumkin, biroq bu organlar a'zo davlatlarning hukumatlari bilan muloqotda bo`ladi, bevosita aholiga murojaat qilish huquqiga ega emas.
Konfederatsiya federatsiyaga nisbatan uncha mustahkam emas, chunki u odatda biron-bir masalalani hal etish ehtiyoji orqali tashkil etiladi. Tarixda ham konfederatsiyalar uncha ko`p bo`lmagan, bo`lganlari ham keyinchalik yo federatsiyaga aylanishgan, yoki alohida-alohida unitar davlatlarga bo`linib ketishgan.
Undan tashqari jahon amaliyotida
Do'stlaringiz bilan baham: |