Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

D A L O L A T N O M A
2019-yil 21 -sentyabr
Chinoz shahri
Men, 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirli- 
gining hisobchi-taftishchisi Qodir Salimovich Rahimov, Vazir- 
likning 2019-yil 12-sentyabrdagi 453-raqamli buyrug‘i asosida ish 
ko‘rgan holda kasalxonaning bosh hisobchisi Elvira Salimovna 
Ibodulina ishtirokida mazkur kasalxonaga qarashli va Hamida 
Karimovna Sobirova mas’ul bo‘lgan yumshoq jihozlami taftish 
qildim.
Tekshirishda quyidagilar aniqlandi:
Barcha yumshoq mebel, shuningdek, jun yoping‘ichlar, 
to‘shakIar miqdori hisob ma’lumotlariga mos keladi.
Har biri 54 ming so‘mlik 15 ta choyshab va har biri 36 ming 
so‘mlik 30 ta yostiqjild - hammasi bo‘lib 1890000 so‘mlik jihoz- 
lar yetishmasligi qayd etildi.
0 ‘tkazilgan tekshirish asosida quyidagilar taklif etiladi:
1. Moddiy boyliklami saqlash va hisobga olish ishiga loqayd 
munosabatda bo‘lganligi moddiy jihatdan mas’ul shaxsga ko‘rsatib 
o‘tilsin.
2. Yetishmagan buyumlar qiymati H.K. Sobirovaning ish 
haqidan ushlab qolinsin.
Vazirlik hisobchi-
Kasalxona bosh hisobchisi: 
(imzo)
Moddiy javobgar: 
(imzo)
taftishchisi:
(imzo)
Q. 
Rahimov 
E. 
Ibodulina 
H. 
Sobirova
255


M a
'
lumot-axborot hujjatlari
G ‘a z n a n i ( k a s s a n i) t a f t i s h q i l i s h p a y t i d a t u z i -
l a d i g a n d a l o l a t n o m a l a r ham m oliyaviy-xo‘jalik faoli­
yatini tekshirishdagi dalolatnomalarga yaqin turadi.
G ‘azna ishlarini yuritish nizomida muassasalarga qarashli 
g ‘aznada saqlanayotgan pul mablag‘larini va boshqa qimmatli 
buyumlaming saqlanish ahvolini nazorat qilish uchun rejali 
(har oyda) va to‘satdan taftish qilish ko‘zda tutilgan.
G ‘aznada taftish o ‘tkazish uchun muassasa rahbarining 
buyrug‘i bilan korxona xodimlaridan komissiya tuziladi. 
Komissiya ishida korxona hisobchisi va g ‘aznachining ishti­
rok etishi shart.
G ‘aznani taftish qilishda undagi bor naqd pul binna-bir 
sanab chiqiladi, saqlanayotgan moddiy va boshqa boyliklar 
uchun pattalar, qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobda turuvchi 
bosma ish qog‘ozlari, shuningdek, g ‘azna daftarini yuritish va 
pulni saqlash tartibi tekshiriladi.
Taftish natijalari dalolatnomada rasmiylashtiriladi, g ‘az- 
nadagi naqd buyumlar (pul va boshqalar) hisobga olish 
m a’lumotlari bilan taqqoslangach, pul mablag‘larining or- 
tiqchaligi yoki kamomadi aniqlanadi. Dalolatnoma g ‘aznada 
taftish o ‘tkazilgan kunning o ‘zida rasmiylashtirilmog‘i kerak. 
Komissiya aniqlangan kamomad yoki ortiqchalik sabablari 
haqida g ‘aznachidan yozma tushuntirish xati talab qilishi 
lozim.
Bu yerda ham umumiy xo‘jalik dalolatnomalarida b o ‘la- 
digan zamriy qismlar bor. Faqat asosiy matn biroz boshqa- 
charoq, y a’ni unda pul qoldiqlari, ortiqcha naqd pul yoki pul 
yetishmasligi kabi m a’lumotlar batafsil, raqamlar bilan bayon 
etiladi. G ‘aznachining tushuntirish xati ilova qilinadi.
Taftish dalolatnomasi ikki nusxadan kam tuzilmasligi 
kerak, moddiy javobgar shaxs hisoblangan g ‘aznachiga ham 
bir nusxasi beriladi. Dalolatnoma tuzilgach, tashkilot rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi. Taftish natijalari keyinchalik hisob 
boiim ining hisob-kitob amallarida o‘z aksini topadi: ortiq-

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish