Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/294
Sana13.02.2023
Hajmi10,95 Mb.
#910747
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish Amaliy qo\'llanma Aminov M va boshq 2020

М а 'lumot-axborot hujjatlari
K o‘pchilik nomidan yoziladigan
iltimos arizasi namunalari
20-ilova
Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi 
boshqarmasi boshlig‘iga 
Yakkabog‘ tumanining 
Cheksho‘ra qishlog‘i aholisidan
ARIZA
Bizning qishloqda 800 dan ortiq oila istiqomat qiladi. Ular- 
ning aksariyati - ko‘p bolali oilalar. Hanuzgacha qishlog‘imizda 
to‘liq o‘rta ma’lumot beruvchi maktab yo‘q. 9-sinfni bitirgan 
yoshlarimiz o‘qishni davom ettirish uchun qo‘shni qishloqqa 
yoki tuman markaziga qatnashga majbur bo‘lmoqdalar.
Yuqoridagilami e’tiborga olib, qishlog‘imizda to‘liq o‘rta 
maktab qurilishiga yordam berishingizni so‘raymiz. Qishloq 
ahli maktab qurilishiga ham moddiy, ham hashar yo‘li bilan 
ko‘maklashishga tayyor.
(imzo)
(Ism va familiyalar)
2015-yil 7-yanvar
21-ilova
Toshkent shahri Uchtepa tumani 
4-uy-joylardan foydalanish 
korxonasining boshlig‘i X.A.Jo‘rayevga 
shu tumanning Jiydazor ko‘chasi
6-uyda yashovchi aholi nomidan
ARIZA
Biz yashayotgan uy qurilganiga yigirma sakkiz yil bo‘ldi. 
Bu davr ichida undagi suv o‘tkazish va isitish quvurlari eskirib, 
zanglab, yaroqsiz holga kelgan, yo‘lak eshiklari sinib ketgan va 
hokazo. Joriy ta’mirlash ishlari palapartish bajarilgan.
Yuqoridagilami e’tiborga olib, yozgi mavsumda mazkur uyni 
toia-to‘kis ta’mirlab berishingizni 6-uy sohiblari nomidan so‘raymiz.
( imzo)
(Ism va familiyalar) 
2016-yil 4-mart
172


Ariza
Fuqarolar rasmiy va jamoat tashkilotlariga ham turli maz- 
mundagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasi- 
da davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali muayyan 
haq-huquqlarini amalga oshiradilar.
Shu bilan birga, shikoyat mazmunidagi arizalarda fuqa- 
rolaming haq-huquqlarini, qonun yo‘li bilan muhofaza qi- 
linadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlami bartaraf qi­
lish haqida murojaatlar o ‘z aksini topadi.
Tegishli adabiyotlarda fiiqarolaming davlat va jamoat 
tashkilotlariga rasmiy tarzda yozadigan shaxsiy arizalari tax- 
minan quyidagicha tasnif etilgan:
- ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, 
shahar, tuman, viloyat ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga, mahalla 
idoralariga yoziladigan arizalar;
- m a’muriy, huquq va boshqa idoralarga yoziladigan ari­
zalar;
- fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) 
idoralariga yoziladigan arizalar;
- notarial idoralarga va notarial harakatlami amalga 
oshiruvchi boshqa idoralarga yoziladigan arizalar;
- fuqarolaming turli darajadagi sudlar, prokuratura singari 
idoralarga yozadigan va ular tomonidan ko‘rib chiqiladigan 
arizalari;
- uy-joy-kommunal idoralariga yoziladigan arizalar.
Mazkur tasnif asosida muayyan guruhlarga boMingan
arizalar ham, o ‘z navbatida, mazmun jihatidan turli-tuman 
b o ‘ladi. Masalan, fuqarolar ko‘p bolali yoki yolg‘iz onalar- 
ga, kam ta’minlangan oilalaming bolalariga nafaqa va yordam 
pullari belgilash, ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga nafaqa belgi- 
lash, o ‘z nafaqalarini qayta hisoblatish, ishlab chiqarishda ort- 
tirilgan mayiblik munosabati bilan ishchi va xizmatchilarga 
yetkazilgan zarami qoplash, urush qatnashchilari va nogiron- 
lariga transport vositalarini (bepul yoki naqd pulga) berish, 
bolalikdan nogiron bo‘lganlarga har oylik nafaqalar berish,
173


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
nogiron va nafaqaxo‘rlarga m o‘ljallangan intem at uylarga qa­
bul qilish, nogiron va nafaqaxo‘rlam i (dam olish uylari, davo- 
lash muassasalariga) y o‘llanmalar bilan ta ’minlash haqida 
arizalar yozadilar.
M asalan, nafaqa belgilash yoki uni qayta hisoblatish 
uchun yozilgan arizani tahlil qilib k o ‘raylik. A riza shahar, 
tum an hokim ligi yoki ijtim oiy ta ’m inot b o ‘limi qoshida- 
gi nafaqa belgilash kom issiyasiga yoziladi. A riza beruvchi 
o ‘zi haqidagi to ‘liq m a ’lum otni arizaning bosh qism ida 
k o ‘rsatib o ‘tadi (ish va yashash jo y i, pasport m a’lum otlari, 
faxriy unvoni, ilmiy darajalari, nufuzli m ukofotlari va b.). 
Ariza m atnida m aqsad va uning qonuniyligi aniq bayon 
qilinadi, shu bilan birga, nafaqa belgilangandan so ‘ng ish, 
turarjoy, oilaviy ahvoli b o ‘yicha b o ‘ladigan o ‘zgarishlar 
haqida ijtim oiy ta ’m inot b o ‘limini o ‘z vaqtida xabardor 
qilib turish m ajburiyatini o ‘z zim m asiga olganligi yozila­
di. A rizada nafaqa belgilash uchun zarur b o ‘lgan hujjatlar 
(mehnat daftarchasining asl nusxasi, pasporti, oliy o ‘quv 
yurti diplom i, faxriy unvoni nusxalari, m uayyan davr ichi- 
dagi darom adi haqidagi m a’lum otnom a)ning ilova qilin- 
ganligi k o‘rsatiladi.
Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli orttirilgan mayib- 
lik munosabati bilan ishchi yoki xizmatchiga yetkazilgan 
zarami qoplash va nafaqa belgilashni so‘rab yozilgan ariza- 
ga baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma va kasaba uyushmasi 
qo‘mitasining mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyasining 
xulosasi ilova qilinadi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish