Davlat tili to'G'risidagi qonun hayoti ahamiyati reja


Davlat tili va kundalik hayot



Download 33,11 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2022
Hajmi33,11 Kb.
#532724
1   2   3
Bog'liq
-14 DAVLAT TILI TO\'G\'RISIDAGI QONUN HAYOTI AHAMIYATI

Davlat tili va kundalik hayot
Qonunning 1-moddasiga ko’ra, O’zbekistonda davlat tili o’zbek tilidir. Shu bilan birga, O’zbekistonda yashovchi turli millat va elatlar o’z ona tilini qo’llashlarini kafolatlash maqsadida Qonun o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi boshqa xalqlarning o’z ona tilini qo’llash huquqiga monelik qilmasligini ham bayon etgan. Qonunga ko’ra, turmushda, shaxslararo va millatlararo muomalada fuqarolar o’z xohishlariga ko’ra istalgan tilda muloqot qilishlari mumkin. O’zbek tilining izohli lug’atida “turmush” so’ziga “insonning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti” deya ta’rif berilgan. Demak, kundalik hayotda O’zbekiston hududida yashovchi har bir shaxs o’zi istagan tilda gapirishga haqqi bor. Masalan, kishilar o’zaro muloqotda rus yoki tojik tilidan foydalanganlari uchun ularni hech kim kamsitishi mumkin emas. Ushbu kafolatni yanada mustahkamlash maqsadida, Qonunning 4- moddasida O’zbekiston “hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo’lish ta ‘minlanadi” deb yozilgan.
Davlat tili va uning davlat organlarida qo’llanilishi
Qonunning 14-moddasiga ko’ra, O’zbekiston hududida yashovchi shaxslar davlat tashkilotlari va muassasalariga ariza va shikoyatlarini davlat tilida yoki boshqa tillarda topshirishlari mumkin. Demak, davlat organiga yozilgan ariza yoki shikoyatni faqat davlat tilida yozilmagani uchungina qabul qilmaslik mumkin emas. Mazkur modda O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilsa ham, amaliyotda ba’zi jiddiy qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin. Chunki Qonundagi “boshqa tillarda” atamasi aynan qaysi tillarni qamrab olishi haqida ma’lumot berilmagan. Davlat tilidan boshqa tillar deganda rus, tojik va qoraqalpoq kabi mahalliy tillar bilan birga, ingliz, nemis va yapon kabi chet tillari ham tushunilishi mumkin. Bundan tashqari, “boshqa tillarda” ariza yoki shikoyat olgan davlat organi javobni qaysi tilda berishi kerak?
Qonunning 9-moddasiga ko’ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Ammo bu moddada ham ish materiallari “zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi” degan band mavjud. Xo’sh, davlat tilidan boshqa tilda yozilgan ariza yoki shikoyat moddadagi “zaruriyat” holatiga kiradimi? Bu holatda javob ham davlat tilida, ham murojaat yozilgan tilda berilishi kerakmi? Qonunda mazkur savollarga javob yo’q.

Download 33,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish