splanchnologia- anatomiyaning ichki organlarning tuzilishini o‘rganadigan bo‘limi.
splanchnomegalia- ichki organlarning kattalashishi.
splanchnoptosis- ichki organlarni o‘z joyidan siljishi. 5.lympha-limfa
lymphadentis-limfa tugunlarning o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi. lymphadenoma- linfasimon va bez tarkibiy qismlaridan tuzilgan xavfsiz o‘sma. lymphangioma- limfatik tomirlardanhosil bo‘lgan yangi tuzilma; limfatik tomirlar rivojlanishining illati.
lymphangitis- limfatik tomirlarning yallig‘lanishi. lymphangiectasia- limfatik tomirlarning kengayishi
lymphagranulomatosis- limfatik tugunlarning o‘smasimon o‘sishlari bilan kechadigan kasallik.
lymphapenia- periferik qonda limfotsitlar sonining kamayishi. lymphasarcoma-limfo retikulyar to‘qimadan rivojlanadigan xavfli o‘sma. lymphostasis-limfa oqimining to‘xtab qolish.
lymphocytosis-periferik qonda limfositlar sonining ko‘payishi; surunkali yuqumli kasalliklarda kuzatiladi.
6.phone-tovush
phonocardiographia- yurak ishidan vujudga keladigan tovush hodisalarini qayd qilish va ularni izohlashdan iborat yurak – tomirlar sistemasini tekshirish metodlaridan biri.
phonendoscopium- tovushlarni kuchaytiradigan,eshitib ko‘rish uchun ishlatiladigan asbob .
photophobia- yorug‘likdan qo‘rqish, yorug‘likka qaray olmaslik. 7.phyton-o‘simlik
phytnotherapia-dorivor o‘simliklar bilan davolash.
QISM
Dorishunoslik iboralari.
Retsept
1-Dars
1-§.Dorivor vositalarning nomlanishi
Dorivor vositalarning nomeklaturasi bu hozirgi davrda qo‘llanilayotgan barcha dorivor vositalar nomining yig‘indisidir.
Dorivor vosita – bu mamlakatning shunday vakolatga ega bo‘lgan idorasining odam yoki hayvonlarni kasalliklarini davolash, oldini olish yoki aniqlash maqsadida belgilanadigan tartibda ishlatish uchun ruxsat etilgan farmakologik vositadir.
Dorivor vositalar sifatida qo‘llaniladigan organik kimyoviy moddalar ikkita nomga ega: ilmiy/sistematik(tizimli)/va trivial/shartli(odatdagi)/.
“Trivial” so‘zi lotincha – “trivialis” odatdagi, oddiy so‘zidan kelib chiqqan
.Ilmiy nom dorivor moddalarning kimyoviy tarkibini ifodalaydi. Lekin ilmiy nomlar uzun, o‘qilishi qiyin bo‘lganligi sababli ularni tibbiyotda ishlatish noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun dorivor vositalarning ilmiy emas balki trivial nomlari qo‘llaniladi.
Misol uchun: