elektroximiyaviy korroziyadan ham saqlaydi, chunki u metallni elektrolit eritmasi
masalan, alyuminiy, xrom va boshqalarning korroziyabardoshlik xossalari yuqori
foydalaniladi. Bu usullarning asosiylari metallarni korroziyabardosh metallar va
metallmaslar bilan qoplash, agressiv muhitga ishlov berish, elektroximiyaviy xi-
moyalash va metallarni legirlash usullaridir.
Korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Korroziyabardosh metallar sifatida xrom,
nikel, rux, qalay, kadmiy, kumush va boshqalar ishlatiladi. Metall buyumning
korroziyabardosh metall bilan koplanadigan yuzasi ёg`, mineral moy, zang,
kuyundi va boshqa iflosliklardan mexanikaviy yoki ximiyaviy usulda tozalanadi.
Mexanikaviy usulda tozalash uchun jilvirli qog`oz, sim cho`tka, qum purkash
apparati va boshqalardan foydalaniladi. Qum purkash apparatida yirik buyumlar
tozalanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, metall buyumning tozalanishi
lozim bo`lgan yuzasiga siqilgan havo oqimi bilan birga qum ham purkaladi, bunda
buyumning sirti tozalanibgina qolmay, balki qum zarralarining zarbi ta'sirida bir oz
gadir-budurrok, bo`lib ham qoladi, natijada uning sirtiga qoplam puxta yopishadi.
Mayda buyumlar quruq va toza qumli barabanga solinib, baraban ma'lum tezlik
bilan aylantiriladi, bunda buyum sirtiga qum zarralari urilib ishqalanadi, natijada
buyumning sirti tozalanadi.
Tozalashning ximiyaviy usuli metall buyumning sirtiga sulfat yoki xlorid
kislotaning 10—15% li qaynok. (50—80°S gacha isitilgan) eritmasi bylan ishlov
berishdai iborat. Kislota eritmasi bilan tozalangan metall buyumning o`nqir-
cho`nqir joylarida kislota to`planmb qolib, uni o`yib yuborishi ham mumkin,
shuning uchun tozalangan buyum darhol yuvib tashlanishi kerak.
Metall buyumning yog bosgan joylari ishqorlarning suvdagi 5—10% li eritmasi
bilan, mineral moy bosgan joylari esa benzin bilan tozalanadi.
Yuqoridagi usullar bilan tozalangan buyumninggina sirtiga korroziyabardosh
metall qoplash mumkin.
Sanoatda metall buyumlarni korroziyabardosh metallar bilan qoplashning bir necha
usulidan foydalaniladi. Ana shu ' usullardan asosiylarini ko`rib chiqamiz.
Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usuli
. Bu usulda
korroziyabardosh metall sifatida, asosan, rux, qalay va qo`rg`oshin ishlatiladi.
Ruxdan temir (kam uglerodli po`lat) listlar (tunukalar), po`latdan tayyorlangan har
xil detallar sirtini qoplashda foydalaniladi.Rux bilan qoplash
ruxlash
deb x,am
ataladi. Buyumni ruxlash uchun u suyuqlantirilgan va temperaturasi 450—480°S
ga yetkazilgan ruxli vannaga botiriladi-da, ma'lum vaqt tutib turilgandan keyin
vannadan olinadi, bunda uning sirti rux bilan qoplanib (ruxlapib) qolgan bo`ladi.
Qalaydai temir tunuka, idish-tovok. va shu kabi buyumlar sirtini qoplashda
foydalaniladi. qalay qoplat
Do'stlaringiz bilan baham: