Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
turli nuqtai nazarlarni qabul qila oladi va solishtira oladi;
guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara oladi;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi.
A2+
umumiy muammoni yechish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira oladi va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila oladi; guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera oladi;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira oladi;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira oladi.
A2+
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntirib bera oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.
A2+
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida, boshqa fanlarda matematikaning ahamiyatini anglay oladi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematik masalalarni yechish uchun axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlaridan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |