Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari bilan munosabatlari. Tengdoshlar suhbatiga bo‘lgan ehtiyoj kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilk bolalik davrida paydo bo‘lgan boshqa bola- larga mayl, maktabgacha yoshdagi davrga kelib tengdoshlar bilan suhbat ehtiyojiga aylanadi. Bolalarni birga o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida suhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoasi, bola boshqa bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil aloqalar o‘rnatganda paydo bo‘ladi. Bu yerda bola jamoa ichidagi ilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar bilan muomala qilish malaka- larini orttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan suhbatida shu payt- gacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llash, va bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirish zaruriyati bilan to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishiga tengdoshlar guruhining ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bolalarning birgalikdagi faoliyati harakatlarni muvofiqlashuvga olib kelish, tengdoshlar- ga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, umumiy maqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz kechish kerak bo‘lgan vazi- yatlar uzluksiz vujudga keladi. Bunday vaziyatlarda bolalar har doim ham kerakli xulq, muomala usulini topa olmaydilar. Teng- doshlarining huquqini hisobga olmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, ular orasida ko‘pincha janjal yuzaga keladi. Janjalga arala- shib, uni bartaraf qila borib, tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda bajarishni o‘rgatadi.
Suhbat va guruhdagi umumiy faoliyat bolalarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish vazifasini bajaradi. Bunday mashq bolalarga axloq qoidalarini faqat bilishi uchun emas, balki ularni amalda qo‘llash uchun ham zarurdir. Bolalar axloq qoidalarini o‘zlashtirishida guruhda umumiy fikr shakllanishi katta ahamiyatga ega. Bu ularda shaxsning rivojlanishi uchun bolalar jamoa- si ta’siri bo‘lib xizmat qiladi.
Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisalar, harakatlar haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bolaning fikri odatda boshqa bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekin to‘rt-besh yoshdan boshlab bolalar tengdoshlari fikrini e’tiborga ola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va bilimlariga to‘g‘ri kelmasa- da ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday ko‘pchilikning fikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada konformlikni aniqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolaga ataylab, stol ustida turgan qora va oq piramidachalarni ikkalasi oq deyishga o‘rgatasiz. Kelishuvda qatnashmagan bola, ikki-uch tengdoshi- ning fikrini eshitgach, «Piramidachalar qaysi rangda?» degan sa- volga «Ikkalasi ham oq» deb javob beradi.
Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konform- lik maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z fikrini muvofiqlashtira olishga erishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalarda u mustahkam o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlariga ay- lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |