Davlat talablari


Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni



Download 216,59 Kb.
bet9/13
Sana11.07.2022
Hajmi216,59 Kb.
#773978
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan

2.3. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida
ijtimoiy muhitning o‘rni.

Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivoj- lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynida bola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bolaning shaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktab- gacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich — 3-4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bos- qich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mus- tahkamlanishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich — 4—5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan axlo- qiy jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.
Uchinchi bosqich — 6—7 yoshni qamrab olib bolada ishbilar- monlik, o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi bosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa katta bog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi.
Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit- lar. Bola rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-atvor ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi. SHu tariqa u shaxsga, jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bo- la butunlay shakllanib ulgurmagan va keyinchalik kamol topish- ga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadi-ki, u bolani ilk bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari av- valgi yosh bosqichidan jiddiy farq qiladi. Kattalar tomonidan bolaning xulqiga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshadi. Jami- yatda barcha uchun majburiy bo‘lgan axloq qoidalariga, ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga aylanadi. Atrof- muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabatlar shaklini ilk bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosabatlar shak- lini ilk bora kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati tur- larida o‘zlashtirib boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini tengdoshlarining harakatlari bilan muvofiqlash- tirishni, o‘rtoqlarining qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi. Maktabgacha bo‘lgan bolalik dav­ri davomida bola harakatlarida o‘zgarishlar va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xotirasinigina emas, o‘zining xulqini yo’lga qo‘yishini ham talab qiladi. SHaxslararo munosabatlardagi axloq-odob namunalarini o‘zlashtirish kattalar ta’siri ostida boshqariladi. Bu kattalarning bola shaxsini shakl- lanishiga ko‘rsatgan asosiy ta’siridir.
Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. Ular- dan biri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini va unda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqi- da o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki bu harakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va iroda­ni rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlar ta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlar- ga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob na- munasi sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning xulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi­lishga, odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsalar­ga bo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bi­lan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola kattalar hayoti bilan har xil yo’llar orqali tanishadi: ularning mehnatini kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarning mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola uchun namuna vazifasini o‘taydi. SHu bilan birga bolalar guru- hida ijobiy baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining ha­rakatlari ham u uchun namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, ertaklarda aks ettirilgan personajlarning harakatlari ham namunalikda kat- ta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u yoki bu odob fazilatla- riga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga kirmaydigan, shun­day bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona olgan odamlar fikri uning namunali xulqni o‘zlashtirishida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning kattalarga, bolalarga, hikoya va ertak qahramonlariga bergan ba- hosi u uchun boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi.
Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar axloq namunalariga kat- ta qiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib, ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tushadilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoqchi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi tomonidan qutqarib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh yoshli bo­la: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo yomonmi?» — degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayot- gan xulq haqidagi tasavvurdan kelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z harakatlarini baholay boshlaydilar.
Kichik va o‘rta yoshdagi bolalar madaniy-gigiyenik ko‘nikma qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bilan muoma- la qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qi- ladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganligi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan murojaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqimchilik emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Do‘stining fikrini, uning huquqlarini va xohishini hisobga olish majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashtiradi. O‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir holat xususiyatini tu- shunmay, bolalar bu qoidalarni dastlab rasman qabul qiladilar. Ular tomonidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, buzilishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.
Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek emotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlab­ki ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllana- di, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga in- tilish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishga intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosabat- larida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqali insoni- yat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammallik tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. SHaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bi­lan muloqot paytida o‘zlashtirilgan axloqiy xulq odatlari, odam­lar bilan o‘zaro aloqa paytida yutuq va yo’qotishlarni birga emot- sional boshdan kechirishlar tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong darajasi o‘zgaradi va buning oqibatida bola- lar axloq qoidalarini bajarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol- maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoidaga rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda bola- lar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyat- chanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi. Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatla- nish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilatlari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) uchun ham, g‘urur his- sini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy baholanadigan namuna bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Maktab- gacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan yomon- roq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan namunadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyaladi. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kattalarga bog‘liqligi saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham faollashishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilol- sa, uning yutuqlariga sherik va yo’qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, ularga isho- nadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqaga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomalasi uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bola o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo’qoladi, yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, teng- doshlariga nisbatan tajovuskor bo‘lib qoladi. Aksariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar. Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, lekin bunga qaramay ish- ni samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni kel­tirib chiqaradi: bola yo begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intiladi, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan tashnalik va biron odamga mehr berish istagi birinchi daraja- li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan mehri bu yo’sinda alohida o‘rin egallaydi. Uning barcha ehtiyojlari ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevosi­ta mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo’l bilan uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. YOsh bola ayniqsa ona- siga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlar- ga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nisbatan ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilab beradigan yetak- chi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bilan o‘zaro aloqasi ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nisbatan qilinadigan muoma- laga bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoliya­tida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob-axloq qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixoh- lik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi- na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin: odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, lagan- bardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emotsional munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi kerak. Bola- ga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksincha o‘ziga xos muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhiti- ni tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tan- beh shaklida qo‘llanilishi lozim.

Download 216,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish