Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi va funktsiyalari). Darsning maqsadi


Davlat funktsiyasining tushunchasi va turlari



Download 126,5 Kb.
bet13/14
Sana06.09.2021
Hajmi126,5 Kb.
#166736
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi v

Davlat funktsiyasining tushunchasi va turlari.

Davlatning funktsiyasi - uning oldida to’rgan vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat foliyatining asosiy yunalishi bo’lib, davlatni mohiyati va ishtimoiy belgilarini, jamiyatni boshqarish uchun davlatni maqsad va vazifalarni amalga oshirish usul va shakllaridir. Bu tarifdan quyidagi davlat funktsiyasining belgilari kelib chiqadi.

1.Davlatning vazifasi ya'niy iqtisodiy, madaniy, siyosiy va boshqalar u amalga oshiradigan asosiy yo’lni belgilaydi, barcha faoliyatini shu vazifalarni bajarishga qaratiladi. Shuning uchun davlatning funktsiyalari uning vazifalaridan kelib chiqadi.

2.Davlat funktsiyasida –uning mohiyati nomoyon bo’ladi. Funktsiya orqali davlat mohiyati, uning jamiyati bilan munosabatlari ko’rinadi.

3.Davlat vazifalarini amalga oshirish uchun funktsiya orqali jamiyat boshqarilib, u amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.

4.Davlatning vazifa va funktsiyalari jamiyatning iqtisodiy, sinfiy, milliy va madaniy tuzilishi bilan belgilanadi.

5.Davlat funktsiyasi orqali har bir tarixiy bosqichida davlat boshqariladi. Davlat funktsiyasi ichki va tashqi funktsiyalarga bo’linadi. Ichki funktsiyada -- davlatni ichki vazifalari, tashqi funktsiyada esa tashqi vazifalari amalga oshiriladi.

6.Davlat funktsiyasiga huquqiy shakllar davlatni huquq ijodgarligi va huquqni ijro etish faoliyati kiradi.

7. Davlat funktsiyasi davlatni boshqarishda va majbur qilish usullari orqali amalga oshiriladi.

O’zbekiston davlatining asosiy vazifasi –jamiyatdagi barcha ishtimoiy guruh millat, elat, guruh, tabaqalarlaarning manfaatlaarini ifodalab, bozor iqtisodiy siyosatiga utib, demakratik huquqiy davlat ko’rishdir. Davlatning ichki sohada asosiy vazifasi iqtisodiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohada turli islohatlar o’tkazib bozor iqtisodini asosini yaratishdir. Tashqi vazifasi esa jaxondagi barcha davlatlar bilan aloqa qilib, davlatni tashqi sohasiadgi vazifalarini amalga oshirishdir. Davlat funktsiyasi uning ichki sohadagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy, siyosiy va tashqi vazifalaridan kelib chiqadi.

Davlat funktsiyasining turlari.

Davlat funktsiyasi ichki va tashqi turlarga bo’linadi. Ichki funktsiya qancha kuchli bo’lsa, tashqi funktsiya shunchalik kuchli bo’ladi. Davlatning ichki funktsiyasi uning oldida to’rgan muxim iqtisodiy ijtimoiy madaniy va siyosiy vazifalarni amalga oshiradi. Iqtisodiy sohada tashabbuskorlik va ishbilarmonlik asosida htisodni mustahkamlab bosqichma-bosqich bozor siyosatiga o’tishda barcha mulk shaklini huquqiy tengligini ta’minlash va qurhlash. Htisodni markazlashtirmaslik, korhona va tashkilotlarning mustahkamligini kengaytirish. Fuqarolarning mehnat qilish, dam olish, ishsizlarga oylik berish, ish haqi, pensiyalar va nafaqalarning kafolatlangan eng kam mhdorini joriy qilish. Tabiiy boyliklardan keng foydalanish va atrof muhitni himoya qilish kiradi.

Ijtimoiy va ma’naviy sohada amalga oshiradigan vazifalar-bu barcha insonparvarlik g’oyalariga amal qilishlik. Halqning ma’naviy va ahloqiy pokligini qayta tiklash. Halqning milliy madaniyatini boyitish, aynhsa davlat tili bo’lgan o’zbek tilini yanada rivojlantirish. Ijtimoiy adolat qoidalarini ruyobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar.

Siyosiy sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak. Halqning milliy hususiyatlarini hisobga olib, barcha ijtimoiy guruhlar, millat va elatlarning manfatlariga mos keladigan O’zbekistonda drmokratik huquqiy davlat qurish. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni yaratish, qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash. Bir mafko’radan voz kechish, turli mafko’ralar bo’lishligi, demokratiyaning zarur sharti bo’lgan ko’ppartiyaviylikni rivojlantirish ( vatan taraqqiyoti, sotsial demokratikat”, milliy tiklanish, halq demokratik va fidoiylar partiyasi ). Shu vazifalardan O’zbekiston Respublikasining ichki funksiyalari kelib chhadi. Iqtisodiy funksiya, madaniy-ma’naviy tarbiyaviy funksiya, turli mulk shakllarini qurhlash va mustahkamlsh funksiyasi, moliya nazorat funksiyasi aholiga ijtimoiy himoya kursatish funksiyasi, aholini ijtimoiy himoya qilish funksiyasi, tabiatni qurhlash va ekologik funksiya, qonuniylik va huquq tartibotini mustahkamlash funksiyasi, fuqarolarning huquq, burch va erkinliklarini ta’minlash funksiyasi va davlatni idora etishda halq ommasining ishtiroki va oshkoralik funksiyalari.

O’zbekiston Respublikasining tashqi vazifalariga mamlakatni boshqa davlatning hujumidan himoya qilish, tinchlikni mustahkamlash, turli ijtimoiy tuzimdagi davlatlar bilan tinch-totuv yashash, davlatni harbiy qudratini mustahkamlash ishlari kiradi. Davlatning shu vazifalaridan tashqi funksiyaning tubandagi elementlari kelib chihadi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash funkfiyasi, horijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish funksiyasi, mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan himoya qilish funksiyasi, qorolli kuchlarni takomillashtirish, davlat chegaralarini qo’riqlash va jaxondagi tinchlikni mustahkamlash ishlariga faol qatnashish funksiyalaridan iborat.

2. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllari va usullari.


Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish