Davlat qarzini boshqarish



Download 43,22 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi43,22 Kb.
#294652
Bog'liq
DAVLAT QARZINI BOSHQARISH


DAVLAT QARZINI BOSHQARISH




Reja:

Kirish


1. Davlat qarzining boshqarish va tasniflanishi


2. O’zbekiston Respublikasi davlat qarzining hozirgi holati tahlili

3. Davlat qarzlarini boshqarishning xorijiy tajribalari va ularni qo’llash masalalari.

Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinayotgan mablag‘larning asosiy qismi mamlakatimiz aholisining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar (ichimlik suvi va barqaror elektrenergiyasi bilan ta'minlash, uy-joylar qurish, ta'lim va sog‘liqni saqlash loyihalari) bilan birga infratuzilma va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish loyihalariga yo‘naltirilgan. Mazkur loyihalar iqtisodiyotimizda uzoq yillar davomida investisiyalarga bo‘lgan yuqori talab shakllangan holatda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizasiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlashtirishga qaratilgan. Ayni vaqtda, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlab turilishi kelgusida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy omillaridan biri ekanligini inobatga olib, bugungi kunda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini xalqaro andozalar asosida oshirish choralariga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, mazkur sharh Moliya vazirligi faoliyati shaffofligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qarzini shakllantiruvchi omillar, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar hamda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida batafsil va tizimli xabardor qilishga qaratilgan.

Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.

D.q.ning boʻlishi uni boshqarishni taqozo etadi, yaʼni qarzni olish va toʻlash bilan bogʻliq muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Qarz va uning foizlarini toʻlash uchun byudjetdan pul ajratish D.q.ga xizmat qilish deyiladi. D.q.ni toʻlashdagi shartsharoitlarning oʻzgarishi D.q. restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining oʻzgarishi konversiya deyiladi. Qarz toʻlash muddati choʻzilganda D.q. prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va D.q.ning konsolidatsiyasi yuz beradi. D.q.ga oʻrin boʻlmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida boʻlishi lozim. Bunda taqchillikka yoʻl berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi (mas, Oʻzbekiston davlat ichki qarzini oshirmaslik uchun byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1997 y.da 2,2% ga, 2000 y.da 1% ga keltirildi).
Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy manba boʼlsa-da, lekin ular bu jarayonning yagona manbai emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari mablagʼlardan foydalanishning yoʼnalishlariga bogʼliq. Аgar davlat tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan obʼekt ishga tushganidan soʼng foyda keltira boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq yuki ogʼirligining kuchaytirilishiga hech qanday hojat qolmaydi.

Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki sotsial xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarish (uzish)ning yagona manbai boʼlib soliqlar yoki yangi qarzlar boʼlishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish (uzish) uchun yangi davlat zayomlarining joylashtirilishi davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi.

Davlatning qarz olishi natijasida soliq yuki ogʼirligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan toʼlanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bogʼliq. Investor uchun davlat qarzining daromadlilik darajasi qancha yuqori boʼlsa, davlat shunchalik katta soliqlar qismini ularni qaytarish (uzish) uchun yoʼnaltirishga majbur. Аgar davlat qarzining oʼlchami qanchalik katta boʼlsa, boshqa sharoitlar teng boʼlgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yoʼnaltirilayotgan mablagʼlarning salmogʼi shuncha yuqori boʼladi.

Davlat krediti orqali davlat kredit munosabatlariga kirishaturib, u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga taʼsir koʼrsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.

Qarzlarni investorlarning turli guruhlari oʼrtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini tartibga soladi. Jismoniy shaxslarning mablagʼlarini jalb qilib, davlat ularning toʼlovga qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan, investitsiyalar, moliyalashtirilsa muomaladagi naqd pul massasining absolyut qisqarishi sodir boʼladi. Xuddi shuningdek, davlat krediti hisobidan oʼqituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari moliyalashtirilsa, aholi toʼlovga qobil talabining tarkibiy tuzilishi (strukturasi) oʼzgarishiga qaramasdan, muomaladagi naqd pul massasi oʼzgarmasdan qolaveradi.

Davlat qimmatli qogʼozlarini sotish-sotib olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish boʼyicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning muhim instrumentlaridan biri boʼlib hisoblanadi.

Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablagʼlarga boʼlgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Davlatning talabi qancha yuqori boʼlsa, boshqa sharoitlar teng boʼlgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori boʼladi va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarziy mablagʼlarning qimmat ekanligi ishlab chiqarish sohasiga tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning oʼzida, u davlat qimmatli qogʼozlarini sotib olish koʼrinishidagi fondlarni ragʼbatlantiradi.

Maʼlum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy taʼsir koʼrsatmaydi. Аgar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada boʼlsa, ular toʼliq qoʼshib olingunga qadar salbiy taʼsir darajasi nolьga teng boʼlib qolaveradi. Faqat shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining oʼsishida oʼz ifodasini topadi, pul fondlari katta qismining nounumli foydalanilishga jalb qilinishi esa iqtisodiy oʼsish surʼatlarini susaytiradi.

Kreditor va kafil sifatida faoliyat koʼrsatib, xorijdan qarzga olingan mablagʼlar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga keltirib, davlat ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish surʼatlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yoʼli bilan ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish tizimi keng tarqalgan.

Kichik biznesni qoʼllab-quvvatlash kasodga uchrash hollari sodir boʼlganda davlat tomonidan kichik tadbirkorlik subʼektlariga berilgan kreditlar boʼyicha banklarga boʼlgan qarzdorlikni qaytarishni (uzishni) oʼz zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan koʼplab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat koʼrsatadiki, ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning notoʼlovlilik risklarini past stavkalar boʼyicha sugʼurta qiladilar. Shu yoʼl bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni oʼzlashtirishi ragʼbatlantiriladi.

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashni ragʼbatlantirishda hududlar byudjetlari va nobyudjet fondlari hisobidan beriladigan kreditlar katta rolь oʼynaydi. Ularning yordamida maʼlum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar iqtisodiyoti kerakli yoʼnalishlarining yuqori surʼatlar bilan rivojlanishi taʼminlanadi.

Davlat kreditining nazorat funktsiyasi moliyaning nazorat funktsiyasi bilan organik ravishda qoʼshilib ketgandir. Lekin uning bu funktsiyasi shu kategoriyaning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega:

• davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablagʼlari fondining ahvoli bilan uzviy bogʼlangan;

• qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki mablagʼlar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqoza etadi;

• faqat moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi.

Davlat kreditining nazorat funktsiyasi orqali mablagʼlarning maqsadli foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning oʼz vaqtida toʼlanishi nazorat ostiga olinadi.

Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarziy mablagʼlarni, qarzlarni jalb qilishga majburdir.

Qarziy mablagʼlarni, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga koʼra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga maʼlum belgilarga ega boʼlgan pul mablagʼlari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablagʼlari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma boʼyicha qarz oluvchi boʼlib davlat yoki uning subʼektlari, qarz beruvchilar boʼlib esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy boʼlib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini oʼzgartirishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga koʼra klasssifikatsiya qilinadi:

1) emitentlar boʼyicha:

• markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

• hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

2) joylashtirilish joyiga qarab:

• ichki qarzlar;

• tashqi qarzlar.

3) bozorda muomala qilishiga (aylanishiga) qarab:

• bozorli qarzlar;

• nobozorli qarzlar.

Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini moliyalashtirishda asosiy boʼlib hisoblanadi. Nobozorli qarzlar erkin ravishda oʼz egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qogʼozlar bozorida muomalada boʼlmaydi. Maʼlum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning oʼziga xos boʼlgan manfaatlariga mos keladi. Masalan, gʼarb mamlakatlarida nobozorli davlat obligatsiyalari nodavlat pensiya fondlari, sugʼurta kompaniyalari va kichik investorlarning mablagʼlarini jalb qilish uchun chiqariladi.

4) mablagʼlarni jalb qilish muddatiga koʼra:

• qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan);

• oʼrta muddatli (bir yildan besh yilgacha);

• uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori).

Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun veksellar chiqariladi. Italiyada gʼaznachilik veksellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada – 60 kunlik, Buyuk Britaniyada – 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. Gʼaznachilik veksellari ikki yilgachalik muddatlarda chiqariladigan Germaniya bundan mustasnodir.

Baʼzi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablagʼlarni jalb qilishda gʼaznachilik notalaridan foydalanilib, ular veksellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday gʼaznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, АQShda – bir yildan oʼn yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablagʼlarni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.

5. Qarziy majburiyatlarning taʼminlanganligiga qarab:

• garovli;

• garovsiz.

Garovli obligatsiyalar konkret yoki aniq mulk bilan taʼminlanadi. Bunday obligatsiyalar xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligatsiyalar aniq bir narsa taʼminlanmaydi: uning taʼminlanish asosi boʼlib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari,odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori boʼlganligi uchun ular qoʼshimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi.

6. To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha:

• yutuqli qarziy majburiyatlar;

• foizli qarziy majburiyatlar;

• nol' kuponli qarziy majburiyatlar.

Yutuqli obligasiyalar bo‘yicha daromadlarning to‘lanishi lotereyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligasiyalar katta talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotereya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarziy majburiyatlarning asosiysi foizli obligasiyalar bo‘lib, ular bo‘yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to‘rt marta to‘lanadi. Investorlarning juda ko‘pchiligi ana shunday qarziy majburiyatlarni ma'qul ko‘rishadi.

Davlatning qisqa muddatli qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarziy majburiyatlar ham kuponlarga ega bo‘lmasligi mumkin. Ular bo‘yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to‘lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligasiyalar singari ular ham nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo‘yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligasiyalar nol' kuponli obligasiyalar nomini olgan.

7. Daromadlarni aniqlash metodiga ko‘ra:

• barqaror (qat'iy) daromadli qarziy majburiyatlar;

• “suzuvchan” daromadli qarziy majburiyatlar.

Ayrim hollarda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qat'iy stavkalar foizlarni to‘lash borasida davlat xarajatlari o‘sishining sabablari bo‘lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib o‘tirgan investorlarni qo‘rqitib yuborishi mumkin.

Byudjet defisitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan yuqoriroq darajada bo‘lgan foiz stavkalarida joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri davomida o‘zining qarziy majburiyatlari bo‘yicha ana shunday foizni o‘rnatib, davlat soliq to‘lovchilarning zimmasiga qo‘shimcha xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib ketishning ikki varianti mavjud:

1) pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli qarzlarni va uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib ketgan paytda) chiqarish. Biroq bu holda qarz oluvchi yana bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, foiz stavkasining oshishini (ko‘tarilishini) kutib, investorlar ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan o‘z qiziqishlarini namoyon qilmaslik ehtimoli ham bu yerda bor;

2) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni sistematik (uzluksiz) ravishda qayta ko‘rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha muammolar hal qilinadi. Hisob-kitob bazasi (asosi) sifatida, odatda, mamlakatdagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkasidan foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar o‘zining juda katta kamchiligiga ega, ya'ni qarzdor o‘z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega bo‘lmaydi.

8. Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o‘rnatilgan) qarzni qaytarish muddatlariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq:

• muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo‘lgan majburiyatlar;

• muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo‘lmagan majburiyatlar.

Moliyaviy bozorda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan paytda qarziy majburiyatlarni muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat'iy daromadli 12%li obligasiyalar chiqargan va bir yildan so‘ng foiz stavkasi pasayib, 6%ga teng bo‘lgan bo‘lsin. Bunday vaziyatda qarzdor (qarz oluvchi) keskin yuqotishlarga, investor esa aksincha, katta yutuqlarga ega bo‘ladi. Agar obligasiyalar muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo‘lgan holda chiqarilgan bo‘lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni joylashtirish hamda eski qarzni qaytarib (uzib) investor o‘z yuqotmalarini kamaytirishi mumkin.

Qarzlarni qaytarishning (uzishning) ikki usuli bo‘lishi mumkin:

• bir vaqtning o‘zida;

• qismlarga bo‘lib (qisman-qisman).

Agar qarzlar qismlarga bo‘linib qaytarilayotgan bo‘lsa, qaytarish muddatlari bo‘yicha qarz summalarining taqsimlanishga ko‘ra quyidagi uch variant bo‘lishi mumkin:

1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo‘lib qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, har yili 2,5 mln. so‘mdan qaytariladi;

2) oshib boriladigan salmoqlarda (hissalarda, qismlarda). Masalan, birinchi yil 1 mln. so‘m, ikkinchi yilda – 2 mln. so‘m, uchinchi yilda – 3 mln. so‘m va to‘rtinchi yilda – 4 mln. so‘m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga o‘sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ishbilarmonlik faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o‘sishi ko‘zda tutiladi yoki qurilishiga qarziy mablag‘lar jalb qilingan ob'ekt, sekin-astalik bilan o‘z quvvatiga ega bo‘la borib, yidan-yilga kattaroq summadagi foydani keltira boshlaydi;

3) pasayib boradigan salmoqlarda (hissalarda, qismlarda). Masalan, birinchi yilda – 4 mln. so‘m, ikkinchi yilda – 3 mln. so‘m, uchinchi yilda – 2 mln. so‘m va h.k. Bunday tizim qarzdor daromadlarining pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma'nolarda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ma'noda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan uning moliyaviy siyosati yo‘nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi.

Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo‘lidadir. Faqat ular byudjet defisitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta'sir qilishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.

Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defisitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o‘ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defisiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e'tirof etilayapti.

Tor ma'noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlat qarziy majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar majmui tushuniladi.

Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutiladi:

• qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;

• bozorni davlatning qarziy majburiyatlari bilan ortiqcha to‘lib ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik;

• jalb qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

• kreditlarning o‘z vaqtida qaytrilishini ta'minlash;

• moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.

Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni operativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta'minlanadi.



Xulosa.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.

Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.



Adabiyotlar ro`yxati.
1. Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005

2. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmuasi. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b

3. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b

4. Yo’ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004.

5. Герчикова В.И. Менеджмент. Учебник. – М.; 2003.

6. Виханский О.С., Наумов А.И. Менежмент. Учебник. – М.: Экономика, 2003.

7. Дятлов А. Н. Общий менеджмент: Концепции и комментарии: Учебник. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 400 б.

8. Загородников С.В. Краткий курс по менеджменту: учеб. пособ. –М.: “Окей – книга”, 2007.-160 б.

9. Иваньков А.Е., Иванькова М.А. Менеджмент: учебный минимум. –М.: “Юриспруденция”, 2008. -32 б.

10. www.edu.ru



11. www.som.pu.ru

12. www.cfin.ru – Корпоративный менеджмент.
Download 43,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish