Davlat qarzi – umumdavlat moliyasining muhim bo’G’ini sifatida naimov Shоhrux Sharafiddinovich


paydo bo’ladi.  Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qi- lish -



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana23.12.2022
Hajmi0,62 Mb.
#895084
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 сон тайёр 149

 
paydo bo’ladi. 
Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qi-
lish
-
aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlat-
laridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro 
tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida 
O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatida-
gi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini 
(qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari 
yuzaga kelishi
bo’lib, uning natijasida davlat tashqi 
qarzlari
 
paydo bo’ladi. 
Har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan keyingi yilga Davlat byudjetini qabul qi-
linishi bilan birga davlat ichki va tashqi qarzlari-
ning yuqori chegaralari ham tasdiqlanadi. 
O’zbekistonda davlat qarzining paydo bo’li-
shi va oshib borishiga olib keluvchi faoliyat huku-
mat – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
si va u tomonidan belgilangan vakolatli organlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan
ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish
quyidagi 
maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 
1) Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor 
yo’nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya 
dasturlarini moliyalashtirish; 
2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xara-
jatlari o’rtasida tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq 
emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni 
to’g’rilash; 
3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 
4) byudjet taqchilligini moliyalashtirish; 
5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vazi-
yatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qop-
lash; 
6) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa 
maqsadlar. 
Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga 
qaytarish va haq (to’lov, to’lash) asosida mablag’-
larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, 
unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalar 
hajmi ancha kamayadi (pasayadi). 
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olin-
gan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning bosh-
qa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat 
o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. 
Markazlashtirilgan pul fondlarining o’lchamiga be-
vosita ta’sir ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining 
dastlabki ikki ko’rinishidan (qarz oluvchi va kre-
ditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolat-
ning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondi-
ning, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. 
Agar qarzdor o’zining zimmasiga yuklatilgan maj-
buriyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z vaqtida 
hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday 
qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq 
amaliyotda etarli darajada ishonchli bo’lgan qarz
oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo’lmaydi. Ular 
mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni 
jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari 
etarli darajada ishonchli bo’lmagan qarz oluvchi-
larga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa shunga mos 
ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajat-
larning o’sishiga olib keladi.
Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni mo-
liyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori 
oshmaydi va uning og’irlik yuki ortmaydi. Aks hol-
da, ya’ni xarajatlarni moliyalashtirishga davlat to-
monidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa, 
bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, 
faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik 
yukini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. 
Shuning uchun ham keyin – olingan kreditlar qay-
tarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni 
to’lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo’yicha 
foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, davlat qarzi 
orqali davlat kredit munosabatlariga kirisha turib, 
u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomala-
sining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bo-
zoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chi-
qarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko’rsatadi. Iqti-
sodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida davlat 
kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki 
bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. 
Manba va adabiyotlar: 
1.Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы. - М.: ЮНИТИ, 2000. - 405 c 
2.
 Алехин Б.И. Государственный долг. Учебное пособие –М.: «ЮНИТИ-ДАНА», 2007. Стр. 307. 
3. Лебеда К. Бюджетный дефицит и государственный долг: проблемы моделирования / К. Лебеда // Теория и 
практика управления. - 2005 - №5.стр.45 
4.
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008
 
МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish